Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
1. Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining tegishliligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishida vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish.
2. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etish.
3. Ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
4. Meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish;
5. Meva-sabzavot, uzum, poliz va kartoshka mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish.
A) meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining tegishliligi bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishida vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilishda:
– Respublikada meva-sabzavot, uzum, poliz va kartoshka yetishtiruvchi tashkilot va idoralar tizimlaridagi subyektlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha davriy tahlillar olib boradi;
– sohaga grant va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan hamkorlikda takliflar tayyorlaydi.
b) sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaqin va uzoq istiqbolli rejalarni belgilash hamda rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishida takliflar bilan ishtirok etishda:
– O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan tegishli vazifalarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish choralarni ko‘radi;
– sohani strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlari, “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadi.
v) Ichki va tashqi bozor talablari, har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminoti hamda ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha takliflar tayyorlashda:
– sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari hamda mavjud bog‘-tokzorlarda vegetatsiya davrida belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatli qilib o‘tkazilishi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni tayyorlaydi va olib borilayotgan ishlar yuzasidan monitoring yuritadi;
– meva-sabzavotchilik, uzumchilik, kartoshkachilik va polizchilik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qiladi;
g) meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, agro klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirishda:
– meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, agro klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilib boradi, mavjud kamchiliklarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
– meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaliklari, agro klasterlar, kooperatsiyalar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish, qayta ishlash, eksport imkoniyatlarini doimiy tahlil qilib boradi.
d) meva-sabzavot, uzum, poliz va kartoshka mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilishda:
– tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikda innovatsion agrotexnologiyalar, ilg‘or tajriba, ilm-fan yutuqlari asosida tavsiya va takliflar ishlab chiqishni hamda joylarga yetkazilishini tashkil etadi;
– seleksiya va urug‘chilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda seleksionerlar bilan hamkorlikda ishlar olib borish va seleksiya yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: