Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan “Yevroasiya Transportation&Logistiks Companiy” XK Transport-logistika markazi 2022-yilning mart oyida ishga tushirilgan. Ushbu logistika markazi Xo‘jaobod tumanida Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh “Do‘stlik” chegara punktining yonida joylashgan.
Loyihaning umumiy qiymati 73,1 mlrd so‘mga teng. Xorijiy investor ham ushbu logistika markaziga 8,5 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan. 100 ta ish o‘rniga ega bo‘lishi rejalashtirilgan loyihani yanada kengaytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Bu yerda transport va oziq-ovqat logistikasi barpo etilgan. Ushbu chegara punktida Qirg‘iz Respublikasidan kirib kelayotgan barcha mahsulotlar davlat sherikchiligi asosidagi xususiy bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng, mamlakatimizga kiritiladi. Ushbu chegara punktining afzalligi tadbirkor mamlakatimizga olib kirayotgan mahsulotini ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymasdan, vaqtni va mablag‘ni tejagan holda amalga oshiradi. Eng muhimi, buni chetdan mahsulot olib keladigan tadbirkorning o‘zi hech bir ovvoragarchiliksiz bajaradi. Shuningdek, bu yerda transport logistika qismida mahsulotni olib kirgan va olib chiqishga mo‘ljallangan yuk mashinalari uchun avtoturargoh tashkil etilgan. Shuningdek, qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mehmonxonalar va boshqa dam olish maskanlari qurish rejalashtirilgan.
Logistika tarmog‘ining qishloq xo‘jaligida ahamiyati katta. Ushbu logistika markazi faoliyati bilan videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
В марте 2022 года введен в эксплуатацию транспортно-логистический центр АО «Транспортно-логистическая компания «Евразия», созданный в Ходжаабадском районе Андижанской области. Этот логистический центр расположен в Ходжаабадском районе, недалеко от погранперехода Дустлик с Кыргызской Республикой.
Общая стоимость проекта составляет 73,1 миллиарда сумов. В этот логистический центр инвестировали 8,5 тысяч долларов США. Здесь принимаются меры по дальнейшему расширению проекта. Планируется создание 100 рабочих мест.
В центре налажена транспортная и продовольственная логистика. Все товары, поступающие из Кыргызской Республики, будут ввозиться в нашу страну после прохождения частного таможенного контроля на основе государственного партнерства.
Преимущество пункта в том, что предприниматель может ввозить свою продукцию в нашу страну без лишней волокиты, экономя время и деньги.
Также в отделе транспортной логистики есть стоянка для грузовых автомобилей, которые завозят и вывозят продукцию.
В скором времени планируется строительство гостиниц и других объектов с целью создания дополнительных удобств.
Логистическая сеть имеет большое значение в сельском хозяйстве.
Подробнее о деятельности логистического центра вы можете узнать из нашего видео.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: