Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida investitsiya forumi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Tadbir ishtirokchilari forumdan so‘ng “Ekspomarkaz” binosida “O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat salohiyati” mavzuida tashkil etilgan ko‘rgazma stendidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tashishdi. Bu yerda mamlakatimizda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavotlar, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shundan keyin qatnashchilar Samarqand viloyatining ayrim tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi obyektlariga tashrif buyurishdi. Dastlabki manzil Pastdarg‘om tumani Zarafshon MMTPga qarashli “TEPA” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanish anʼanaga aylangan. Yaʼni g‘alladan bo‘shagan 14 gektar maydonga takroriy ekin sifatida fasol urug‘i qadalgan. Eʼtiborlisi, “Jingalak” navli fasoldan gektariga 30 sentnerdan hosil olish mumkin.
Mehmonlar dala maydonlaridagi ekinlarning holati, ularga ko‘rsatilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishish asnosida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan yetarlicha javob olishdi. Fermer xo‘jaligi vakillari mehmonlarni bu yerda olib borilayotgan ishlar, yuqori hosildorlik sirlari bilan tanishtirdi.
Konferensiya mehmonlarining keyingi manzili Samarqand shahriga yondosh joylashgan Konigil qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda ular Samarqand qog‘ozini tayyorlash jarayoni bilan tanishdilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Konigil qishlog‘idagi qadimiy uslubda qog‘oz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Meros” korxonasi Samarqandning faxri sanaladi. Bu yerda ustalar qadimiy qog‘oz tayyorlash texnologiyalarini qayta tiklab, mashhur Samarqand ipak qog‘ozini ishlab chiqaradi.
Siyob daryosi bo‘yida barpo etilgan korxona faoliyati bilan tanishgan xorijiy va mahalliy konferensiya ishtirokchilari hayratlarini yashirmadilar – ikki ming yillik an’analarni o‘zida jamlagan, asrlar davomida o‘zgarmay tura oladigan Samarqand qog‘ozini har kim o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni, qo‘li bilan ushlashni xohladi. Mehmonlarga esa, ipak qog‘ozni ushlabgina qolmay, uni tayyorlash jarayonida bevosita qatnashish imkoniyati ham berildi.
Aytish kerakki, Samarqand ipak qog‘ozi o‘zining chidamliligidan tashqari, silliqligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo‘lganligi, suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Samarqand qog‘ozidan ayni paytda dunyoning turli davlatlaridagi hattotlar va musavvirlar foydalanishmoqda.
Сообщаем, что в Самарканде в рамках Международной конференции, посвященной продовольственной безопасности, прошел инвестиционный форум. После форума участники мероприятия ознакомились с сельскохозяйственной и пищевой продукцией с выставочного стенда, организованного на тему «Сельскохозяйственный и продовольственный потенциал Узбекистана» в здании «Экспоцентра». Участников очень заинтересовало разнообразие фруктов, овощей и переработанных пищевых продуктов, выращиваемых здесь, в нашей стране.
После этого участники посетили сельскохозяйственные объекты в некоторых районах Самаркандской области. Первым пунктом назначения было фермерское хозяйство «TEPA», принадлежащее Зарафшанскому ММТЗ Пастдаргомского района. Стоит отметить, что семена фасоли были посажены повторной культурой на 14 гектарах земли. Фасоль «Jingalak» дает урожай 30 центнеров с гектара.
Гости получили ответы на интересующие вопросы от специалистов поля, ознакомившись с состоянием посевов на полях и проводимыми агротехническими мероприятиями.
Далее гости конференции ознакомились с процессом подготовки Самаркандской бумаги.
Группа участников посетила село Конигил, расположенное рядом с городом Самарканд, где ознакомилась с процессом производства бумаги в старинном стиле, возрождённым на предприятии «Мерос». Гостям была предоставлена возможность участвовать в ее приготовлении. Следует сказать, что самаркандская шелковая бумага, помимо своей долговечности, славится гладкостью, возможностью писать с обеих сторон, а также тем, что не свертывается в воде. Самаркандскую бумагу в настоящее время используют художники и живописцы в разных странах мира.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: