Yeryong‘oq mag‘zi tarkibida 20-25% yuqori sifatli yengil hazm bo‘luvchi oqsil, mineral va vitaminlar mavjud. Uning urug‘i sof shaklda yoki qovurib isteʼmol qilinadi. Oqsilidan sintetik tolalar, unidan esa, yelim tayyorlanadi. Ushbu yelimlar hayvon suyaklaridan qilingan yelimga o‘xshaydi. Shuningdek, undan yong‘in o‘chirishda ham ishlatiladi.
Respublikada 2022-yil hosili uchun asosiy va takroriy maydonlarda yeryong‘oq ekinini prognoz ko‘rsatkichlari jami 34189 gektar etib belgilangan. Shundan 7402 gektar asosiy, 26787 gektar takroriy ekin sifatida foydalaniladi. Ushbu maydonlardan jami 86434 tonna hosil olish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 19441 tonnasi asosiy, 66994 tonnasi takroriy maydonlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Moyining ta’mi zaytun moyidan qolishmaydi. Undan turli sabzavot ekinlaridan yuqori sifatli konservalar va margarin tayyorlashda, qandolatchilik hamda parfyumeriya sanoatida keng qo‘llaniladi.
Yeryong‘oq urug‘larida o‘rtacha 18% uglevod, ko‘p miqdorda K, Mg kabi mineral moddalar mavjud. Shuningdek, u A, B va E kabi vitaminlarga boy. Poyasi ham mineral va vitaminlarga boy bo‘lib, to‘yimliligi jihatidan beda ekinidan qolishmaydi.
O‘simlik qoldiqlari tarkibida katta miqdorda fosfor, kaliy mavjud bo‘lib, tuproqni turli organik moddalar va minerallar bilan boyitadi. Uy sharoitida yong‘oqlaridan ajratib olingan po‘stlog‘i chorvachilikda qish mavsumida yosh buzoqlar, sog‘in va homilador sigirlarning tagiga zax o‘tkazmaslik uchun solinadi. Sanoatda yeryong‘oq po‘stloqlaridan qurilish mahsulotlari (DSP, shovqindan himoyalovchi izolyator) ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Navlari: Yeryong‘oqning vatani Janubiy Amerika bo‘lib, hozir ham ko‘p yillik yovvoyi turlari Braziliyaning janubiy qismi, Paragvay, Urugvay, Boliviya va Amazonka daryosi sohillari bo‘ylab o‘sadi.
Respublikamizda keng tarqalgan va tumanlashtirilgan yeryong‘oq navlari: “Toshkent-112”, Qibray-4”, “Mumtoz” , “Salomat”, kabilardir. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan respublikamizga kirib kelgan va kam miqdorda bo‘lsa-da, ekib kelinayotgan navlar uchraydi. Bunday nav urug‘lari och-sariq, to‘q-qizil, kulrang, siyohrang, binafsha ranglarda, shakllari: dumaloq, ovalsimon, cho‘zinchoq ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Hayvonlar uchun ozuqa. Yeryong‘oq dukkakli o‘simlik bo‘lib, barglari hayvonlar uchun to‘yimli ozuqadir. Uni parvarishlashda qator oralariga ishlov berilishi talab etiladigan o‘simlik bo‘lgani uchun urug‘lari unib chiqishidan toki hosil organlari shakllanish davrigacha bo‘lgan vaqt davomiyligida yerga ishlov berib turiladi. Parvarishlash jarayonida begona o‘tlardan tozalangani, atmosferadagi biologik azotni o‘zlashtirib, tuproqda qoldirgani uchun almashlab ekishga yaxshi o‘simlik hisoblanadi. Uni har qanday texnik (qator orasiga ishlov beriladigan) ekinlar bilan almashlab ekilishi mumkin. Asosiy ekin sifatida bahor mavsumida yetishtirilsa, kuzgi boshoqli don ekinlaridan so‘ng takroriy ekin sifatida ekiladi.
Yeryong‘oq ekilishi. Urug‘lik uchun sog‘lom, yirik yong‘oqlar tanlab olinadi va ekishdan 20-30 kun avval qo‘l mehnati yordamida qobig‘idan ajratib tayyorlanadi. Yeryong‘oq O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida aprel oyining birinchi o‘n kunligida, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aprelning uchinchi, shimoliy hududlarda mayning birinchi o‘n kunligida tuproq harorati 15-17 darajadan yuqori bo‘lganda, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda 6 sm, o‘rta va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarga 4-5 sm chuqurlikda ekish tavsiya etiladi. Tomorqa xo‘jaliklarda kichik maydonlarga tekislangan mayin tuproq hosil bo‘lgach, qator oralig‘i 70 sm jo‘yaklar olinadi va pushtaga urug‘lar qo‘l mehnati yordamida bir qator qilib ekiladi.
Yeryong‘oq uchun sug‘oriladigan, qumloq, yengil mexanik tarkibli, o‘tloqi, bo‘z, qora va kashtan tuproqli, ko‘p yillik begona o‘tlarning (qamish, g‘umay, ajriq) urug‘lari kam bo‘lgan, oxirgi 4-5 yilda yeryong‘oq yetishtirilmagan, sug‘orish imkoniyati yaxshi bo‘lgan maydonlar tanlanadi.
Parvarishlash. Bu o‘simlikning yaxshi rivojlanishi uchun ekin qator oralarini yumshatish, ortiqcha namlikni qochirish, tuproq haroratini ko‘tarish, havo almashinuvini yaxshilash va begona o‘tlarni yo‘qotish juda muhim. Maysalar to‘liq unib chiqqandan so‘ng birinchi kultivatsiya va chopiq o‘tkaziladi. Ekilgan yeryong‘oq urug‘lari tuproq issiqligiga bog‘liq bo‘lib, maʼlum bir vaqtdan so‘ng urug‘lar unib, tuproq ustida yosh o‘simlik nihollari paydo bo‘ladi. Yeryong‘oq juda tez rivojlanadigan o‘simlik turi hisoblanadi. Shu sababdan uni parvarishlashda hech bir jarayonda kech qolmaslik lozim.
Hosilni yig‘ib olish. O‘rim-yig‘im ishlari yeryong‘oq yetishtirishda eng qiyin bosqich hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun uni yetishtirishni to‘liq mexanizatsiyalash zarur. Yeryong‘oqning dukkaklash davri ikki oy davom etadi. Butun dukkaklar bir vaqtda rivojlanmaydi. Shu bois, yeryong‘oqning yig‘ishtirish paytini aniqlash qiyin. Yig‘ib olish vaqti yaqinlashib qolganda dukkaklarni tez-tez tekshirib turish kerak. Har bir yeryong‘oq turlarining o‘ziga xos optimal yig‘ib olish vaqti bor. Yerga yaqin qiya shaklda o‘suvchi turlarda o‘rim-yig‘im ishlari vaqtini aniqlash tik o‘suvchilarga ko‘ra qiyinroq. Chunki, qiya shakldagi turlarda dukkaklar ayni paytda o‘rim-yig‘imga tayyor bo‘lmaydi. O‘zbekistonda yarim qiya va tik poyali turlarga xos bo‘lgan navlar yetishtirilgani uchun bu borada eʼtiborli bo‘lish talab etiladi.
Hosilni yig‘ish uchun ikki qatorli AP-70 mashina ishlatiladi. Bu mashina dukkaklarni tuproqdan kavlab oladi va tozalaydi, dalada o‘rilgan holatda qoldiradi. Don kombaynlari yordamida MA-1,5 moslama bilan o‘rilgan hosil yig‘ib olinadi, yanchiladi, tozalanadi. Saqlanadigan dukkaklarning namligi 8 % dan oshmasligi lozim.
Ядра арахиса содержат 20-25% высококачественного легкоусвояемого белка, минеральные вещества и витамины. Его употребляют в пищу в чистом виде или обжаренном. Из белка делают синтетические волокна, из муки – клей. Клей из арахисовой муки аналогичен клеям из костей животных. Он также используется в пожаротушении.
Прогнозные показатели возделывания арахиса в республике на урожай 2022 года по основным и повторным площадям установлены в размере 34 189 га. Из них 7 402 га используются под основные культуры и 26 787 га под повторные культуры. Всего с этих площадей планируется собрать 86 434 тонны урожая, из них 19 441 тонну – на основных, а 66 994 тонну – на повторных площадях.
Вкус масла не уступает оливковому и широко используется при приготовлении высококачественной консервной продукции, а также в кондитерской и парфюмерной промышленностях.
Семена арахиса содержат в среднем 18% углеводов и большое количество минералов, таких как калий, магний. Он также богат витаминами А, В и Е. Стебель содержит минералы и витамины, а его питательная ценность сравнима с люцерной.
В растительных остатках большое количество фосфора и калия, они обогащают почву различными органическими веществами и минералами. Отделившуюся от орехов шелуху подкладывают под молодых телят, дойных и стельных коров в зимнее время года, чтобы предотвратить сырость. В промышленности шелуху этих орехов можно использовать при производстве строительных изделий (ДСП, шумоизоляционный материал).
Сорта: Родиной арахиса является Южная Америка. Многолетние дикорастущие виды произрастают в южной части Бразилии, Парагвая, Уругвая, Боливии и по берегам реки Амазонки.
Широко распространенными и районированными сортами арахиса в нашей республике являются: «Ташкент-112», «Кибрай-4», «Мумтоз», «Саломат». Есть сорта, которые привозят в нашу республику из Индии, Пакистана, Китая, России, Турции, Японии и других стран и культивируют в небольших количествах. Семена этих сортов светло-желтые, темно-красные, серые, чернильные, фиолетовые, имеют разную форму: круглую, овальную, продолговатую.
Корм для животных. Арахис — бобовое растение, листья которого служат кормом для животных. Стебли и листья так же питательны, как люцерна. Поскольку это растение, которое требует обработки междурядий при уходе, почва обрабатывается в течение всего периода роста от всходов семян до формирования стручка. Это хорошее растение для севооборота, так как при возделывании очищается от сорняков, поглощает биологический азот из атмосферы и отдает его в почву. Можно сажать попеременно с любыми техническими (у которых обрабатывают междурядья) культурами. В качестве основной культуры высевается в весеннем сезоне, как повторная культура – после осенних зерновых.
Посадка арахиса. На семена отбирают здоровые, крупные орехи и за 20-30 дней до посадки отделяют от скорлупы вручную. Арахис высаживают в первой декаде апреля в южных районах Узбекистана, в третьей декаде апреля в Ташкентской и Ферганской областях и в первой декаде мая в северных районах при температуре почвы выше 15 -17 градусов. На почвах с легким механическим составом рекомендуется сажать на глубину 6 см, на почвах со средним и тяжелым механическим составом – на 4-5 см. После выровненной мягкой почвы нарезают борозды с междурядьями 70 см и высевают семена в ряд ручным трудом. Для арахиса подбирают орошаемые, песчаные, легкие по механическому составу, пастбищные, серые, черно-каштановые почвы, с малым кjличеством семян многолетних сорняков (камыш, гумай, пальчатка), в которых за последние 4-5 лет арахис не возделывался, районы с хорошими возможностями орошения.
Уход. Для хорошего развития этого растения очень важно размягчать междурядья посевов, избегать переувлажнения, повышать температуру почвы, улучшать воздухообмен, устранять сорняки. После того, как всходы полностью прорастают, проводят первую культивацию и окучку. Посаженные семена арахиса требуют теплой почвы. Через определенное время семена прорастут и появятся молодые ростки. Арахис – это тип растения, которое развивается очень быстро. По этой причине не следует запаздывать ни в одном процессе при уходе за ним.
Сбор урожая. Сбор урожая – самый сложный этап выращивания арахиса. Для достижения экономической эффективности необходимо полностью механизировать процесс его возделывания. Период плодоношения арахиса длится два месяца. Стручки развиваются не одновременно. Поэтому трудно определить время сбора урожая. Ближе к сбору урожая стручки следует чаще проверять. Для каждого вида арахиса существуют свои оптимальные сроки сбора урожая. У видов, растущих в наклонной форме, определить время уборки труднее, чем у прямостоячих растений. Потому что стручки не готовы к уборке одновременно. В Узбекистане в этом отношении необходимо соблюдать осторожность, так как выращивают сорта, характерные для полунаклонных и прямостоячих типов.
Для уборки используется двухрядная машина АP-70. Эта машина выкапывает и очищает стручки от почвы и оставляет их в поле . Урожай, собранный с помощью зерноуборочных комбайнов с помоoью техники МА-1,5, убирается, обмолачивается и очищается. Влажность хранимых стручков не должна превышать 8%.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: