O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Moliyalashtirish to‘g’risidagi bitimga binoan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyi tuzilmalari tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida 1-komponent “Qishloq xo‘jaligiga texnik ko‘mak” doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot sektorini rivojlantirish” loyihasiga 19,5 million yevro mablag jalb etildi. Loyiha 8 yilga (2015-2023) mo‘ljallangan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi marketingi xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish sohasida ilmiy-tadqiqotlar imkoniyatlarini takomillashtirish, shuningdek, mahsulotning xalqaro sifat standartlarini joriy etish asosida meva-sabzavotchilik sektorining samaradorligi va daromadliligini oshirishga qaratilgan.
2021-yil 4-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va xizmatlar AKIS markazida “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasi tomonidan oraliq hisobot tadbiri o‘tkazildi. Loyihani amalga oshirishga jalb qilingan xalqaro va mahalliy maslahatchilar bajarilgan ishlar va kelgusi qadamlar haqida so‘zlab berishdi. Asosiy spikerlar:
- Elza Shampu (Fransiya), Sofreko (Fransiya) konsalting kompaniyasi rahbari;
- Norjigit Nishonov (O‘zbekiston), Global Gap standarti bo‘yicha bosh ekspert;
- Tom Kanningem (Irlandiya), ishchi guruh rahbari va loyihaning bosh agronomi;
- D-r Rujjjero Malossi (Italiya), o‘rim-yig‘imdan keyingi qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bosh mutaxassis;
- D-r Hamdino Ahmad (Misr), sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha mutaxassis.
Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistonda meva-sabzavotchik sektorining hozirgi holati, meva-sabzavot mahsulotlarini sotish bozorlarini diversifikasiyalash, shuningdek, istiqbolli mega-sabzavot ekinlari, mahalliy seleksiya va uning tashqi bozorlardagi pozitsiyasi kabi masalalarni muhokama qilishdi. Iqtisodiyot rivojlanishiga turtki beruvchi biznes sektorining roli alohida muhokama qilindi.
Tabiiy resurslarning tugab borishi sharoitida oziq-ovqatga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojini qondirish – bugungi kunda global miqyosdagi eng dolzarb muammolardan biri. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘ttiz yil ichida qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlari dunyo bo‘yicha atigi bir necha foizga oshgan, bunda meva-sabzavot va kartoshka ekin maydonlari 50 foizga ko‘paygan.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash – xorijiy tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Prezident Farmoni bilan 2019-yilda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”da ko‘rsatilgan 9 ta ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
O‘tgan asrning boshida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida agrar ishlab chiqarishning boshqa yo‘nalishlariga o‘z ta’sirini o‘tkazgan va meva-sabzavot sektorining o‘sishi hamda diversifikatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilgan. Aholi sonining o‘sishi fonida yer va suv resurslarining cheklangan hajmi yangi mexanizmlarni ishlab chiqish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, agrar ishlab chiqarishning tuzilmasi va formatini o‘zgarish hisobiga agrar sohani jadal rivojlantirishni talab qildi.
Bularning barchasi agrar sektorni rivojlantirish bo‘yicha global islohotlarga turtki bo‘ldi. Ushbu jarayonda xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy mutaxassislar va investitsiyalarni, shuningdek, mahalliy xususiy sektorni jalb qilish muhim rol o‘ynaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: