O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) bilan hamkorlikda 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan mamlakatning yangi strategik imkoniyatlari dasturi (COSOP) muhokamasiga bag‘ishlangan seminarni o‘tkazdi. Tadbirga xalqaro tashkilotlar, turli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot istitutlari vakillari, shuningdek, agrar soha vakillari jalb etildi.
Yangi strategik imkoniyatlar dasturi (COSOP) 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga mos ravishda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun kichik fermerlar, qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollar, yoshlar va zaif guruhlarga yo‘naltirilgan dasturiy yondashuv asosida kreditlashni ko‘zda tutadi.
“Qishloq xo‘jaligida statistika va maʼlumotlar to‘plash tizimini takomillashtirish bugungi kunda faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning shaffofligi va kelgusida rejalashtirish samaradorligini oshirish uchun hisobot berish va monitoring qilishning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratishimiz kerak, – deya taʼkidlab o‘tdi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev. – Biz bu jarayonning dastlabki bosqichida turibmiz va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining asosiy ko‘rsatkichlariga erishish ustidan doimiy monitoring tizimini ishlab chiqishda IFADning katta tajribasidan foydalanmoqchimiz”.
Tuzilgan Ishchi guruhlar dastur doirasida bir qator mavzularni ko‘rib chiqishdi. Xususan, 1-guruh ishtirokchilari tabiiy resurslarga, ayniqsa, yer va suv resurslariga aralashish orqali kichik ishlab chiqaruvchilarning iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish masalasini muhokama qildi.
2-guruh vakillari esa raqobatbardoshlik, innovatsiyalar va ishbilarmonlik aloqalarini oshirish orqali kichik ishlab chiqaruvchilarning hayotiy oziq-ovqat tizimlari va qishloq xo‘jaligi bozorlariga kirishini oshirish mavzusida suhbat olib bordi.
3-guruh ishtirorchilari inklyuziv qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish borasida fikr almashdi.
Tadbir yakunida loyihani amalga oshirishda keyingi qadamlar rejasi ishlab chiqildi.
Министерство сельского хозяйства РУ совместно с Международным фондом сельскохозяйственного развития (IFAD) провело семинар по обсуждению Программы новых стратегических возможностей страны (COSOP) на 2022–2027 годы. В мероприятии приняли участие представители международных организаций, различных министерств и ведомств, негосударственных некоммерческих организаций, научно-исследовательских институтов, а также аграрии.
Программа новых стратегических возможностей (COSOP) в соответствии со Стратегией развития Нового Узбекистана на 2022–2026 годы предусматривает кредитование мелких фермеров, сельских женщин, молодежи и уязвимых групп на основе программного подхода для достижения целей устойчивого развития.
«Совершенствование системы статистики и сбора данных в сельском хозяйстве – одно из основных направлений нашей работы на сегодняшний день. Нам также необходимо создать компьютеризированную систему отчетности и мониторинга для повышения прозрачности и эффективности планирования на будущее проектов, реализуемых в сотрудничестве с международными финансовыми институтами, – сказал заместитель министра сельского хозяйства Кахрамон Юлдашев. – Мы находимся на ранних этапах этого процесса и хотим использовать богатый опыт IFAD в разработке системы постоянного мониторинга достижения ключевых показателей Стратегии развития сельского хозяйства Республики Узбекистан на 2020–2030 годы».
Созданные рабочие группы обсудили ряд вопросов в рамках программы. В частности, участники первой группы обсудили вопрос повышения продуктивности климатоустойчивого сельского хозяйства мелких производителей за счет вмешательства в природные ресурсы, особенно в земельные и водные.
Представители второй группы говорили об увеличении доступа мелких производителей к жизненно важным продовольственным системам и сельскохозяйственным рынкам за счет повышения конкурентоспособности, инноваций и деловых контактов.
Третья группа обменялась мнениями о создании благоприятной среды для развития инклюзивного сельского хозяйства.
По завершению мероприятия был разработан план дальнейших шагов по реализации проекта.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: