So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida keng qamrovli issiqxonalar tashkil qilinib, turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinovdan o‘tkazilib, kasalliklarga chidamli hosildor ekin navlari yetishtirib kelinmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi “NSA-AGRO Development” MCHJ 15 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonning barcha hududlarida issiqxona majmualari va ochiq maydonlarda ekinlar yetishtirish, shuningdek maslahat xizmatlari, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari savdosi sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 42,12 gektar bo‘lib, xususan 35 gektar mevali daraxtlar, 2 gektar uzumzor, 4,74 ga issiqxona majmuasidan iborat. Shuningdek, ma’suliyati cheklangan jamiyat faoliyatining yana bir yo‘nalishi – tuproqni tekshirish va barglar diagnostikasi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladigan hududlarda tuproqning yaroqliligini aniqlash uchun joylar tanlashdan iborat. Qayd etilishicha, hozirgi kunda korxona Isroilning “Hazira” kompaniyasi bilan pomidor navlari ustida sinov-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu sinovdan maqsad – kelgusida O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos keluvchi navlarni tanlash va ularni urug‘larini ko‘paytirish.
Ma’lum bo‘lishicha, xo‘jalikda 3 gektarlik issiqxonaning 50 sotixi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilgan bo‘lib,, hozirgi kunda qizil va pushti pomidor navlari seleksiyasi ham amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga eksportbop, dasturxon ko‘rki bo‘lmish “Cherri” pomidorlarining sinov tajribasi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Sardor Nuriddinov, “NSA-Agro development” MCHJ rahbari:
— Hozirgi kunda“Cherri” pamidor navining 10 turidan O‘zbekiston iqlim sharoitiga to‘g‘ri keladigan, kasalliklarga chidamli 2-3 ta turini tanlab oldik. Ko‘chatlarni tayyorlab dehqon fermer xo‘jaliklarga tarqatishni ham yo‘lga qo‘ydik. Kelgusida O‘zbekiston daturxoniga “Cherri” pamidorlarini yetkazish va eksportga ham yo‘naltirsa bo‘ladi. Shuningdek, “Hazira” kompaniyasi bilan hamkorligimizda pushti pamidorlardan “Pensara”, “Manistella”, “Majenta” degan navlarni O‘zbekiston iqlimiy sharoitidan sinov tajribadan o‘tkazdik. Hozirgi kunda ushbu navlarni dehqonlarga taklif etayapmiz. Qizil pamidorlardan kuzgi mavsumga asosan “Lamiya”,”Zamira”, “Sabina” degan navlarni dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilmoqda. Biz ochiq dalada yetishtiriladigan pamidorlar navlari bilan ham shug‘ullanamiz. Ochiq dala tajriba uchastkamiz ham mavjud. Biz bilan ishlamoqchi bo‘lgan, tajriba qilib birga hamkorlikga ishlaymiz degan dehqonlarimiz uchun tayyormiz. Bahorgi mavsum uchun biz 6 ta meva shoda olishni tavsiya qilamiz. 6 donadan oshiqrog‘ini olib tashlaymiz. Sababi, pamidor poyasi shu 6 donasini ta’minlab beradi. E’tibor beradigan bo‘lsak, mana shu qo‘limdagi pamidorda ham 6 dona pomidor hosili bor.
Pelit Diror, xorijlik mutaxassis:
— “Biz butun dunyoda pomidor ustida tajribalar olib boramiz. O‘zbekistonga kelishimdan0 maqsad pomidorchilikni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishdir. Hozirgi kunda sinov-tajriba jarayoni uchun, “Cherri” pomidor navini tanladik. Keyingi bosqichga o‘tishimiz uchun ko‘proq va kengroq qamrovda tajribalarni o‘tkazamiz. Sinov-tajribadan yaxshi o‘tgan urug‘larni fermer xo‘jaliklariga tavsiya qilamiz. Bu yerga kelishimdan asosiy maqsad dehqonlarning xohish-istagini bilish va qanday pomidor navlariga qiziqishlarini o‘rganish bo‘ldi. Shu bois, birinchi navbatda mahalliy dehqonlarni talabini o‘rganyapmiz. Jamoamiz bilan dehqonlarning talabidagi urug‘larni yetkazib berishga intilamiz.”
В последние годы во всех регионах страны созданы универсальные теплицы, где проходят испытания различных видов сельскохозяйственной продукции для выведения устойчивых к болезням, высококачественных и высокоурожайных сортов сельскохозяйственных культур.
Например, ООО «NCA-AGRO Development» в Ташкентском районе Ташкентской области уже более 15 лет осуществляет свою деятельность по выращиванию сельскохозяйственной продукции в тепличных комплексах и в открытом грунте, а также по оказанию консультационных услуг, реализации удобрений и семенного материала во всех регионах Узбекистана.
Общая земельная площадь хозяйства составляет 42,12 га. 35 га заняты садами фруктовых деревьев, имеются также 2 га виноградников и тепличный комплекс на 4,74 га. Также в прерогативу деятельности ООО входят – исследование почвы и лиственная диагностика, подбор участков для определения пригодности почвы для высадки садов и виноградников. На данный момент компания проводит опытно-исследовательские работы над сортами томатов с израильской компанией «Hazira». Цель – отбор сортов, пригодных для климатических условий Узбекистана, и выведение их семян.
Как нам стало известно, под научно–исследовательские работы отведено 50 соток теплицы площадью 3 га, и в настоящее время ведется селекция красных и розовых сортов томатов. В то же время идут экспериментальные работы с томатами “Черри”.
Сардор Нуриддинов, Руководитель ООО «NCA-AGRO Development»
«В настоящее время из 10 сортов томатов «Черри» мы отобрали 2-3, наиболее устойчивые к болезням, максимально подходящие для климатических условий Узбекистана, подготовили рассаду и начали раздавать ее фермерским и дехканским хозяйствам. В дальнейшем можно будет поставлять помидоры как на внутренний рынок,так и на экспорт».
Также совместно с компанией «Хазира» мы испытали сорта розовых помидоров «Пенсара», «Манистелла», «Маджента» в климатических условиях Узбекистана. В настоящее время мы также предлагаем эти сорта фермерам, которые для осеннего сезона выращивают сорта «Ламия», «Замира», «Сабина».
Мы также занимаемся помидорами, которые высаживаются в открытый грунт. Для этого у нас есть опытный участок. Мы готовы к сотрудничеству с хозяйствами, которые хотят работать с нами, экспериментировать и внедрять современные методы и технологии. На весенний сезон рекомендуем использовать сорта, дающие по 6 плодов с куста. Причина в том, что стебель помидора может обеспечить их нормальный процесс созревания. Обратите внимание, у этого куста тоже 6 плодов.
Пелит Дирор, зарубежный специалист
«Мы проводим опыты над томатами по всему миру. Цель моего приезда в Узбекистан – внести свой вклад в развитие этого направления. В настоящее время мы выбрали сорт томатов «Черри» для проведения испытаний. Будем проводить все необходимые эксперименты, чтобы перейти на следующий уровень. Мы рекомендуем фермерским хозяйствам хорошо проверенные семена. Ещё одной из целей моего приезда к вам, является необходимость узнать пожелания фермеров и какие сорта помидоров их больше всего интересуют. Поэтому в первую очередь изучаем спрос местных сельхозпроизводителей. Вместе с нашей командой мы стремимся поставлять наиболее востребованные и перспективные семена».
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: