O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlikning boshqarma boshliqlari, yetakchi mutaxassislari va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fani va amaliyotining innovatsion yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbatida sohaga oid ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda marketing mexanizmlaridan keng foydalanish, fan va texnika yutuqlarini isteʼmolchilarga qisqa fursatda yetkazish uchun hududiy dala ko‘rgazmalari, fermer va mexanizatorlar ishtirokida o‘quv seminarlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Toshboltayev olimlar tomonidan paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchun yaratilgan yangi mashinalar va ularni “Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri” da sanoat usulida ishlab chiqarishning zarurati haqida mulohazalarini bildirdi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarni tejamkor, hamyonbob, raqamli boshqariladigan texnologiyalar bilan taʼminlash davr talabi. Bu o‘z navbatida yangi texnikalarni loyihalashtirish, namunalarni yaratish va dala sinovlaridan o‘tkazish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.
Tadbir so‘nggida xalqaro grantlarni jalb qilish orqali mashinalarning eksportbopligini taʼminlash, sohada “fan-ishlab chiqarish” integratsiyasini yanada mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.
Davra suhbatida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялся круглый стол с участием руководителей ведомств, ведущих специалистов и ученых Научно-исследоватлетского института механизации сельского хозяйства.
На круглом столе обсуждалось использование маркетинговых механизмов при внедрении отраслевых научных разработок по инновационным направлениям в науке и практике механизации сельского хозяйства. Говорили о региональных выездных выставках научно-технических достижений, при участии фермеров и механизаторов. А также обсуждался вопрос организации обучающих семинаров.
На мероприятии заместитель директора НИИ механизации сельского хозяйства по научной работе и инновациям Мухаммад Ташболтаев представил созданные учеными новые машины для хлопководства, зерноводства, овощеводства, садоводства, животноводства, фермерских и приусадебных хозяйств, а также прокомментировал необходимость их промышленного производства в «Чирчикском кластере сельскохозяйственного машиностроения».
Сегодня обеспечение ферм и агрокластеров экономически эффективными, доступными технологиями с цифровым управлением является актуальной потребностью. Это, в свою очередь, требует планомерного осуществления проектирования новой техники, создания образцов и проведения полевых испытаний.
В завершение мероприятия была подчеркнута важность обеспечения экспортоориентированности машин за счет привлечения международных грантов, дальнейшего усиления интеграции «науки и производства» в сфере.
По вопросам, обсужденным на круглом столе, разработан план мероприятий.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: