Bugun ijtimoiy tarmoqlarda bozor rastalaridagi bulg‘or qalampirining narxi yuqoriligi bilan bog‘liq ko‘plab muhokamalar bo‘lmoqda. 1 kilogramm bulg‘or qalampirining o‘rtacha narxi qancha? Narxning yuqoriligi sotuvchi va xaridorlarga qanday taʼsir ko‘rsatmoqda? Ushbu savollarga javob topish maqsadida poytaxtimizdagi “Yunusobod” va “Eski Juva” dehqon bozorlarida bo‘ldik. Sotuvchilar avvalgi yillarda bulg‘or qalampirining narxi bunchalik yuqori bo‘lmaganini va bu yilgi holat yanvar oyida respublikamizda kuzatilgan keskin sovuq bilan bog‘liqligini taʼkidlashmoqda.
Xo‘sh, mamlakatimizda qancha issiqxonalarda bulg‘or qalampiri yetishtiriladi-yu, bu yil ushbu mahsulot bilan aholi ehtiyojini qondirish imkoniyati yetarlimi? Bulg‘or qalampirining narxi qachon barqarorlashadi?
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi “Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i Shavkat Azizovning bildirishicha, — “Bugungi kunda respublikada 3 ming 188 ta issiqxona xo‘jaliklari tomonidan jami 6 ming 300 gektar maydonlarda sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Joriy yilda issiqxona xo‘jaliklarida 500 gektarga yaqin yer maydonida shirin bulg‘or qalampirlari ekilgan bo‘lib, ayni kunlarda bozorlardagi ushbu mahsulotning narxini ko‘tarilishiga yanvar oyida keskin sovuq bo‘lganligi va o‘simlikning vegetatsiya davrida yetarli darajada issiqlik bilan taʼminlay olinmaganligi sababli stressga tushgani va shuning natijasida yetishtirish davri 20-25 kunga kechikdi. Hozirda mamlakatimizdagi issiqxonalarda aholini ehtiyojini qondirish, ichki bozorlarni taʼminlash uchun yetarli miqdorda bulg‘or qalampirlari yetishtirilmoqda. Aprel oyining ikkinchi yarmida bulg‘or qalampirining narxi barqarorlashishi kutilmoqda”.
Bulg‘or qalampirining issiqxonalardagi holatini va hosildorlikni yetarli ekanini ko‘rish maqsadida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan “Do‘stlik”mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Kenjaboyevlar xonadoniga yo‘l oldik. Eʼtiborimizni tortgan jihati, ushbu oila uzoq yillardan beri issiqxonada pomidor, bulg‘or qalampiri yetishtirib kelmoqda. Oila bekasi Mavjuda Kenjaboyeva ushbu xonadonga kelin bo‘lib tushganiga 30 yildan oshganini va shundan beri issiqxonada pomidor, bug‘lg‘or qalampiri yetishtirib kelishayotganini aytadi. Eʼtiborlisi, bulg‘or qalampirini issiqxonada yetishtirilganda undan ikki marotaba hosil olinadi. Uning ko‘chatini yanvar oyida ekilsa, avgust oyiga borib, uni novdasini sindiriladi va ikkinchi marotaba hosil olish uchun yetishtiriladi. Albatta, bu mahsulotni yetishtirishning o‘ziga yarasha mashaqqati mavjud. Buni esa faqatgina issiqxonada bulg‘or qalampiri yetishtirgan dehqongina biladi.
Issiqxonada bulg‘or qalampirini yetishtirishda nimalarga eʼtibor qaratish kerak? Keskin sovuq bo‘lganiga qaramay, issiqxona egasi kutilgan hosilni olyaptimi?
Tomorqa xo‘jaligiga asoslangan issiqxona egasi Faxriddin Kenjaboyev o‘tgan yilgi bulg‘or qalampiridan olingan hosil yaxshi bo‘lgani uchun 5 sotixli issiqxonasini 7 sotix kengaytirganini maʼlum qildi. Issiqxonada 20 darajali issiqlik bo‘lsagina bulg‘or qalampirlari o‘sishda davom etadi. Agar harorat bundan pasayib ketsa, bulg‘or qalampirlari stressga tushib, uning rivojlanishi sekinlashadi. Albatta, keskin sovuq paytida issiqxonadagi bulg‘or qalampirini yetishtishning o‘zi bo‘lmadi. Ushbu issiqxonada bulg‘or qalampirining dastlabki hosili mart oyining o‘rtalarida terib olindi. Hozirda hosilga hosil qo‘shilib bormoqda. Bu esa, bozorlarimizga yanada ko‘proq bulg‘or qalampiri yetkazib berilishini va narx-navo ham shunga yarasha arzonlashishini ko‘rsatadi.
Сегодня в социальных сетях много дискуссий о высокой цене болгарского перца на прилавках. Какова средняя цена 1 кг болгарского перца? Как высокие цены влияют на покупательский спрос и продавцов? Чтобы найти ответы на эти вопросы, мы посетили столичные фермерские рынки «Юнусабад» и «Эски Жува». Продавцы отмечают, что цена на болгарский перец в предыдущие годы была не такой высокой, а ситуация в этом году связана с сильными морозами, наблюдавшимися в нашей стране в январе.
Итак, сколько теплиц выращивает болгарский перец в нашей стране, и достаточно ли возможностей обеспечить потребность населения в этом продукте в этом году? Когда стабилизируется цена на болгарский перец?
По словам Шавката Азизова, начальника отдела «Развитие теплиц» Агентства услуг в сельском хозяйстве при Министерстве сельского хозяйства:
— «Сегодня в республике 3188 тепличных хозяйств выращивают овощную продукцию на общей площади 6,3 тыс. га. В этом году сладкий перец был высажен на площади около 500 га в теплицах, и цена на этот продукт на рынках выросла из-за сильных январских холодов и того, что растение не могло быть обеспечено в достаточном количестве теплом. В период вегетации растение подвергалось стрессу, в результате чего этот период затягивался на 20-25 дней. В настоящее время в теплицах нашей страны выращивается достаточное количество болгарского перца для обеспечения потребностей населения и поставок на внутренний рынок. Ожидается, что цена на болгарский перец стабилизируется во второй половине апреля».
Чтобы на месте ознакомиться, в каком состоянии находится болгарский перец в теплицах и достаточна ли урожайность, мы отправились в дом Кенжабаевых, проживающих в микрорайоне «Дустлик», расположенном в Чиназском районе Ташкентской области. Семья уже много лет выращивает помидоры и болгарский перец в теплице. Хозяйка семьи Мавлюда Кенжабаева рассказывает, что прошло более 30 лет с тех пор, как она вошла в этот дом как невеста, и с тех пор они выращивают помидоры и болгарский перец в теплице. Стоит отметить, что сладкий перец выращивают в теплице два раза в год. Если его саженец высаживают в январе, то в августе его размножают и выращивают для второго урожая. Конечно, выращивание этого продукта имеет свои сложности. Это знает только фермер, выращивающий болгарский перец в теплице.
На что следует обратить внимание при выращивании болгарского перца в теплице? Несмотря на сильные морозы, получает ли владелец теплицы ожидаемый урожай?
Фахриддин Кенжабаев, владелец теплицы на базе приусадебного хозяйства, рассказал, что расширил свою теплицу площадью с 5 соток на 7 соток благодаря хорошему урожаю сладкого перца в прошлом году. Болгарский перец хорошо растет в теплице при температуре 20 градусов тепла. Если температура опустится ниже, у болгарских перцев будет стресс, и их развитие замедлится. В сильные морозы мы выращивали перец в малых количествах. В этой теплице в середине марта был собран первый урожай болгарского перца. Сейчас урожай прибавляется. А это значит, что на наши рынки будет поступать больше сладкого перца и соответственно снизится цена.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: