Daraxt ekilib, hali meva tugmagan yillarda uning tomirlari rivojlanadi. Ana shu vaqtda daraxtga 5-6 yil mobaynida shakl berib boriladi. Bu esa, daraxtning uzoq umr ko‘rishini va zararkunandalardan ishonchli himoya qilinishini taʼminlaydi.
Daraxtga shakl berishda eng avval nimaga eʼtibor qaratish kerak? Daraxtlarni shoxlarini qaysi paytda kesish lozim? Daraxtga shakl berish bilan uning novdalarini kesishning qanday farqi bor? Maqolamizda ana shular haqida yoritamiz.
Ko‘chat tanasini kerakli tomonga yo‘naltirib, shaklga solish uni kelajakda kuchli va baquvvat bo‘lishini taʼminlaydi. Shakl berish ancha yangi usul bo‘lib, bunda imkoni boricha daraxt novdalarini kesilmaydi. Kesish deb esa, daraxt novdalaridan maʼlum bir qismini qirqib tashlab, daraxtning shaklini tekislashga aytiladi. Daraxtni kesib, to‘g‘rilagandan ko‘ra, uni novdaligidan shaklga solib o‘stirish samarali hisoblanadi.
Daraxtning qaysi shoxida meva bo‘lishini aniq bilmasdan turib, unga shakl berish va kesish mutlaqo noto‘g‘ri. Danakli daraxtlarni kuzda kesilsa, o‘sha kesilgan joyini sovuq urishi mumkin. Shuning uchun uni bahorda kesish tavsiya qilinadi.
Unutmang! Daraxt shoxlari to‘g‘ri kesilsa, u erta va mo‘l hosil beradi. Agar daraxt shoxlari noto‘g‘ri kesilsa, bu uning hosilni ko‘tara olmasligiga va shoxlarini sinib ketishiga olib keladi. Shoxlari erta sinib ketgan daraxtning esa umri qisqa bo‘ladi.
Daraxt shoxlarini nega kesiladi? Daraxt shoxlarini kesilganda uning barcha qismlari quyosh nurlarini birdek oladi, ortiqcha lider shoxlarni yo‘qotiladi, ko‘p hosil yetishtira oladigan kuchli bo‘ladi va turli zararli taʼsirlardan asraydi. Shakl berganda meva shoxlar pastda yaxshi rivojlanadi, bu esa ishchi kuchini osonlashtiradi.
Daraxt novdalarini kesayotganda uning quyi qismida joylashganlarini ko‘p kesib bo‘lmaydi. Chunki pastroqdan o‘sib chiqqan novdalardagi barglar daraxt tanasining yo‘g‘onlashishiga yordam beradi hamda uni yozning issiq kunlarida quyosh nurlarining zararli taʼsiridan himoya qiladi. Agar quyi novdalar ko‘chat atrofida yurishga xalaqit beradigan bo‘lsa, unda ularni kesib, qisqartirish mumkin. Agar daraxt yoshligidan biror bir shaklga solingan bo‘lsa, o‘sha shaklga mos holda kesish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Daraxtga novdaligidan shakl berishning afzalligi ham shu — keyinchalik shoxlarni kesishda muammolar ko‘p bo‘lmaydi.
Daraxtlarga shakl berishning turlari ko‘p, mamlakatimizda asosan, ikki xil: vazasimon va markaziy liderli usulda shakl beriladi.
1) Vazasimon shakl berishda: bunda daraxt tanasi deyarli bir nuqtadan bir necha asosiy shoxlarga bo‘linib rivojlanadi, markaziy qism esa bo‘sh qoldiriladi.
2)Markaziy liderli shakl berishda: daraxt yon shoxlar yaruslaridan tashkil topgan bo‘lib, yaruslar bo‘ylab yuqoriga chiqqan sari shoxlar uzunligi qisqarib boradi.
Daraxtlarni parvarish qilish uchun quyidagi shox va novdalarni kesiladi:
1) Kasallangan, qurigan, singan va ortiqcha o‘sib ketgan shoxlar;
2) ildizdan ozuqa so‘ruvchi novdalar;
3) tanadan ozuqa so‘ruvchi novdalar;
4) noqulay joylashgan yoki bir-biriga xalaqit beradigan shoxlar.
Sog‘lom shoxlar ham kesiladimi? Afsuski, daraxtlarni sog‘lom va serhosil shoxlarini ham kesishga to‘g‘ri keladi. Bular asosan daraxtning eng yuqori qismida o‘sib, uning pastki qismini yorug‘likdan to‘sib qo‘yadigan shoxlardir. Bunday shoxlarni kesib tashlash orqali pastroqda joylashgan shoxlarga sifatli hosil yetishtirish uchun qulay shart-sharoit yaratib beriladi. Daraxtlar mana shunday kesish ishlari qilinganidan keyin yaxshi hosil beradi.
Ayrim mevali daraxt turlari yil oralatib, yaxshi hosil berishga moyil bo‘ladi. Mana shunday daraxtlarni kesish orqali ularni har yili hosil beradigan qilish mumkin.
Во время плодоношения дерева активно развиваются крона. Именно в это время дереву придают форму, которой хватает на 5-6 лет. Это обеспечит долгую жизнь дереву и защиту от вредителей.
На что в первую очередь следует обратить внимание при придании дереву формы? В какое время следует обрезать ветви деревьев? В чем разница между приданием дереву формы и обрезкой его ветвей? Об этом мы расскажем в нашей статье.
Нужное направление ствола саженца и придание ему формы гарантирует, что в будущем дерево станет сильным и здоровым. Придание формы – это гораздо более новый метод, при котором ветви дерева не обрезаются. С другой стороны, обрезка означает сглаживание формы дерева путем удаления определенной части веток дерева. Вместо того, чтобы срезать и выпрямлять дерево, эффективнее вырастить его из ветки, придав ей форму.
Неправильно придавать форму и обрезать дерево, не зная точно, на какой ветке будут плоды. Деревья могут пострадать от холода, если их обрезать осенью. Поэтому рекомендуется обрезать весной.
Важно! Если правильно обрезать ветви дерева, то получите хороший урожай. Если неправильно – то ветви могут поломаться, что приведет к гибели урожая.
Дерево, у которого рано ломаются ветви, имеет короткую продолжительность жизни.
Зачем обрезать ветки деревьев? Когда у дерева срезает ветви, все его части получают одинаковое количество солнечного света, лишние ведущие ветви теряются, оно становится сильным, способным давать много урожая. Обрезка защищает от различных вредных воздействий.
При формировании кроны дерева необходимо развивать нижние ветви. Их нельзя сильно обрезать Так как ветви, которые растут ниже, помогают стволу дерева утолщаться, а также защищают его от вредного воздействия солнечных лучей в жаркие летние дни. Если нижние ветки мешают новым росткам, то их можно обрезать и укоротить. Обрезка, является наиболее правильным способом, чтобы дерево приобретало определенную форму с раннего возраста. Также преимуществом придания дереву формы из его ветвей является то, что впоследствии с ним не будет много проблем, связанных с обрезкой ветвей.
Существует много видов придания деревьям формы, в нашей стране в основном придают форму двумя способами: вазообразным и центральным.
1) Придание вазообразной формы. При этом ствол дерева развивается почти из одного ствола, разделяясь на несколько основных ветвей, при этом центральная часть остается свободной.
2) Формировании Центральной формы. Дерево состоит из ярусов боковых ветвей, причем ветви становятся короче в длину по мере продвижения вверх по ярусам.
Для ухода за деревьями обрезают следующие ветки:
1) Больные, засохшие, сломанные и переросшие ветки;
2) Ветви, высасывающие питательные вещества из корня;
3) Ветви, всасывающие питательные вещества из ствола;
4) Неудобно расположенные или мешающие друг другу ветви.
Обрезают ли здоровые ветви? К сожалению, деревья также нуждаются в обрезке здоровых и плодородных ветвей. В основном это ветви, которые растут в самой верхней части дерева и блокируют его нижнюю часть от света. Обрезая такие ветки, можно создать благоприятные условия для выращивания качественного урожая на ветвях, расположенных ниже. Деревья дают хороший урожай после такой обрезки.
Некоторые виды фруктовых деревьев имеют тенденцию давать хорошие урожаи, через год. Обрезая такие деревья, можно сделать их плодоносящими каждый год.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: