Garchi respublikamizda ko‘p miqdorda banan, mango, papaya kabi mevalar yetishtirilmasa-da, ammo ular tajriba tariqasida ekilayotgan yer maydonlaridan yaxshi hosil olinmoqda.
Qovun daraxti yoki papaya – tropik va subtropik issiq mintaqalarda o‘suvchi mevali daraxt bo‘lib, sovuqqa chidamsiz. Ushbu daraxt 25 yildan oshiqroq muddat mobaynida gullab -yashnaydi.
Papain yaʼni qovun daraxti mevasini oziq-ovqat sanoatida go‘shtni yumshatish, pivo tayyorlash, saqichlar tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda esa undan qorason yaralarni, onkologik kasalliklarni hamda bo‘g‘im, yurak-qon tomir tizim xastaliklarini davolashda foydalaniladi. To‘qimachilik sanoatida ipak ishlab chiqarish, junlarni yumshatishda asqotadi. Kosmetikada undan ajoyib sovun va shampunlar olinadi.
Qovun daraxtining pishgan mevasi insonga C vitaminini 100%, provitamin A ning esa 60% kunlik meʼyorini berishi mumkin. Bundan tashqari, uning tarkibida kalsiy, magniy, kaliy, natriy, temir, fosfor va boshqa ko‘plab mikroelementlar mavjud.
Papain respublikamiz yer maydonlarida ham sinov-tajriba tariqasida ekilmoqda. U asosan Hindiston, Braziliya, Indoneziya, Avstraliya, Nepal, AQSH, JAR, Nigeriya kabi mamlakatlarda ko‘p miqdorda yetishtiriladi.
Yetishtirish. Qovun daraxti asosan, urug‘idan ko‘paytiriladi. Ammo uni qalamchalash va payvand qilish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Urug‘i eti va plyonka qobig‘idan ajratiladi va so‘ngra soyada quritiladi. Ular zich yopiladigan idishda saqlanadi, bunday holatda ularning unuvchanligi uzoq vaqt saqlanadi. Qovun daraxti tuproqqa u qadar talabchan emas, lekin uni qumoq tuproqqa ekmaslik kerak. Uni ekayotganda tuproqni ortiqcha namlash kerak emas, bunday sharoitlarda qovun daraxtining ildizi chirish kasalligidan zararlanadi. Qovun daraxti ko‘chatlarini yilning istalgan vaqtida yetishtirish mumkin. Buni bahorda, sernam ob-havoda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Tuproq-iqlimga mos navlar. Har bir mamlakatda shu joyning tuproq-iqlimiga mos va kasallik hamda zararkunandalarga chidamli muayyan turlar yetishtiriladi. Qovun daraxtining mevalarini bir necha kungacha saqlash mumkin va u qaynatilgan holida oziq-ovqatga ishlatiladi. Uning ko‘pgina madaniylashgan va yovvoyi turlari mavjud: “Garleaguercifolia Solms”, “Carica”, “Bourgani Solms”, ekvador qovun daraxti – “Chiysopetala Hells” va boshqalar. Qovun daraxtining g‘o‘za singari bir yillik shakllari ham bor bo‘lib, ular urug‘idan sepiladi va yil oxirida yig‘ib olinadi.
Tez hosilga kiradi. Qovun daraxti juda tez o‘suvchi va hosilga kiruvchi o‘simliklardan. U urug‘i ekilgach, taxminan bir yildan so‘ng, gullay boshlaydi. Biroq ekilganidan uch oy o‘tib, gullagan holatlari ham bo‘lgan.
O‘zgarmas harorat zarur. Qovun daraxti issiqsevar o‘simlik bo‘lib, uning faol o‘sishi uchun keskin o‘zgarmaydigan 23-27 darajadagi harorat zarur. Qishki davrdagi salqin havo oqimi barglarining to‘kilishiga olib keladi. Harorat 15 darajadan pasayganda esa, o‘simlikning umumiy o‘sishi ham sekinlashib qoladi. Havo harorati 29-31 darajadan oshsa, qovun daraxti uchun salbiy holatlar yuzaga keladi va natijada hosildorlik pasayishi mumkin.
Mevalari xilma–xil. Papain yil bo‘yi hosil beradi. Eʼtiborlisi, uning mevalari bir-biridan farq qiladi. Erkak mevalar umuman boshqacha shaklga ega bo‘ladi: ular dumaloq, uzunligi 15-20 santimetr, vazni 300-600 gramm bo‘ladi. Mevalari har xil o‘lchamda, vazni va shakl ham turlicha. Ular 170-230 kunda pishadi. Mevalari uzun shoxchalarda osilib turadi. Pishgan mevaning rangi urg‘ochi mevanikiga o‘xshab ketadi. Bunday mevalarni isteʼmol qilish mumkin, ular sersuv, etdor, juda mayin bo‘lib, mazasi qovoqni, xurmoni va biroz tezpishar qovunlarni eslatadi. Po‘sti yupqa bo‘lgani bois, tez buziladi. Mevalarni sarg‘aya boshlagan vaqtda uzib olish va ularni to‘liq pishgunga qadar qorong‘u joyda 3-5 kun saqlash ham mumkin.
Mevalari yangiligida isteʼmol qilinadi. Ulardan jele, sirop, sharbatlar tayyorlanadi. Qovun daraxtining mevalari juda foydali va to‘yimli bo‘lgani uchun ko‘pgina tropik va substropik mamlakatlarda nonushtada sevib isteʼmol qilinadi. Shuningdek, undan turli salatlar, piroglar, sharbatlar va qandolatchilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Baxtiyorlik hissini beruvchi banan
Foydali mevalardan biri banandir. Ayniqsa, u bolajonlarning salomatligini mustahkamlashda asqotadi. Banan banansimonlar oilasiga mansub ko‘p yillik tropik o‘simlik hisoblanadi. U dastlab Afrika, Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagida yetishtirilgan. Hozirda asosan Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘stiriladi.
Banan daraxtining bo‘yi 15 metrgacha yetadi. Bir tup daraxt 300 donagacha, yaʼni 60 kilogrammgacha meva tugadi. Mevasi ho‘l va quritilgan holda isteʼmol qilinadi.
Vitaminlarga boy. Banan tarkibida A, С vitaminlari, fosfor, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar mavjud. U qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga ko‘maklashadi.
Shuningdek, ko‘pgina kasalliklarga davo bo‘la oladi. Banan oshqozon kislotasini zararsizlantirib, jig‘ildon qaynashini bartaraf etadi. Uning tarkibida suv kam bo‘lsa-da, shakari va kaloriyasi yuqori. Jismoniy mashg‘ulotlar oldidan bir dona banan isteʼmol qilish quvvatning to‘liq tiklanishiga yordam beradi.
Banan yegan odam o‘zini baxtiyor his etishi haqida eshitganmisiz? Undagi triptofan moddasi odamni dam olish, tashvishlarini kamaytirish, hattoki, baxtni his ettirishga yordam beradi. Tarkibidagi marganes esa inson terisini erkin radikallardan himoya etadi.
Garchi banan foydali meva bo‘lsa-da, uning isteʼmolga yaroqsiz navlari ham bor.
U ildiz bachkilari yordamida ko‘payadi. Ayrim turlaridan baliqchilikda foydalaniladigan arqonlar, baliq ovlash to‘rlarida ishlatiladigan tola (abaka) olinadi.
Eʼtiborlisi, banan ayrim davlatlarda xushmanzara daraxt sifatida ko‘chalar, parklar va hovlilarda o‘stiriladi.
Хотя бананы, манго, папайю, в нашей республике выращивают не в больших количествах, с экспериментальных площадей получают хорошие урожаи.
Дынное дерево или папайя — это не устойчивое к холоду фруктовое дерево, которое растет в теплых тропических и субтропических регионах. Это дерево живет более 25 лет.
Папаин, то есть плод дынного дерева, используется в пищевой промышленности для мариновки мяса, приготовления пива и изготовления жевательной резинки. В медицине применяется для лечения подагры, онкологических заболеваний, заболеваний суставов и сердечно-сосудистой системы. В текстильной промышленности используется для производство шелка и смягчения шерсти. В косметике из него делают хорошего качества мыла и шампуни.
Спелые плоды дынного дерева могут обеспечить человека 100% суточной нормой витамина С и 60% нормой провитамина А. Кроме того, он содержит кальций, магний, калий, натрий, железо, фосфор и многие другие микроэлементы.
Папаин высаживают на полях нашей республиги для проведения пробных испытаний. В больших количествах он выращивается в таких странах, как Индия, Бразилия, Индонезия, Австралия, Непал, США, ЮАР, Нигерия.
Выращивание. Как правило, дынное дерево размножают из семян. Но его можно размножать из черенков и методом прививки. Корочку и пленочную оболочку отделяют от семян, а затем сушат в тени. Хранят в плотно закрытой таре, при этом их всхожесть сохраняется длительное время. К почве дынное дерево не так требовательно, но не следует сажать в песчаную почву. Чрезмерное увлажнение почвы при посадке вредно, в таких условиях корень дынного дерева повреждается корневой гнилью. Саженцы можно выращивать в любое время года. Желательно делать это весной, в теплую погоду.
Быстрое плодоношение. Дынное дерево – одно из растений, которое быстро растет и плодоносит. Цвести начинает примерно через год после посадки семян. Однако были случаи, когда дерево зацвело через три месяца после посадки.
Необходима неизменная температура. Дынное дерево теплолюбивое растение, и для его активного роста необходима температура 23-27 градусов, которая резко не меняется. Холодный воздух вызывает опадение листьев. При понижении температуры ниже 15 градусов общий рост растения замедляется. Если температура воздуха превысит 29-31 градусов, для дынного дерева возникнут негативные условия, в результате чего может снизиться урожайность.
Плоды разнообразные. Папайя плодоносит круглый год. Примечательно, что ее плоды отличаются друг от друга. Мужского рода плоды имеют совершенно другую форму: они округлые, длиной 15-20 сантиметров, весом 300-600 граммов. Плоды различаются по размеру, весу и форме. Созревают через 170-230 дней, Женские плоды можно есть, они сочные, мясистые, очень мягкие, а по вкусу напоминают тыкву, финики и слегка созревшие дыни. Плод быстро портится, так как кожица у него тонкая. Плоды можно срывать, когда они начинают желтеть, и хранить их в темном месте 3-5 дней до полного созревания.
Папайю едят свежей. Из нее делают желе, сироп, соки. Поскольку плоды дынного дерева очень полезны и питательны, их любят употреблять на завтрак во многих тропических и субтропических странах. Также их используют при приготовлении различных салатов, пирогов, соков и кондитерских изделий.
Банан, который дает чувство счастья
Одним из полезных фруктов является банан. Особенно он важен для здоровья детей. Банан многолетнее тропическое растение, принадлежащее к семейству банановых. Первоначально культивировался в тропической и субтропической зонах Африки, Азии и Малайского архипелага. В настоящее время его в основном выращивают в странах Латинской Америки.
Высота бананового дерева достигает 15 метров. Одно дерево приносит до 300 плодов, т.е. до 60 килограммов. Плоды едят свежими и в сушеном виде.
Богат витаминами. Банан содержит витамины А, С, фосфор, калий, клетчатку и натуральный сахар. Он помогает поддерживать здоровый уровень глюкозы в крови.
Он также может излечить многие болезни. Банан нейтрализует желудочную кислоту и устраняет изжогу. В нем мало воды, много сахара и калорий. Употребление банана перед тренировкой помогает восстановить энергию.
Вы когда-нибудь слышали, что человек, который ест банан, чувствует себя счастливым? Вещество триптофан в нем помогает человеку расслабиться, снизить тревогу и даже ощутить счастье. Марганец в составе защищает кожу человека от свободных радикалов.
Хотя банан является полезным фруктом, есть и такие его сорта, которые не подходят для употребления в пищу.
Размножается с помощью корневых пасынков. Веревки, используемые в рыболовстве, и волокно (абака), используемое в рыболовных сетях, получают из некоторых его видов.
Примечательно, что в некоторых странах банан выращивают в качестве декоративного дерева на улицах, в парках и во дворах.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: