O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti va Jizzax viloyatidagi G‘allaorol texnikumi rahbariyatidan iborat delegatsiyaning avgust oyidagi Amerikaga 17 kunlik safari nihoyasiga yetmoqda.
Ushbu tashrifning so‘nggi manzili Missisippi Shtati universiteti bo‘ldi. 1878-yilda tashkil etilgan universitetdagi taʼlim yo‘nalishlari, o‘quv rejalarining o‘ziga xosligi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘zbekistonlik vakillarning eʼtiborini tortdi. Shuningdek, ikki tomonlama o‘quv rejalari, pedagoglarni tajribasini oshirish va baholash hamda adabiyotlar tayyorlash bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi va yo‘l xaritasi tuzildi.
Eʼtiborli yana bir jihat, ushbu universitetning o‘simlikshunoslik va veterinariya fakultetlarida talabalarga nazariyadan ko‘ra, ko‘proq amaliyot orqali bilim berish yo‘lga qoyilgani bo‘ldi. Masalan, veterinariya fakultetida tahsil oladigan talaba toki universitetni tamomlaguncha mustaqil ravishda 71 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazadi. Bu esa, kelgusida hayvonlarning salomatligiga masʼul kasb sohiblarini yetarli tajriba bilan sohaga qadam qo‘yishini anglatadi. Boshqa yo‘nalishlarda ham ushbu jihatni ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari uchrashuvda universitetning respublikamizdagi Jizzax viloyatida joylashgan “SILVER LEAF LLC” QK agroklasteri bilan davom etayotgan hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tildi. G‘allaorol agrotexnikumi bitiruvchilarini bandligini taʼminlash va ularni dunyo talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishiga ko‘maklashuvchi loyihalarning muhokamasi va kelishuvlar ham yurtdoshlarimiz uchun samarali bo‘lishiga erishildi.
Ushbu safar mobaynida ikki tomonlama kelishuvlar va imzolangan loyihalar,o‘rganilgan tajribalar yaqin yillarda yurtimizdagi agrar soha ta’lim tizimida ham ijobiy samarasini ko‘rsatishi kutilmoqda.
Завершается 17-дневная рабочая поездка в Америку делегации в составе сотрудников Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, руководства Ташкентского государственного аграрного университета и Галляаральского технического колледжа в Джизакской области.
Последним пунктом этого визита стал Университет штата Миссисипи. Образовательные направления университета, который был основан в 1878 году, уникальность учебного плана и условия, созданные для студентов, привлекли внимание делегации из Узбекистана. Достигнуты ряд договоренностей по двусторонним учебным планам, совершенствованию и оценке опыта педагогов, подготовке литературы, составлению дорожной карты.
Еще одним важным аспектом является то, что факультеты растениеводства и ветеринарии этого университета больше сосредоточены на предоставлении студентам практических знаний, нежели теоретических. Например, студент ветеринарного факультета до окончания вуза самостоятельно проводит более 70 операций. Это означает, что будущие специалисты по ветеринарии приступают к работе с достаточным опытом. Такой подход применяется и в других направлениях.
Кроме того, на встрече обсуждалось сотрудничество с университетом и агрокластером СП «SILVER LEAF LLC», расположенным в Джизакской области нашей республики. Обсуждались проекты, которые обеспечат трудоустройство выпускников Агротехнического техникума и помогут им стать экспертами в соответствии с мировыми требованиями. Достигнутые договоренности в ходе встречи, несомненно, принесут свои плоды нашим соотечественникам.
Ожидается, что двусторонние соглашения и проекты, подписанные в ходе визита, изученный опыт окажут положительное влияние на систему аграрного образования в нашей стране в ближайшие годы.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: