Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
a) vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalarda ichki auditni amalga oshirish, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish sohasida:
– vazirlik markaziy apparati, xududiy va tizim tashkilotlarida qonun xujjatlariga amal qilinishini o‘rganadi va baholaydi;
– ichki auditni o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan jarayonlarning taʼsirchanligini tahlil qiladi va baholaydi;
– tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlari va tavakkalchiliklarni baholash uslubiyotining samaradorligi va qo‘llanilishini o‘rganadi;
– moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimini kuzatadi;
– vazirlik rahbariyati talabiga binoan maxsus tekshirishlarni o‘tkazadi yoki o‘tkazishda amaliy yordam beradi.
– vazirlik byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholaydi.
– naqd pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari hamda boshqa aktivlarni saqlanishi va holatini monitoring qiladi;
– vazirlikning meʼyoriy hujjatlari loyihalarini tayyorlash hamda amaldagi meʼyoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda moliyaviy mablag‘lardan oqilona, asoslanganligi, samaradorligi taʼminlagan holda ochiqlik, shaffoflik, va xolislik, mutanosiblik prinsiplariga asoslanishini taʼminlaydi;
– byurokratik to‘siqlarni, sansolarlilkarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha rahbarga aniq takliflar ishlab chiqadi;
b) vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalarda komplayens-nazoratni amalga oshirish sohasida:
– korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi – “komplayens-nazorat” hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etadi va samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati bo‘yicha reytingini tuzish, yuritib borish ishlarini tashkil etadi;
– vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ular faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
– xodimlar manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtiradi, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishini taʼminlaydi;
v) monopoliyaga qarshi komplayens nazorat tizmini joriy qilish, baholash, monitoring o‘tkazish sohasida:
– raqobat cheklovlarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
– monopoliyaga qarshi komplayens tizimining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqa tuzilmaviy bo‘linmalar bilan o‘zaro aloqalarni muvofiqlashtiradi;
– raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilish bilan bog‘liq ichki o‘rganish ishlarini tashkil etadi;
– davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: