O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “MATЕ” – qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori Chaba Dyuricha boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotgani, xususan, 2021-yilning mart oyida mamlakatlarimiz rahbarlari boshchiligida faoliyatini boshlagan O‘zbek-Vengriya kartoshkachilik markazi hamkorlikdagi amaliy qadamlardan biri bo‘lgani, ayni damda esa Vengriyaning 5 turdagi kartoshka urug‘i navlari yurtimizda yetishtirilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda Vengriyaning Niredxaza universiteti bilan har yili O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar orasidan tanlov asosida saralab olingan 10 nafar yoshlarning mazkur universitetda grant asosida ta’lim olishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani, bunda “Master Gud” kompaniyasining alohida tutgan o‘rni haqida ham aytib o‘tildi.
Shuningdek uchrashuvda 2023-2024-o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Vengriyaning MATE – universiteti hamkorligida Oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini yo‘lga qo‘yish, mazkur nufuzli universitetda TDAU yosh olimlarining stajirovka o‘tashlarini amalga oshirish, vengriyalik professor-o‘qituvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha TDAUda dars berish uchun taklif qilish, professor o‘qituvchilar va talabalar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Vengriyaning “MATE” – qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti 2000-yilda ikkita ixtisoslashgan universitet negizida tashkil etilgan bo‘lib, Yevropadagi eng yirik qishloq xo‘jaligi universiteti hisoblanadi. Uning Budapesht, Gyongyos, Kaposvar va Kesteli shaharlarida o‘z filiallari va 11ta tadqiqot institutlari mavjud. Hozirgi kunda ushbu universitetda 16 ming nafardan ziyod talabalar tahsil olmoqda.
Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов провел встречу с делегацией во главе с ректором венгерского Университета сельского хозяйства и естественных наук “MATE” Чабой Дьюричем.
В ходе обмена мнениями было подчеркнуто, что укрепляется сотрудничество двух стран в аграрной сфере, в частности, Узбекско-Венгерский центр картофелеводства, начавший свою деятельность в марте 2021 года по инициативе руководителей двух стран, является свидетельством практических шагов в плане наращивания взаимодействия и на данный момент 5 видов семян венгерского картофеля выращиваются в нашей стране.
На мероприятии достигнута договоренность с венгерским Университетом Ньиредьхаза об обучении на грантовой основе 10 молодых исследователей, ежегодно отбираемых из числа студентов, обучающихся в аграрных вузах Узбекистана.
Заметим, что в 2023-2024 учебном году, Ташкентский государственный аграрный университет и Венгерский университет “MATE” в сотрудничестве запустят обучение по направлению магистратуры в сфере обеспечения продовольственной безопасности, начнется прохождение стажировок молодых ученых ТГАУ в этом престижном венгерском вузе, обсуждалась возможность приглашения профессоров и преподавателей для работы в ТГАУ, налажен обмен опытом
профессорско-преподавательского состава и студентов.
Для справки: Венгерский университет сельского хозяйства и естественных наук «MATE» основан в 2000 году на базе двух профильных университетов и является крупнейшим аграрным университетом в Европе. Имеет филиалы и 11 научно-исследовательских институтов в Будапеште, Дьёндьёше, Капошваре и Кестхее. В настоящее время в этом университете обучается более 16 тысяч студентов.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: