O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining seleksioner olimlari mamlakatimiz tuproq iqlim sharoitiga mos kartoshkaning ertapishar “Toshkent ertagisi” navini ixtiro qilishdi. Ushbu navning mualliflari Rustam Nizomov, Jasur Rahmatullayev, Muhammadjon Rasulov va Dilshod Tursunovlar hisoblanadi.
Ushbu yangi nav 2023-yilda Intellektual Mulk agentligi tomonidan patentlashtirildi.
Yangi kartoshka navi mavjud navlardan bir nechta ustunlik jihatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, u ultraertapishar nav, mavjud mahalliy ertapishar navlardan 10-12 kun vaqtli yetiladi.
Uning vegetatsiya davri yaʼni unib chiqishidan toki palak qurigunicha muddati 65-70 kundan iborat. Nav yuqori unumdor tuproqqa talabchan, virusli kasalliklarga bardoshli ekanligi bilan ham ajralib turadi.
Endi mamlakatimizda kartoshka yetishtirish bilan bog‘liq holatga e’tibor qaratamiz.
Respublikadagi barcha toifa xo‘jaliklarda 2022-yil hosili uchun 221,5 ming gektarga, shundan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 133,4 ming gektarga (asosiy maydonga 93,5 ming ga, bog‘-tok qator orasiga 13 ming gektarga va takroriyga 26,9 ming gektarga) hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 88,1 ming gektarga kartoshka ekilgan.
Mazkur maydonlardan 3,4 mln tonna (2021-yilga nisbatan 200 ming tonna ko‘p, 107%) kartoshka yetishtirildi.
Ma’lumot o‘rnida, tibbiy meʼyorlar nuqtai nazaridan, aholining kartoshkaga bo‘lgan 1 yillik ehtiyoji (JSST meʼyori 1 kishiga 96 kg) 3,4 mln tonnani tashkil etadi.
Mamlakatimizda 2022-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan kartoshkaning yangi serhosil “Surya”, “Spunta”, “Ranomi”, “Passion”, “Malis”, “Luizana”, “Orea va Konstanse” kabi yuqori avlodli xorijiy kartoshka navlarini ekib yetishtirildi.
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasallikka, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli ertaki, o‘rtaki va kechki yuqori hosil beradigan navlarini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kartoshkaning 152 taga yaqin navlari kiritilgan bo‘lib, shundan, 19 ta navlari mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan.
Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida kartoshkaning yangi 11 ta mahalliy navlari ixtiro qilingan.
2023-yil hosili uchun:
Joriy yilda aholini kartoshkaga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, jami 3,7 mln tonna kartoshka yetishtirish belgilab olindi.
Buning uchun, 2023-yilda barcha toifa xo‘jaliklarda 286 ming gektarga, shundan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 143 ming gektarga (asosiy maydonga 106 ming gektar, bog‘-tok qator orasiga 9 ming gektar va takroriyga 28 ming gektarga) hamda aholi tomorqasida 142 ming gektarga kartoshka ekish rejalashtirilmoqda.
Tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, respublikaning 40 ta kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlarida 71 ming gektar maydonda kartoshka yetishtiriladi.
Shundan 23 tasida urug‘lik kartoshka yetishtirishga hamda 9 ta tumanning 39 ta hududlarida “Super-elita” va “Elita” urug‘liklari yetishtiriladi.
Селекционерами Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства РУ создан ранний сорт картофеля «Ташкентская сказка», подходящий для почвенно-климатических условий нашей страны. Создали его ученые Рустам Низомов, Джасур Рахматуллаев, Мухаммаджон Расулов и Дилшод Турсунов. Сорт запатентован Агентством интеллектуальной собственности в 2023 году.
У нового сорта есть ряд преимуществ перед другими сортами картофеля. В частности, это ультраранний сорт, который созревает на 10-12 дней раньше существующих местных ранних сортов.
Его вегетационный период, т. е. от всходов до засыхания листа, составляет 65-70 дней. Сорт требователен к высокоплодородной почве, устойчив к вирусным заболеваниям.
Выращивание картофеля в нашей стране
Под урожай 2022 года во всех категориях хозяйств республики всего 221,5 тыс. га земли под картофель, из них 133,4 тыс. га отведены под фермерские хозяйства и сельскохозяйственные предприятия (93,5 тыс. га на основную площадь, 13 тыс. га между садами и огородами и на повторный засев 26,9 тыс. га) и 88,1 тыс. га. тысяч гектаров картофеля было высажено в фермерских и приусадебных хозяйствах.
С этих площадей выращено 3,4 млн тонн картофеля (на 200 тыс. тонн больше, чем в 2021 году (107%)).
Для справки: по медицинским нормативам годовая потребность населения в картофеле составляет 3,4 млн тонн (норма ВОЗ 96 кг на человека в год).
Под урожай 2022 года в нашей стране аграрии и сельхозпредприятия используют зарубежный картофель высокой генерации типа «Сурья», «Спунта», «Раноми», «Страсть», «Малис», «Луизана», «Орея и Констанция», которые были выращены в Узбекистане.
Ведутся работы по созданию ранних, средних и поздних высокоурожайных сортов, пригодных к почвенно-климатическим условиям регионов, устойчивых к болезням, жаре и засухе.
Около 152 сортов картофеля включены в Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных к выращиванию на территории республики, из них 19 сортов созданы учеными местных НИИ. В результате многолетних исследований выведено 11 новых местных сортов картофеля.
Для урожая 2023 года:
В этом году была разработана программа, которая должна полностью удовлетворить потребность населения в картофеле. По ней будет произведено 3,7 млн тонн картофеля.
Для этого в 2023 году 286 тыс. га во всех категориях хозяйств, из них 143 тыс. га в фермерских и сельскохозяйственных предприятиях (106 тыс. га на основную площадь, 9 тыс. га междурядий и 28 тыс. га на повторение) и на территории жилого массива планируется посадить картофель на 142 000 га.
С учетом почвенно-климатических условий, картофель выращивают на площади 71 000 га в 40 специализированных районах республики. 23 из них используются для выращивания семенного картофеля, а семена «Супер-элита» и «Элита» выращиваются на 39 территориях 9 районов.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: