Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.
Ayni paytda dunyoda pomidorning sanoatbop navlarini yaratishda olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlarda tarkibining shirinligi darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 8 foizni tashkil etmoqda. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari yaratgan yangi navning shirinlilik darajasi esa 7 foizga teng va bu ko‘rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko‘rchatkich sanaladi.
Institutning 80 gektar yer maydoni bo‘lib u yerda olimlarimiz yangi navlarni yaratish bo‘yich izalnishlar olib bormoqda, – deydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi rahbari Alisher Ismoilov:
— Bugungi kunda olimlarimiz tomonidan poliz ekinlari va kartoshkachilik bo‘yicha 30 dan ortiq yangi navlar yaratilib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov tariqasida ekilgan yangi “Bog‘izag‘on” navli kartoshka hosildorligi bo‘yicha yuqori natija qayd etdi. Tajriba uchastkasida yetishtirilgan yangi kartoshka navining har bir donasi 2-2,5 kilogrammgacha tosh bosdi. Bir tup kartoshkadan 6-7 kilogrammgacha hosil oldik.
Mahalliy “Mustaqillik- 28” navli pomidor ham yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Bir gektar maydonda ekilgan oddiy navli pomidordan o‘rtacha 40-50 tonna hosil olinsa, mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navidan 150-200 tonnagacha hosil olish mumkin. Bir tup oddiy pomidor 15-20 dona hosil bersa, olimlarning mehnati samarasi o‘laroq, yangi nav 50 donagacha hosil beradi. Yana bir yaxshi xususiyati ushbu pomidor hajmi, terisining kerakli miqdorda qalinligi, suvliligi va o‘ta shirinligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ushbu nav bir bor ekilganda to‘liq pishib yetiladi va 90 foiz mahsulot birinchi va qolgan 10 foiz mahsulot ikkinchi terimda yig‘ib olinadi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasining tajriba maydonchasida bulg‘or qalampiri, kartoshka, pomidor, sabzi va boshqa poliz ekinlarining yangi navlari yaratilgan. Har bir nav mahalliy iqlim sharoitiga moslashuv jarayonida yuqori hosildorlikka erishmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari bugun jahon tajribasidan kelib chiqib, faoliyatlarini olib borishmoqda. Bu albatta, poliz ekinlari, kartoshka va boshqa turdagi ekinlarning yangi navlarining yaratilishiga imkon bermoqda.
Учёные Самаркандской научно-опытной станции Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства создали новый местный сорт томатов «Мустакиллик-28». По сравнению с другими, его отличают высокая транспортабельность, экспортоориентированность и урожайность.
На сегодняшний день в ходе исследований, проводимых учеными по созданию промышленных сортов томатов в мире, самый высокий показатель уровня сахара в составе помидоров не превышает 8 процентов. Аналогичные данные нового сорта, созданного учеными Самаркандского НИИ овощебахчевых культур и картофеля, оставляют 7 процентов, и этот показатель является рекордным среди самых сладких томатов, выращиваемых в нашей стране.
В настоящее время на 80 гектарах площади института наши ученые проводят исследования по созданию новых сортов, – говорит Алишер Исмаилов, руководитель Самаркандской научно- опытной станции НИИ овощебахчевых культур и картофеля.
— Сегодня нами создано и испытано более 30 новых сортов бахчевых культур и картофеля. Новый сорт картофеля «Богизагон», высаженный в качестве эксперимента, показал высокую урожайность. Выращенный на опытном участке сорт, просто впечатляет. Каждая картофелинв весит 2-2,5 килограмма. С одного куста картофеля мы собрали 6-7 килограммов.
Наш местный сорт томатов «Мустакиллик -28» отличается высокой урожайностью. В среднем с одного гектара можно получить 40-50 тонн обычных томатов, а новый сорт бьёт все рекорды – урожайность составляет до 150-200 тонн. Если обычный куст помидоров дает 15-20 плодов, то в результате работы ученых на кустах нового сорта таковых 50 штук. Еще одной хорошей особенностью является размер томата, толщина кожицы, сочность и сладость. Кроме того, этот сорт полностью созревает после посадки, и 90 процентов урожая собирают во время первого сбора, а оставшиеся 10 процентов — при втором. В Самаркандском НИИ овощебахчевых культур и картофеля созданы и высажены в качестве опытных образцов новые сорта болгарского перца, картофеля, томатов, моркови и других овощных культур. Каждый сорт достигает высокой продуктивности в процессе адаптации к местным климатическим условиям.
Сегодня ученые научно-исследовательских институтов Минсельхоза в первую очередь опираются в своей деятельности на мировой опыт. Это конечно же стимулирует создание новых сортов бахчевых, картофеля и других видов сельскохозяйственных культур.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: