Rediska biologik jihatidan turpga o‘xshash. Ular bir-biri bilan chatishadilar.
Urug‘i ekilib nihollar paydo bo‘lgandan juda tezpishar navlari 20-25 kunda, tezpisharlari 30-35, o‘rtapisharlari 35-40 va o‘rtachi kechki navlarining ildizmevalari 40-45 kunda yetiladi.
Urug‘ining unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 15-180 С hisoblanadi. Sovuqqa bardoshli. Harorat yuqori bo‘lganda rediska yog‘ochlashib taʼmini, sifatini yo‘qotadi.
Rediska qisqa soyaga chidamli o‘simlik, yorug‘lik yetishmasa ham o‘saveradi. O‘g‘itlangan unumdor yerlarga ekiladi. Yozda ekilmaydi, chunki u yoz oylarida tez pishib o‘tib ketadi va taʼmini yo‘qotadi.
Yurtimiz hududida turli viloyatlarda rediskaning 23 ta navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan rediska mahsuloti Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: