Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarishga yo‘naltirish va shu orqali sohani rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, foydalanishga topshirilayotgan yangi zavod va korxonalar, ularning samarador ishlashini taʼminlashga ajratilayotgan mablag‘lar, berilayotgan ko‘maklar ushbu eʼtibor va imkoniyatlarning natijasidir.
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida joylashgan “Sangzor tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirish orqali xalqimizning sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek tayyor mahsulotni xorijga eksport qilish kabi ezgu maqsadlar ko‘zlangan.
Ushbu majmuaning qurilish ishlari 2020-yilda boshlangan. Yaqin kunlarda uning qurilish ishlari tugallanish arafasida. Hozircha majmuada “Yog‘ni siqib chiqarish”, “Yog‘ni tozalash” sexi kabi bo‘limlar mavjud.
O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish majmuasi bir sutkada 80-100 tonnagacha mahsulotni qabul qilish quvvatiga ega. Bu miqdordagi xomashyodan esa 20 tonnagacha yog‘ mahsulotini olish mumkin.
В нашей республике большое внимание уделяется производству продукции сельского хозяйства, которая способствует развитию отрасли в целом.
В эксплуатацию вводятся новые заводы и предприятия, которым оказывается помощь и выделяются средства на развитие.
Так начал свою работу и комплекс по производству растительного масла ООО «Sangzor tekstil», расположенный в Дустликском районе Джизакской области. Предприятие производит растительное масло для внутреннего рынка и на экспорт.
Строительство комплекса велось с 2020 года. В ближайшее время завершатся все строительные работы. Уже сейчас в комплексе функционируют такие направления, как маслодобыча и маслоочищение.
Комплекс по производству растительного масла имеет мощность приема до 80-100 тонн сырья в сутки. Из такого объёма сырья можно получить до 20 тонн масла.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: