Olma barchaning sevimli mevasi. Uni isteʼmol qilish mumkin emas, deya hech kimga cheklov qo‘yilmaydi. Sababi, olmaning xususiyatlari hech qanday kasallikni qo‘zg‘atmaydi va shu boisdan u barchaning taomnomasida mavjud. Ushbu mevaning foydali va sifatli bo‘lishi esa, uni yetishtiriladigan jarayonga, tadbirkor bog‘bonning parvarishiga bog‘liq. Va albatta, yaratilgan yangi olma navlarini sifat ko‘rsatkichlarini baholash, uni isteʼmolchiga yetkazishda olimlarning, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining mehnatlari bisyor.
Olma mevasining degustatsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan intensiv bog‘ sharoitida olmaning 40 dan ortiq nav va duragaylari o‘rganib kelinmoqda. Ular orasida 10 dan ortiq nav va duragaylar mahalliy seleksiya orqali yaratilgan. Institutda olma navlarning mevalarini sifat ko‘rsatgichlarini baholash maqsadida muntazam ravishda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, har bir o‘rganilayotgan olma mevalarini degustatsion baholash, ularni biokimyoviy tarkibini tahlil qilish, olma mevalarini saqlanuvchanligini o‘rganish jarayonlari o‘tkaziladi.
Degustatsiya jarayonlarda olimlar tomonidan olmaning 18 ta nav va duragaylari mevalariga quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baho berildi: Mevalar tashqi ko‘rinishi (o‘lchami, shakli va rangi), pishgan holati (mevalar pishmagan, texnik yetilgan, pishib boshlagan, pishgan), meva etining holati (dag‘al, o‘rtacha zichlikda, yumshoq, mayin) shiradorligi (juda suvli, suvli, past suvli, quruq), taʼm xususiyati (nordon, nordon va shirin, xushbo‘y emas, yoqimli emas), xushbo‘yligi (kuchli, o‘rtacha, kuchsiz) va taʼmiga ko‘ra baholanadi.
Olma navlari mevalarini sifat ko‘rsatkichlariga baho berishda mevalarning biokimyoviy tarkibi ham ahamiyatli. Uning tarkibida o‘rtacha 80,5-86,5% suv, 9,6-14,8% qand, 0,31-0,91% kislotalar, 0,27-0,48% eruvchan pektin mavjud bo‘lishi kerak. Bundan tashqari olma mevasi tarkibida oshlovchi moddalar, mineral tuzlar va bir qancha vitaminlarning ham bo‘lishi shart. Bu qish va bahor fasllarida odamlarning taomnomasida vitaminlar yetishmasligini to‘ldiruvchi vosita hisoblanadi. Aynan saqlanadigan kechki navlarda bunday foydalilik xususiyati mavjud.
Olma daraxtlarini o‘g‘itlash. Mevalarni sifatli bo‘lib yetilishi uchun bog‘larda barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli olib borish juda muhim. Jumladan, olma daraxtlariga kuz faslida kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish tadbirlarining o‘tkazilishi kelgusida hosildorlikni hamda sifatli mahsulot olishni 20-30% ga ko‘paytiradi. Aynan ushbu mavsumda bog‘ qator oralariga sifatli ishlov berish kelgusida yuqori va sifatli hosil olishni 10-15% ga oshiradi. Shuningdek, bog‘ qator oralariga kuz faslida mahalliy va mineral o‘g‘itlarni solish orqali hosildorlikni 20-25% ga oshirish mumkin. Bunda har gektariga 10-15 tonna mahalliy o‘g‘it berish, oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligi va noyabr oyida yerni shudgorlashda gektariga sof holda 90 kg fosforli va 60 kg kaliyli o‘g‘itlarni 10-15 sm chuqurlikka solish, intensiv bog‘larda esa mahalliy va mineral o‘g‘itlar miqdorini 2 barobarga ko‘paytirish tavsiya etiladi.
Daraxtlarga qish davrida yaxob suvini berish kelgusida yo‘qotish ehtimoli bo‘lgan hosilning 70-80% ini saqlab qolish imkonini beradi. Buning uchun dekabr oyida gektariga 1500-2000 m³ suv sarflab, 4-5 kun davomida yaxob suvi berish kifoya.
Daraxtga shakl berish. Qish va bahorgi mavsumda daraxtlarga to‘g‘ri shakl berish tufayli hosildorlikni va sifatli mahsulot olishni 30-35% ga oshirilishi maʼlum bo‘ldi. Olma daraxtlariga noyabr oyidan boshlab shakl berish va butash ishlarini amalga oshirish mumkin (0…-5daraja sovuqgacha).
Intensiv bog‘larda daraxtlarga shakl berishda asosan simbag‘az yo‘nalishiga qarab shakllantirish, lider novdani o‘sishdan to‘xtamasligi uchun yuqori qismidan 5-6 ta kurtakli bo‘g‘imlarini olib tashlash kerak. Ikkilamchi novdalarni simbag‘az yo‘nalishida gorizontal shaklda shakllantirib, ularni simbag‘azlarga bog‘lashga eʼtibor qaratish lozim. Shu bilan birga ikkilamchi novdalarning o‘sishdan to‘xtab hamda qurib qolmasligi uchun uchki qismini 45 daraja qiyalikka keltiriladi.
Bahorgi va yozgi mavsumlarda daraxtlardagi gullar va meva g‘o‘ralarini toqalash (siyraklashtirish) bilan mevaning sifatini keskin ravishda oshirish mumkin.
Navlarga xos agrotexnik tadbir. Olma mevasini pishish muddatiga ko‘ra, yozgi (ertangi), erta kuzgi, kuzgi va qishki navlarga bo‘linadi. Ertangi navlarda mevalarning sifatli bo‘lib yetilishi uchun kuz va erta bahordan toki meva yetilguniga qadar agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi. Kech kuzgi va qishki navlar mevasini sifatini oshirish uchun esa, meva texnik pishib yetilgungacha bog‘da qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, olma daraxtlarida yozgi kesish ishlarini olib borish mevalarni sifatli yetilishiga, navga xos rang hamda tarkibidagi qand moddasini oshishiga olib keladi.
Яблоко – любимый всеми фрукт. Он никому не противопоказан, так как не вызывает никаких заболеваний, его можно включать в рацион каждого. Полезные свойства и качества этого фрукта во многом зависят от процесса его выращивания и проявляемой заботы садовода. И, конечно же, очень важна работа ученых по оценке качественных показателей сортов яблок.
Дегустация яблок. Ученые Научно-исследовательского института садоводства, виноградарства и виноделия имени академика М.Мирзаева при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан изучают более 40 сортов и гибридов яблони в интенсивных садовых условиях. Среди этих сортов методом местной селекции создано более 10 видов и гибридов. В институте регулярно проводятся научные исследования по оценке показателей качества плодов сортов яблони. В частности, проводится дегустационная оценка каждого изучаемого плода яблони, анализ их биохимического состава, изучение сроков хранения плодов яблони.
В процессе дегустации ученые оценивают плоды по следующим показателям: внешний вид плодов (размер, форма и окрас), уровень спелости (плоды недозрелые, технически зрелые, начинающие созревать, спелые), состояние мякоти (грубая, средней плотности, мягкая, нежная) сочность (очень сочная, сочная, малосочная, сухая), вкусовые характеристики (кислый, кисло-сладкий, не душистый, не приятный), аромат (сильный, средний, слабый) и вкус.
Биохимический состав плодов также имеет значение при оценке показателей качества плодов. Он должен содержать в среднем 80,5-86,5% воды, 9,6-14,8% сахара, 0,31-0,91% кислот, 0,27-0,48% растворимого пектина. Кроме того, плоды яблока должны содержать дубильные вещества, минеральные соли и ряд витаминов, что является средством восполнения недостатка витаминов в рационе питания людей в зимне-весенний период. Именно хранящиеся поздние сорта обладают такими полезными особенностями.
Подкормка яблонь. Очень важно вовремя и качественно проводить все агротехнические мероприятия в садах, чтобы плоды созрели в хорошем качестве. В частности, проведение мероприятий по борьбе с болезнями и вредителями яблони в осенний период позволит повысить урожайность и качество продукции на 20-30%. В это время качественная обработка междурядий огорода позволит увеличить выход высокого и качественного урожая на 10-15%. Повысить урожайность на 20-25% можно также путем внесения в осеннее время местных и минеральных удобрений в междурядья. При этом рекомендуется вносить 10-15 тонн местных удобрений на гектар, 90 кг фосфорных и 60 кг калийных удобрений на гектар в третьей декаде октября. При вспашке в ноябре на глубину 10-15 см, в интенсивных садах рекомендуется увеличить двукратно количество местных и минеральных удобрений.
Полив деревьев в зимнее время позволяет сохранить 70-80% урожая, который мог быть потерян в будущем. Для этого в декабре дают 1500-2000 м³ воды на гектар и поливают 4-5 дней.
Обрезка деревьев. Известно, что урожайность и получение качественной продукции можно увеличить на 30-35% благодаря приданию правильной формы деревьям в зимне-весенний период. Яблони можно формировать и обрезать с ноября (до 0…-5 градусов мороза).
При формировании деревьев в интенсивных садах необходимо ровнять их по направлению шпалер, а с верхней части удалять 5-6 почковых соединений, чтобы ветвь-лидер не прекращала своего роста. Второстепенные ветви необходимо формировать в горизонтальной форме по направлению вверх, привязывая их к шпалерам. При этом верхушку второстепенных веток обрезают наклоном в 45 градусов, чтобы они не переставали расти и не засыхали.
В весенне-летний период качество плодов можно резко повысить, проредив цветки и незрелые плоды деревьев.
Агротехнические меры по видам. По сроку созревания яблоки делятся на летние, раннеосенние, осенние и зимние сорта. Агротехнические мероприятия проводят с осени и ранней весны до созревания плодов, чтобы обеспечить качественное созревание плодов у раннеспелых сортов. С целью улучшения качества плодов позднеосенних и зимних сортов в саду проводят дополнительные агротехнические мероприятия до момента технической спелости плодов. В частности, летняя обрезка яблонь приводит к качественному вызреванию плодов, получению характерной для сорта окраски, повышению содержания сахара.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: