Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning bosh davlat inspektorlari hamda tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining hududiy yer tuzuvchilari – yetakchi davlat inspektorlarini ishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
– Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qatʼiy belgilangan maqsadlarda foydalanishini;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligini;
– tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirilmasligini;
– qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan muhofaza qilinishi;
– yer buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan maqsadli foydalanilishini;
– foydali qazilmalarni qazib olish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini;
– qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqsadli ekilishini;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni asossiz boshqa toifalarga o‘tkazib yuborilishi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlarini noqishloq xo‘jaligi maqsadlarida ajratilishiga yo‘l qo‘ymasligini nazorat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: