Toshkent davlat agrar universitetida 5 kun mobaynida kooperatsiyaning mazmun-mohiyatini hududlardagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga tushuntirish va dala fasilitatorlarini tayyorlash bo‘yicha trening tashkil etildi.
Unda qishloq xo‘jaligi kooperativlarining huquqiy, tadbirkorlik va tashkiliy jihatlari bo‘yicha ko‘rsatmalar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kooperativlarning o‘rni to‘g‘risida munozaralar, dala fasilitatorlari uchun usul va ko‘nikmalar, ishtirokchilarning fasilitatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy va trenerlar o‘tkazadigan sessiyalari bo‘lib o‘tadi. Treninglar xalqaro kooperativ ekspertlar va trenerlar tomonidan o‘tkazilmoqda.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, soha boshqaruvida davlatning ishtirokini qisqartirish va bozor mexanizmlarining rolini kuchaytirish, erkin raqobat muhitini rivojlantirish va tarmoqning investitsion jozibadorligini oshirish borasida faol ishlar olib borilmoqda.
“O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kooperativlarni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
Tanlangan nomzodlar fermerlar uchun axborot tadbirlarini o‘tkazish hamda yangi qishloq xo‘jaligi kooperativlarini o‘z tashabbusi bilan tashkil etish jarayonida maslahat berish uchun zarur bo‘lgan mazmun va usullar bo‘yicha fasilitatorlarning har tomonlama va maqsadli sinovidan o‘tadilar.
Treningda faol ishtirok etgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar. Ular O‘zbekiston hududlarida kooperatsiyalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni tarqatish tadbirlarida qatnashish uchun tavsiya etiladilar.
Shuningdek, tadbirda Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati va Toshkent davlat agrar universiteti mutaxassislari tomonidan respublikamizda Baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda yaratilgan va chop etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini universitetga topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
В Ташкентском аграрном университете был организован 5-дневный тренинг по разъяснению сути кооперации дехканским и фермерским хозяйствам в регионах и подготовке полевых фасилитаторов.
Тренинг включает в себя инструкции по юридическим, предпринимательским и организационным аспектам сельскохозяйственных кооперативов, обсуждение роли кооперативов в развитии сельского хозяйства, методы и навыки для полевых фасилитаторов, практические сессии по развитию навыков фасилитации у участников, а также сессии от тренеров. Тренинги проводят эксперты и тренеры международных кооперативов.
В последние годы в системе управления сельским хозяйством проводятся институциональные реформы, предпринимаются активные усилия по сокращению участия государства в управлении отраслью и усилению роли рыночных механизмов, развитию свободной конкуренции и повышению инвестиционной привлекательности отрасли.
В рамках проекта «Поддержка экономических реформ и устойчивого экономического развития в регионах Узбекистана» в целях развития кооперативов в сфере сельского хозяйства Министерство сельского хозяйства и Немецкое общество международного сотрудничества (GIZ) разрабатывают законопроект «О сельскохозяйственном кооперативе».
Отобранные кандидаты пройдут комплексную и адресную проверку фасилитаторов по методам, необходимым для проведения информационных мероприятий для фермеров и консультированию в процессе создания новых сельскохозяйственных кооперативов по собственной инициативе.
Участники, принявшие активное участие в тренинге, будут награждены сертификатом. Они будут зарекомендованы для участия в мероприятиях по распространению знаний по развитию кооперативов в регионах Узбекистана.
Также на мероприятии состоялась церемония передачи университету учебников и учебных пособий, созданных и изданных специалистами Немецкой общество международного сотрудничества и Ташкентского государственного аграрного университета.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: