2-mayda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Dehqonchilik va oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi direktori janob Jingyuan Sya va uning texnik maslahatchisi Hafiz Moʻminjonov Toshkentga keldi.
FAO missiyasining asosiy maqsadi FAO mintaqaviy tadbiri hamda Yevropa va Markaziy Osiyoda OCOP (“Bir mamlakat – bir mahsulot”) mamlakatbay loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha seminarda, shuningdek, OCOP Milliy ishchi guruhining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan birinchi yig‘ilishida ishtirok etishdan iborat. Tadbirda mintaqaviy va milliy darajadagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, OCOP tashabbusini mintaqada amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Missiya doirasida xorijiy mehmonlar FAOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidagi hamkasblari bilan uchrashib, mamlakatda o‘simliklarni himoya qilish bilan bog‘liq asosiy tadbirlarni, xususan, OCOP tashabbusini amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, rasmiy tadbirlar yakunlangach, missiya aʼzolari OCOP tashabbusi uchun ustuvor qishloq xoʻjaligi mahsulotini tanlash maqsadida fermer xoʻjaliklariga tashrif buyurishni hamda qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot, konsultatsiya, taʼlim va qishloq xoʻjaligi obyektlari bilan tanishishni rejalashtirgan. Chet ellik mehmonlar OCOP tashabbusini yanada ilgarilatishni muhokama qilish uchun mahalliy olimlar va ekspertlar, yirik fermer xo‘jaliklari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan uchrashishlari va muloqot qilishlari ham ko‘zda tutilgan.
OCOP Milliy ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bilan bir qatorda o‘tkaziladigan tadbir va seminar mamlakatimizda o‘simliklarni himoya qilishni rivojlantirish va OCOP tashabbusi doirasidagi ishlarni kuchaytirishga alohida hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Tashrif 6-maygacha davom etadi.
Со 2 по 6 мая в Ташкенте находятся с визитом директор Отдела растениеводства и защиты растений Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) господин Цзинъюань Ся и его технический советник господин Хафиз Муминджанов.
Основной целью миссии ФАО является участие в региональном мероприятии и семинаре ФАО по реализации страновых проектов OCOP («Одна страна – один продукт») в Европе и Центральной Азии, а также в первом заседании Национальной целевой группы OCOP в Узбекистане. Основное внимание на мероприятии будет уделено приоритетным областям на региональном и национальном уровнях, в частности реализации инициативы ОСОП в регионе.
В рамках миссии иностранные представители встретятся с коллегами из странового офиса ФАО и Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, чтобы обсудить ключевые мероприятия, связанные с защитой растений в стране, в частности, по вопросам реализации инициативы ОСОП.
Помимо этого, после официальных завершения мероприятий миссия планирует посетить фермерские хозяйства для выбора приоритетного сельскохозяйственного продукта для инициативы OCOP и знакомства с сельскохозяйственными исследовательскими, консультационными, образовательными и сельскохозяйственными объектами.
Иностранные гости смогут встретиться и пообщаться с местными учеными и специалистами, ключевыми фермерскими хозяйствами и другими заинтересованными сторонами для обсуждения дальнейшего продвижения инициативы ОСОП.
Предполагается, что мероприятие и практический семинар наряду с первым заседанием Национальной целевой группы OCOP внесут особый вклад в развитие защиты растений в республике и усиление работы в рамках инициативы OCOP.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: