Yurtimizning voha viloyatlarida g‘alla o‘rimi boshlangani haqida xabar bergan edik. Bugun vodiy viloyatlari, xususan, Farg‘ona viloyatida ham g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Mavsum oldidan Yozyovon tumanida viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab “Xonobod” MMTP hududida joylashgan “Xonobod g‘alabasi” fermer xo‘jaligi dala maydonida pishib yetilgan boshoqli don hosili ko‘zdan kechirishdi.
Paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mazkur fermer xo‘jaligining 54 gektar yer maydoniga g‘alla ekilgan.
G‘alla dala maydonida tumanlar sektorlari rahbarlari, otryadlar boshliqlari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, nuroniylar ishtirokida hosilga baraka tilab, duolar qilindi.
“Farg‘ona don mahsulotlari” AJga qarashli Yozyovon don qabul qilish shoxobchasida bu yil viloyatda yetishtirilgan g‘alla hosilini uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali viloyat seminari ham tashkil etildi. Bu yerda mavsumda foydalaniladigan texnikalar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.
Seminarda qayd etilshicha, 2023-yil hosili uchun jami 95 ming 720 gektar maydonlarda g‘alla parvarishlangan. Quvasoy shahri va barcha tumanlarda 340 ta o‘rim otryadlari tashkil etilib, ularga 340 dona yuqori unumli don o‘rish kombaynlari 1 ming 825 dona don tashish texnikalari, 153 ta ko‘chma ustaxonalar va 173 dona yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.
Bu yil viloyat bo‘yicha har bir gektardan o‘rtacha 80 sentnerdan, 765 ming tonna boshoqli don hosilini yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan.
Мы уже сообщали о том, что в областях нашей страны началась зерновая страда. Сегодня в регионах долины, в том числе и в Ферганской области, началась уборка зерновых. В преддверии сезона в Язяванском районе было проведено мероприятие с участием руководителей секторов.
Здесь участникам представили созревший урожай на поле фермерского хозяйства «Хонобад Галабаси», расположенного на территории махалли «Хонобод». Зерновые засеяны на 54 га хозяйства, которое также занимается хлопководством. Непосредственно в поле руководители районных секторов, начальники отрядов, руководители и специалисты сельского хозяйства,акасакалы попросили у Всевышнего изобилия и благодати.
На Язяванском пункте приема АО «Фаргона дон махсулотлари» был организован показательный региональный семинар. Была представлена вся линейка техники, используемая при уборке урожая. Было отмечено, что зерновые были засеяны в общей сложности на 95 720 га.
В городе Кувасай и во всех районах создано 340 отрядов, за которыми закреплены 340 высокопроизводительных зерноуборочных комбайнов, 1825 единиц техники по перевозке зерновых, 153 передвижных мастерских и 173 единицы топливно- заправочной техники.
В этом году в Ферганской области планируется собрать 765 тысяч тонн зерна при средней урожайности 80 центнеров с гектара.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: