Hozirda respublikamizda soya yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyodagi bir nechta don va dukkali ekinlar bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, uning samarasi sifatida mamlakatimizga 40 ga yaqin soya navlari olib kelindi. 60 kundan 180 kungacha bo‘lgan muddatda pishib yetiladigan ushbu navlar respublika yer maydonlarida ekilib, hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda moslashtirilmoqda.
Bugungi kunda respublikada soya o‘simligining shu jumladan, barcha moyli o‘simliklarning hosildorligi yuqori va sifatli navlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida mahalliy seleksiyani rivojlantirishga qaratilgan bir qator konsepsiyalar ishlab chiqildi. Natijada “Hosildor”, “Madaniyat B”, “To‘maris”, “Toshkent”, “Sochilmas”, “Genetik-1”, “Nafis”, “Orzu” kabi navlarning urug‘chiligini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‘rgangan holda, respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan soyaning Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Serbiya, Turkiya seleksiyasiga mansub “Selekta 201”, “Selekta 302”, “Avante”, “Arlette”, “Sparta”, “Bravo”, “Niva” kabi urug‘lik navlari import qilinmoqda.
Hozirda mamlakatimizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida davlat nav sinovidan o‘tgan soyaning 27 ta navi davlat reestriga kiritilgan hamda 4 ta nav istiqbolli deb topilgan. “Arleta”, “Baraka”, “Viktoriya”, “Madad”, “Oltin toj”, “Parvoz”, “Nafis”, “Genetik-1”, “Sochilmas”, “To‘maris Mman-3” kabilar shular jumlasidan. Istiqbolli navlar sifatida esa, “Madaniyat “B”, “Zamin”, “Zarbuloq”, “Olmos” kabilar Davlat reestridan o‘rin olgan navlar hisoblanadi.
Serbiya davlatining seleksion navi bo‘lgan soyaning “Gratsiya” navini 2015-yildan Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Vegetatsiya davri 78 kunni tashkil etuvchi navning bo‘yi o‘rtacha 75 santimetrga teng. Takroriy muddatda ekilganida esa, uning hosildorligi gektariga 15 sentner. Ushbu navni mamlakatimizda sinovdan o‘tkazilayotgan muddatda u qishloq xo‘jaligi kasalliklari va zararkunandalari bilan zararlanmadi.
“Oyjamol” navi O‘zbekiston Respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining seleksion navi hisoblanadi. 2010-yildan beri Respublika bo‘yicha mamlakatimiz hududida tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Bo‘yi 70 sm bo‘lgan soyaning vegetatsiya davri 94 kundan iborat. O‘rtacha hosildorligi esa, gektariga 28,3sentnerga teng ekani maʼlum.
Soyaning “Ustoz” navi ham respublikamizdagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining seleksion kashfiyoti hisoblanadi. 2015-yildan Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. 121 kunda pishib yetiladigan ushbu navdan gektariga 33,5 sentner hosil olish mumkin. Sinov davrida ham ushbu nav qishloq xo‘jalik kasalliklari va zararkunandalari bilan kasallanmadi.
“Parvoz” navi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. 2010-yildan Respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan. Ushbu navning vegetatsiya davri 110-120 kun. Navning o‘rtacha hosildorligi esa gektariga 33,5 sentnerga yetkazldi. Yotib qolishga va to‘kilishga chidamli bo‘lgan navning bo‘yi 106-145 santimetrni tashkil etadi.
Soyaning yana bir mahalliy navi “Sochilmas” esa, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar ekspremental biologiyasi ilmiy institutining seleksion navi hisoblanadi. 95 kunda yig‘ishtirib olishga tayyor bo‘ladigan ushbu navni 2015-yilda Toshkent viloyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan.
В настоящее время в нашей республике проводится ряд работ по выращиванию и переработке сои. Налажено сотрудничество с несколькими научно-исследовательскими институтами, занимающимися зерновыми и зернобобовыми культурами по всему миру. В нашу страну было завезено около 40 сортов сои. Эти сорта, срок созревания которых составляет от 60 до 180 дней, высаживают на земельных участках республики и адаптируют к климатическим условиям регионов.
На сегодняшний день разработаны ряд концепций, направленных на развитие местной селекции с целью удовлетворения потребности в высокоурожайных и качественных сортов сои и других масличных культур. В результате внедрили такие сорта как «Хосилдор», «Маданият Б», «Тумарис», «Ташкент», «Сочилмас», «Генетик-1», «Нафис», «Орзу». Также, после изучения опыта зарубежных стран, в нашу страну импортируются семенные сорта сои, подходящие для почвенно-климатических условий нашей страны – «Селекта 201», «Селекта 302», «Аванте», «Арлетте», «Спарта», «Браво», «Нива», относящиеся к селекции Краснодарского Края (Россия), Сербии и Турции.
В настоящее время 27 сортов сои, прошедших государственное сортоиспытание в различных почвенно-климатических условиях нашей страны, включены в государственный реестр и 4 сорта признаны перспективными. В частности, «Арлета», «Барака», «Виктория», «Мадад», «Олтин Тадж», «Парвоз», «Нафис», «Генетик-1», «Сочилмас», «Томарис Мман-3» и другие занесены в Госреестр. Сорта «Маданият «Б», «Замин», «Зарбулок», «Олмос» включены в качестве перспективных сортов.
С 2015 года сорт сои «Грация», селекции Сербии, включен в Государственный реестр. Рекомендован для выращивания на территории Республики Узбекистан в Андижанской, Наманганской, Сырдарьинской, Ташкентской, Ферганской областях. Вегетационный период сорта составляет 78 дней, средний рост – 75 сантиметров. При повторном посеве урожайность составляет 15 центнеров с гектара. За период испытаний этого сорта в нашей стране он не был поражен сельскохозяйственными болезнями и вредителями.
Сорт «Ойжамол» является селекционным сортом НИИ зерновых и зернобобовых культур Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан. С 2010 года включен в Госреестр сельскохозяйственных культур. Рекомендован для выращивания на территории нашей страны. Вегетационный период сорта составляет 94 дня, высота посева – 70 см. Известно, что средняя урожайность равна 28,3 ц/га.
Сорт сои «Устоз» также является селекционным открытием НИИ зерновых и зернобобовых культур нашей республики. С 2015 года включен в Госреестр рекомендуемых сельскохозяйственных культур для выращивания в Андижанской, Наманганской, Ферганской областях Республики Узбекистан. Этот сорт, который созревает за 121 день, может дать 33,5 центнера урожая с гектара. В период испытаний сорт не был поражен сельскохозяйственными болезнями и вредителями.
Сорт «Парвоз» создан в НИИ рисоводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан. С 2010 года включен в Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных для выращивания на орошаемых землях Республики Узбекистан. Вегетационный период составляет 110-120 дней. Средняя урожайность сорта достигает 33,5 ц/га. Высота сорта, устойчивого к полеганию и осыпанию, составляет 106-145 сантиметров.
Еще один местный сорт сои «Сочилмас» является селекционным сортом генетики и экспериментальной биологии растений Академии наук Узбекистана. Вегетационный период сорта составляет 95 дней. В 2015 году внесен в Государственный реестр сельскохозяйственных культур на территории Республики Узбекистан, рекомендуемых для выращивания в Ташкентской области.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: