2022-yil 16-20-may kunlari O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida vazirlik huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining hududiy xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan “Ekstenshn agentlari uchun bog‘dorchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” mavzuidagi maxsus besh kunlik trening tashkil etildi.
Mazkur o‘quv dasturiga ko‘ra, Agentlikning hududlardagi 35 nafar xodimi mahalliy fermer va agrobiznes vakillariga ekstenshn xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi salohiyatini oshiradilar. Besh kunlik trening bog‘dorchilikda qiymat zanjirining barcha bosqichlari, jumladan, ishlab chiqarish, hosil olingandan keyingi amaliyotlar, marketing va eksport kabi masalalarni qamrab oladi.
Dasturda, shuningdek, maxsus “dala amaliyotlari” o‘rin olgan bo‘lib, unda ishtirokchilar mahsulot yetkazib beruvchi korxona, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan ikkita fermer xo‘jaligi va bitta qayta ishlash korxonasiga tashrif buyurishadi. Olingan bilimlar Agentlik xodimlariga mahalliy fermerlar bilan bog‘lanish va O‘zbekistondagi agrobiznes vakillari duch kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Treningning birinchi kunida qayd etilishicha, O‘zbekistonda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Biroq, mahalliy fermerlarda hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga terimdan keyingi ishlov berish uchun mo‘ljallangan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishda zaruriy bilim va ko‘nikmalar hali ham yetarli yemas.
“Qishloq xo‘jaligida ekstenshn hizmati agrar texnologiyalarni fermerlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ekstenshn xizmati qishloq xo‘jaligining ajralmas qismi bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarish va qayta ishlashni takomillashtirishda ekspert ko‘magi hisoblanadi, balki axborot oqimi, bilim va ilmiy izlanish natijalarini tarqatish imkonini ham beradi, – deya taʼkidlab o‘tdi USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi taʼlim bo‘yicha mutaxassisi Asror Nazirov. – Trening davomida ekstenshn xizmati xodimlari fermerlarning zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, shuningdek, ularning texnik va boshqaruv mahoratini yaxshilash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi”.
Taʼkidlash joiz, mazkur tashabbus USAIDning O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi Agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha maqsadli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymat zanjiri bo‘yicha yangi texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etish orqali mamlakat qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
16–20 мая 2022 года в рамках Проекта USAID по развитию агробизнеса совместно с Агентством по развитию садоводства и тепличного хозяйства при Министерстве сельского хозяйства РУ был запущен пятидневный тренинг «Развитие цепочки добавленной стоимости в садоводстве для экстеншн агентов», направленный на повышение потенциала региональных сотрудников Агентства.
По данной учебной программе, около 35 представителей Агентства со всех регионов Узбекистана усовершенствовали свой потенциал в сфере оказания информационно-консультационных услуг (экстеншн) в сельском хозяйстве. Пятидневный тренинг охватывает все этапы цепочки создания стоимости в садоводстве, включая производство, послеуборочную деятельность, маркетинг, экспорт и другие вопросы.
В рамках обучения также состоятся выездные мероприятия, в ходе которых участники посетят поставщика сельскохозяйственных товаров и услуг, два фермерских хозяйства, специализирующихся на садоводстве, и одно перерабатывающее предприятие. Полученные знания помогут сотрудникам Агентства лучше подготовиться к работе с местными фермерами для дальнейшего решения проблем, с которыми сталкивается агробизнес в Узбекистане.
Как отметили в первый день обучения, в Узбекистане за последние годы достигнут значительный прогресс в сельскохозяйственном секторе. Однако местным фермерам не хватает необходимых знаний и навыков для внедрения новых технологий, призванных повысить производительность хозяйства и улучшить процесс послеуборочной обработки.
«Оказание информационно-консультационных услуг (экстеншн) в сельском хозяйстве играет важную роль в передаче и распространении сельскохозяйственных технологий среди фермеров и агробизнеса. Данные услуги незаменимы, поскольку экстеншн агенты предоставляют экспертную поддержку фермерам, что способствует повышению качества сельскохозяйственной продукции, – отметил специалист в области образования проекта USAID по развитию агробизнеса Асрор Назиров. – В ходе тренинга сотрудники экстеншн службы получат необходимые знания и навыки для повышения мотивации фермеров к освоению современных сельскохозяйственных технологий, а также для совершенствования своих технических и управленческих навыков».
Данная инициатива реализуется в рамках пятилетнего проекта USAID по развитию агробизнеса, осуществляемого в партнерстве с Министерством сельского хозяйства РУ, которое поддерживает рост частного сектора в сельскохозяйственном секторе Узбекистана путем внедрения новых технологий с добавленной стоимостью и методов управления по всей цепочке стоимости для целевых сельскохозяйственных товаров.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: