Avval xabar berganimizdek, Sirdaryoda agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashdi.
Bugungi kunda Sirdaryoda agrar sohada yirik innovatsion loyihalar, yangicha g‘oya va tashabbuslar hayotga joriy etilmoqda. O‘tkazilgan seminardan ko‘zlangan maqsad mana shu yangiliklar bilan turli hududlardan tashrif buyurgan qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tanishtirish va kelgusida tajribalarni mamlakatimiz miqyosida keng yoyishdan iborat bo‘ldi.
Seminarning nazariy qismida qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi e’tiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.
Tadbirning amaliy qismida viloyatdagi agrar soha obektlarga tashrif buyurilib, ular faoliyati bilan atroflicha tanishildi.
Seminar ishtirokchilari dastlab Sirdaryo tumanidagi “PENG ShENG” MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida bo‘ldilar. Bu yerda tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirokchilar eʼtiboriga zamonaviy texnika va texnologiyalar havola etildi. Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari “Peng Sheng Charm” korxonasiga borib, bu yerdagi jelatin ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Aytish kerakki, ushbu ishlab chiqarishning loyiha qiymati 8,9 mln dollar bo‘lib, yiliga 468 tonna mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo‘jaligida katta maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan seminar qatnashchilarining navbatdagi manzili Sirdaryo tumanidagi “Agro eko texnologiya” MCHJga qarashli 110 gektar yer maydonida yetishtirilayotgan uzum plantatsiyasi etib belgilandi. Sirdaryo tumanida 2019-yilda “Agro Eko Texnologiya” MCHJ tomonidan 70 gektar yerga uzumzor barpo etilgan edi. Keyinchalik, korxona o‘z faoliyatini yana 40 gektar maydonga kengaytirdi. Hozirda jami 110 gektar maydonni qamrab olgan uzumzorda to‘liqligicha tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Uzum plantatsiyasining 30 gektar maydonida “Kaberne Frans” va 25 gektarida “Pino nuar” hamda 55 gektarida “Toyfi” uzum navlari parvarish qilinmoqda. Eʼtiborlisi, uzumzorlarning gektaridan o‘rtacha 150-160 sentnerdan hosil olinib, shu yerning o‘zida qayta ishlab, vino ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Seminar doirasida Sirdaryo viloyatdagi Boyovut tumanida joylashgan “Ijtimoiy issiqxonalar” faoliyati bilan ham tanishildi.
Prezident tashabbusi bilan respublikada foydalanilmay bo‘sh turgan dala chetlarida hamda kollektor-drenajlar atroflarida ixcham “Ijtimoiy issiqxona”lar tashkil qilinib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tayyor holda ajratilishi belgilangan.
Boyovut tumanida ham “Boyovut limonchlik klasteri” MCHJning 148 gektar maydonida jami 1600 ta quyosh nuridan isitiladigan “Ijtimoiy issiqxonalar” qurilib, tayyor holda aholiga topshiriladi. Bu esa 3200 dan ortiq aholi bandligi taʼminlanishi demakdir. Ijtimoiy issiqxonalarni qurib, ishga tushirishga xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 15 mln dollar yo‘naltiriladi.
Eʼtiborlisi, tumanda 2,5 sotixli issiqxonalar qurilib, tayyor holda aholiga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kredit hisobidan topshiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqxonalardan yiliga 2-3 marta hosil olinib, 5-6 ming dollar daromad ko‘riladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir loyiha bilan tanishish maqsadida seminar qatnashchilari tumandagi “Hasanboy-Husanboy” fermer xo‘jaligida bo‘ldilar. Bu yerda takroriy ekinlar ekish hamda ehtiyojmand oilalarga 1 gektardan yer maydoni ajratish jarayoni bilan tanishishdi. Fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoniga mosh kabi dukkakli ekinlar ekilib, “S.Ayniy” MFYda istiqomat qilayotgan 10 nafar ehtiyojmand oilalarning har biriga 1 gektardan ajratib berildi. Agar gektaridan 2 tonnadan hosil olinadigan bo‘lsa, har bir oila o‘rtacha 20 mln so‘mdan sof daromadga ega bo‘ladi.
Aytish o‘rinliki, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanish, tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, intensiv bog‘lar barpo qilish, “Ijtimoiy issiqxonalar” joriy qilish orqali aholi farovonligini oshirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda Sirdaryo tajribasi o‘rnak bo‘larli darajada.
Umid Mamadaminov Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari: — “Ijtimoiy issiqxonalar” Xitoy tajribasida oxirgi 20-30 yillardan beri ishlatib kelinmoqda. Xitoyda kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha ushbu issiqxonalarni ko‘p qo‘llashgan. Bu tizim nafaqat kambag‘allikdan chiqish yo‘li, balki aholiga daromad keltirish manbasi ham hisoblanadi. Misol uchun 10 sotixdan aholiga bo‘lib berilsa, bir yilda ikki–uch marta hosil olish mumkin. Bir yil davomida bitta oilaga 120-150 million daromad olish imkoni beriladi. Bu issiqxonalarni qurishni moliyalash Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, ya’ni Jahon bankining moliyalashtirish tizimi orqali amalga oshiriladi. Hududlarda ishchi o‘rinlari yaratish maqsadida mana shunday loyihalarni amaliyotga tatbiq qilmoqchi bo‘lganlarni biz 100 foiz moliyalashtirib beramiz. Mazkur issiqxonalarning yana bir yaxshi jihati – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligiga xizmatlar ko‘rsatish agentligi bu amaliyotni to‘liq
loyihalab, moliyalashtirib beradi. Va o‘sha hududdan tadbirkor topib, ko‘chatlarni tarqatib mahsulotlarini sotib olish tizimi ham yaratiladi.
Qahramon Nasimov Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Qahramon Nasimov ” fermer xo‘jaligi rahbari:
Sirdaryoda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib ko‘zimiz quvondi. Plyonka ostiga ekilgan paxta maydonlarini ko‘rdik. Bu uslubda ekilgan paxta juda yaxshi rivojlangan. 18-20 ta hosil shoxi, 9-10 ta ko‘sak bor. Buni ko‘rib ham xursand bo‘ldik. Bundan tashqari, takroriy ekinlarni ko‘rdik. Bu yo‘nalish ham juda yaxshi tashkil qilingan. Ushbu seminarda ko‘rgan tajribalarni o‘zimizning fermer xo‘jaliklarimizda qo‘llasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Seminar ishtirokchilariga ushbu loyihalar bilan bevosita tanishib, chuqur va atroflicha o‘rganish va viloyat tajribasini kelgusida respublika ko‘lamida keng yoyish imkoniyati taqdim etildi.
Как мы уже сообщали, в Сырдарьинской области прошел семинар, посвященный изучению и внедрению передового опыта в агропромышленном комплексе.
В мероприятии приняли участие советник Президента Республики Узбекистан Шухрат Ганиев, министр сельского хозяйства Азиз Воитов, министр водного хозяйства Шавкат Хамраев, хоким Сырдарьинской области Акмалджон Махмудалиев, а также хокимы районов и представители агросферы. Сегодня в аграрном секторе области реализуются крупные инновационные проекты, выдвигаются новые идеи и инициативы.
Цель семинара заключалась в том, чтобы поближе познакомить специалистов со всех регионов с прогрессивными тенденциями и в дальнейшем распространить полученный опыт по всей республике. В теоретической части семинара состоялся обмен мнениями о внедрении передового мирового опыта, современной агротехники и технологий, адаптированных к нашим условиям, а также о важных аспектах, требующих пристального внимания. Соответственно, практическая часть мероприятия состояла из визитов на различные сельскохозяйственные объекты области с подробным знакомством с их деятельностью.
Первым адресом в программе значилось узбекско-китайское СП ООО «PENG SHENG». Выставка, организованная здесь, представила современное оборудование и технологии. После этого участники семинара отправились на предприятие «Peng Sheng Charm» и ознакомились с процессом производства желатина. Заметим, что проектная стоимость этого производства составляет 8,9 миллионов долларов США, а в год планируется выпускать 468 тонн продукции.
Следующим пунктом посещения участников семинара стала виноградная плантация на 110 гектаров ООО «Агро Эко Технология». На начальном этапе в 2019 году здесь был заложен виноградник на 70 гектарах. Позже предприятие расширило свою деятельность еще на 40 гектаров. Здесь на всей площади в 110 гектаров внедрены технологии капельного орошения. Для выращивания были выбраны и засеяны сорта «Каберне Франс» на 30 гектарах, «Пино нуар» на 25 гектарах и «Тойфи» на 55 гектарах. Примечательно, что с 1 гектара собирают в среднем 150-160 центнеров винограда, который затем планируется перерабатывать и производить вино.
В ходе семинара состоялось знакомство с деятельностью «Социальных теплиц», расположенных в Баяутском районе Сырдарьинской области. По инициативе президента по краям полей и вокруг коллекторно-дренажных сооружений создаются компактные «Социальные теплицы», которые затем передаются гражданам, вошедшим в реестр «Железной тетради», «Молодежной тетради», «Женской тетради», а также тем, кто вернулся из трудовой миграции.
В Баяутском районе на территории «Баяут лимончилик кластери» на 148 гектарах возводится 1 600 подобных «Социальных теплиц» с солнечными панелями, которые впоследствии будут переданы населению.
Это позволит обеспечить работой более 3 200 человек. На строительство и эксплуатацию социальных теплиц будет выделено 15 миллионов долларов США из средств международных финансовых институтов.
Отметим, что теплица площадью 2,5 соток будет передана в готовом виде за счет кредита, выделенного в рамках программы «Каждая семья – предприниматель». По предварительным расчетам урожай в теплицах будет собираться 2-3 раза в год, а доход составит 5-6 тысяч долларов США. Участники семинара посетили фермерское хозяйство «Хасанбой-Хусанбой» с целью ознакомления с еще одним проектом, направленным на поддержку населения, нуждающегося в социальной защите. Здесь они ознакомились с процессом посева повторных культур и выделением по 1 гектару нуждающимся семьям.
На 10 гектарах земли, освободившейся от зерновых, были посажены зернобобовые культуры типа маша. При этом каждой из 10 малообеспеченных семей, проживающих в ССГ «С. Айни», было выделено по 1 гектару земли. Если с 1 гектара собрать 2 тонны урожая, то каждая семья будет иметь средний чистый доход в размере 20 миллионов сумов.
Участники семинара подчеркнули, что сырдарьинский опыт эффективного использования современной агротехники, применения капельного орошения и других водосберегающих технологий, создания интенсивных садов, внедрения «социальных теплиц» и повышения благосостояния населения во многом является образцовым.
Заместитель министра сельского хозяйства Умид Мамадаминов
«Китайскому опыту использования «Социальных теплиц» 20-30 лет. Там подобные теплицы часто использовались, чтобы помочь людям выбраться из бедности. В то же время, это стабильный источник дохода. Например, если раздать населению по 10 соток, то можно собирать урожай два-три раза в год. Одна семья за год может заработать 120-150 миллионов сумов. Финансирование строительства этих теплиц осуществляется Министерством сельского хозяйства через линии Всемирного банка. Мы предоставим 100-процентное финансирование тем, кто хочет реализовать такие проекты, чтобы создать рабочие места в регионах. Еще одним положительным аспектом этих теплиц является то, что
Агентство сельскохозяйственных услуг при Министерстве сельского хозяйства полностью проектирует и финансирует весь организационный процесс. При этом будет создана такая система, при которой продукция будет реализовываться предпринимателю, найденному в том же регионе».
Кахрамон Насимов, руководитель фермерского хозяйства «Кахрамон Насимов», Гидждуванский район, Бухарская область
«Мы были поражены увиденным в Сырдарье. Мы видели поля хлопка, засаженные пленкой. Хлопок, выращенный таким способом, очень хорошо развивается. Урожайных стеблей 18-20 и 9-10 коробочек на каждом из них. Кроме того, мы видели повторные посевы. Это направление также очень хорошо организовано. Наверняка мы применим опыт, который получили на семинаре, в наших собственных хозяйствах».
Участникам семинара была предоставлена возможность ознакомиться со всеми проектами, глубоко и всесторонне изучить их, а в дальнейшем широко распространить опыт региона в масштабах республики.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: