Каракалпакский институт сельского хозяйства и агротехнологий создан согласно постановлению Правительства (№ 275 от 04.05.2021 г.) «О мерах по созданию Института сельского хозяйства и агротехнологий Каракалпакстана» с 2021/2022 учебного года на базе Нукусского филиала Ташкентского государственного аграрного университета. Сегодня в институте обучается более 2500 студентов по 28 специальностям бакалавриата и по 23 специальностям магистратуры.
Этих студентов обучают более 10 докторов наук и профессоров, около 70 кандидатов наук, доцентов, более 10 старших преподавателей. Научный потенциал института составляет 44 процента.
Общий фонд книг Информационно-ресурсного центра института составляет более 45 тысяч, из них учебников и учебных пособий около 23 тысяч, научной литературы около 8 тысяч, художественной литературы около 3 тысяч, электронных учебников более 1 тысячи. Информационно-ресурсный центр насчитывает более 1 217 электронных ресурсов. Студенты проводят научные исследования в 12 учебных лабораториях.
Каракалпакский институт сельского хозяйства и агротехнологий поддерживает отношения сотрудничества с передовыми высшими учебными заведениями и учебными центрами Европы, Японии и стран СНГ. В настоящее время подписано 23 договора и меморандумов с зарубежными вузами и организациями.
В том числе сотрудничество с Японским университетом Чибо и корпорацией OYO, Токийским сельскохозяйственным и технологическим университетом, Пизанским университетом Италии, Оренбургским ГАУ России, Белгородским ГАУ, Казахстанским национальным аграрным университетом, Азербайджанским государственным аграрным университетом, Кыргызским международным университетом. Также налажено сотрудничество со специалистами и учеными Узбекско-Германского технического центра.
Ведется работа по международному сотрудничеству в рамках проекта «Систематическое обучение ветеринарии в Узбекистане» программ развития международного сотрудничества в сфере образования и Европейского Союза ERASMUS+, а в 2019 году осуществлены инвестиции в размере 39 тыс. евро в рамках этого проекта.
Совместно с японской корпорацией OYO, в рамках проекта «Поддержка создания лесов в борьбе с опустыниванием в Республике Каракалпакстан» была установлена метеостанция стоимостью 13 750 долларов США.
На основании меморандума, подписанного с Продовольственной и сельскохозяйственной организацией Объединенных Наций (ФАО), институт получил новые химические опрыскиватели на сумму 7000 долларов. Также была приобретена сеялка для нулевой обработки почвы за 19 000 долларов.
В рамках проекта «Устойчивое экономическое развитие в отдельных регионах Узбекистана» немецкой организации GIZ на кафедре рыбного хозяйства института были созданы 2 лаборатории по развитию аквакультуры. Общий объем инвестиций в лабораторию составляет 401 774 000 сумов.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qaroriga (275-son, 04.05.2021-y.) muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etildi. Bugungi kunda institutda 28 ta bakalavr taʼlim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2500 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Ushbu talabalarga 10 dan ortiq fan doktori va professorlar, 70 ga yaqin fan nomzodi, dotsentlar, 10 dan ortiq katta o‘qituvchilar dars bermoqda. Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 44 foizni tashkil qiladi.
Institut Axborot-resurs markazining umumiy kitoblar fondi 45 mingdan ortiq, ularning 23 mingga yaqini darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 8 mingga yaqini ilmiy adabiyotlar, 3 mingga yaqini badiiy adabiyotlar, 1 mingdan ortig‘i elektron darsliklardan iborat. Axborot-resurs markazida 1217 dan ortiq elektron resurslar mavjud. 12 ta o‘quv laboratoriyalarda talabalar ilmiy izlanishlar olib borishadi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yevropa, Yaponiya, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarining rivojlangan oliy taʼlim muassasalari va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Hozirgi kunda chet el OTM va tashkilotlari bilan 23 ta shartnoma va memorandumlar imzolangan.
Jumladan, Yaponiyaning Chibo universiteti va OYO korporatsiyasi, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti, Italiyaning Piza universiteti, Rossiyaning Orenburg davlat agrar universiteti, Belgorod davlat agrar universiteti, Qozog‘iston milliy agrar universiteti, Ozarbayjon davlat agrar universiteti, Qirg‘iziston xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomalari mavjud. Shuningdek, O‘zbekiston-Olmoniya texnik markazi mutaxassislari va olimlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Yevropa Ittifoqining ERASMUS+, taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish dasturining “O‘zbekistonda veterinariya sohasini tizimli o‘qitish” loyihasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik ishlari olib borildi va 2019-yilda ushbu loyiha doirasida 39 ming yevro miqdorida investitsiya kiritildi.
Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida cho‘llanishga qarshi kurashda o‘rmonzorlarni barpo etishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida 13750 dollarlik qiymatdagi meteorologik stansiya olib kelindi.
Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan imzolangan memorandum asosida institutga 7000 dollarlik yangi rusumdagi kimyoviy moddalar purkagichlari keltirildi. Shuningdek, 19 000 dollarlik tuproqni haydamay ekadigan seyalka xarid qilindi.
Germaniyaning GIZ tashkilotining “O‘zbekistonning tanlangan hududlarida barqaror iqtisodiy rivojlanish” loyihasi doirasida institutning Baliqchilik kafedrasi huzurida akvamadaniyatni rivojlantirish maqsadida 2 ta laboratoriya tashkil qilindi. Laboratoriyaga kiritilgan umumiy sarmoya muqdori 401 774 000 so‘mni tashkil etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: