Источник | Виды закупок | январь | февраль | март | апрель | май | июнь | общее |
За счет бюджетных средств | Услуги | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Основные средства | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
ТМЗ | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
За счет внебюджетных средств | Услуги | 0 | 18 022 200 | 0 | 4 860 000 | 700 000 | 12 600 000 | 36 182 200 |
Основные средства | 0 | 16 450 000 | 0 | 29 930 000 | 0 | 27 000 000 | 73 380 000 | |
ТМЗ | 0 | 3 289 222 | 0 | 0 | 13 630 000 | 0 | 16 919 222 | |
общее | 0 | 37 761 422 | 0 | 34 790 000 | 14 330 000 | 39 600 000 | 126 481 422 |
Источник | Виды командировочной поездки | январь | февраль | март | апрель | май | июнь | общее |
За счет бюджетных средств | местные поездки | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
зарубежные поездки | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
За счет внебюджетных средств | местные поездки | 28 548 509 | 25 508 942 | 88 640 722 | 40 757 276 | 42 423 572 | 55 293 421 | 281 172 442 |
зарубежные поездки | 0 | 21 125 000 | 0 | 16 479 492 | 32 620 000 | 157 397 250 | 227 621 742 | |
Общее | 28 548 509 | 46 633 942 | 88 640 722 | 57 236 768 | 75 043 572 | 212 690 671 | 508 794 184 |
№ | Инвентарный номер | Наименование основного средства | Количество комнат | Балансовая стоимость |
1 | 0100000008 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №11 | 1 | 177 713 000 |
2 | 0100000010 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №18 | 2 | 230 787 000 |
3 | 0100000011 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №19 | 1 | 179 667 000 |
4 | 0100000007 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №22 | 2 | 237 384 000 |
5 | 0100000006 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №27 | 1 | 181 644 000 |
6 | 0100000009 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №30 | 2 | 233 347 000 |
7 | 0100000005 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №7 | 1 | 183 666 000 |
8 | 0100000004 | Чиланзарский район, улица Бунёдкор, дом № 39, кв. №28 | 3 | 294 739 000 |
общее | 1 718 947 000 |
№ | Наименование организации | ИНН | Организовано | Государственная доля | Наименование акционера (учредителя) (министерства и ведомства или их подведомственные организации) | |
Министерство сельского хозяйтва Республики Каракалпакстан | №ПП-5006 24.02.2021 | 1 ед. | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | ||
Областные управления сельского хозяйства | 12 ед. | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |||
Районные (Кувасайский городской) отделы сельского хозяйства | 163 ед. | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |||
Агентство по развитию садоводства и тепличного хозяйства | ||||||
1 | Агентство по развитию садоводства и тепличного хозяйства | 306268516 | 29/03/19 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственный центр по сертификации и испытанию сельскохозяйственной техники и технологий | ||||||
1 | Государственный центр по сертификации и испытанию сельскохозяйственной техники и технологий | 200588022 | 22/10/92 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственное унитарное предприятие «Центр стандартизации сельского хозяйства» | ||||||
1 | Государственное унитарное предприятие «Центр стандартизации сельского хозяйства» | 300819466 | 06/07/18 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственное унитарное предприятие «Рабочий орган государственной комиссии по проведению испытаний и регистрации средств химизации и защиты растений | ||||||
1 | Рабочий орган Государственного унитарного предприятия «Далат кимё комиссияси» | 205341864 | 19/01/05 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Национальный центр знаний и инноваций в сельском хозяйстве | ||||||
1 | Исполнительный аппарат- Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве | 202007734 | 10/06/99 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Ташкентский государственный аграрный университет | ||||||
1 | Ташкентский государственный аграрный университет | 201678867 | 29/01/92 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | ||
Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологий | ||||||
1 | Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологий | 200258091 | 16/01/92 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | ||
Центр по развитию семеноводства | ||||||
1 | ГП «Центр по развитию семеноводства» | 305527178 | 03/05/18 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Центр по сортоиспытанию сельскохозяйственных культур | ||||||
1 | Центр по сортоиспытанию сельскохозяйственных культур | 200541904 | 01/07/94 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственное предприятие «Административно-хозяйственная служба» | ||||||
1 | Государственное предприятие «Административно-хозяйственная служба» | 305722481 | 29/08/18 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственное учреждение «Центр цифровизации агропромышленности» | ||||||
1 | Государственное учреждение «Центр цифровизации агропромышленности» | 308229522 | 23/02/21 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственный научно-проектный институт «Уздаверлойиха» | ||||||
1 | Государственный научно-проектный институт «Уздаверлойиха» | 200795153 | 29/03/99 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан | |
Государственное унитарное предприятие «Аналитический центр качества, состава и репозиторий почв» | ||||||
1 | Государственное унитарное предприятие «Аналитический центр качества, состава и репозиторий почв» | 200795160 | 05/05/97 | 100 | Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан |
№ | Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi byudjet tashkilotlar | 2021-yil uchun ajratilgan mablag‘lar | Aniqlashtirilgan xarajatlar smetasi (indeksatsiya) | 9 oy davomida sarflangan mablag‘lar | |||
Jami | shundan | ||||||
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar | Boshqa xarajatlar | Loyihalash, kapital qurilish, (rekonstruksiya) va taʼmirlash ishlari | |||||
1 | Vazirlikni saqlash xarajatlari | 9 450 483 | 10 643 038 | 8 214 103 | 8 048 579 | 165 524 | 0 |
2 | Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi xarajatlari | 2 117 980 | 1 953 980 | 1 202 065 | 1 037 712 | 164 353 | 0 |
3 | Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarini saqlash hamda tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar | 43 611 667 | 41 610 705 | 27 003 446 | 4 224 299 | 22 779 147 | 0 |
4 | Xalqaro aʼzolik badali | 4 677 382 | 3 475 000 | 3 341 437 | 0 | 3 341 437 | 0 |
5 | Qishloq xo‘jaligida favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlash tadbirlari xarajatlari * | 120 000 000 | 50 000 000 | 12 281 000 | 0 | 12 281 000 | 0 |
6 | Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga byudjetdan ajratiladigan transfertlar | 80 000 000 | 95 000 000 | 85 000 000 | 0 | 85 000 000 | 0 |
7 | Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan ajratiladigan transfertlar | 40 000 000 | 40 000 000 | 9 021 885 | 0 | 9 021 885 | 0 |
8 | Qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar | 55 000 000 | 55 000 000 | 17 231 600 | 0 | 17 231 600 | 0 |
9 | O‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari xarajatlari | 23 046 091 | 35 152 101 | 21 898 869 | 19 441 686 | 2 457 183 | 0 |
10 | Tizimdagi oliy taʼlim muassasalari xarajatlari | 81 775 547 | 88 447 552 | 58 171 376 | 55 133 163 | 3 038 213 | 0 |
11 | Malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari xarajatlari | 914 567 | 979 036 | 657 729 | 585 088 | 72 641 | 0 |
12 | Tizimning ilmiy-tadqiqot muassasalari va noyob ilmiy obyektlarini saqlash xarajatlari | 33 421 848 | 11 698 794 | 7 701 733 | 5 752 567 | 1 949 166 | 0 |
Jami | 494 015 565 | 433 960 206 | 251 725 244 | 94 223 094 | 157 502 150 | 0 |
Izoh: 5-banddagi tadbirlarga rejalashtirilgan mablag‘larning 70,0 mlrd so‘mi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan muvofiqlashtirilgan va respublika byudjetiga qaytarilgan.
№ | Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari | Byudjet mablag‘lari | |||
«Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ajratilgan mablag‘ | 2021-yil uchun aniqlashtirilgan daromadlar va xarajatlar smetasi | 2021-yil 9 oy ichida amalga oshirilgan xarajatlar | Qoldiq | ||
Oliy taʼlim muassasalari xarajatlari | 81 775 542,0 | 88 447 522,0 | 58 171 375,4 | 30 276 146,6 | |
1 | Toshkent davlat agrar universiteti | 39 531 592,0 | 42 772 917,0 | 29 324 757,0 | 13 448 160,0 |
2 | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | 16 800 562,0 | 18 246 057,0 | 11 722 330,7 | 6 523 726,3 |
3 | Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali | 11 958 335,0 | 12 994 910,0 | 8 365 476,8 | 4 629 433,2 |
4 | Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali | 5 675 927,0 | 6 090 685,0 | 3 570 924,9 | 2 519 760,1 |
5 | Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali | 7 809 126,0 | 8 342 953,0 | 5 187 886,0 | 3 155 067,0 |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi yig‘ilish
B AYONI
Toshkent viloyati № 1 2021-yil “ ”
Yig‘ilishga raislik qildi: | Sh.N. Nurmatov – Kengash raisi o‘rinbosari I. Ibragimov – Kengash kotibi
|
Ishtirok etdilar: | A’zolari: T.D. Doliyev, Ch.T. Latipov, T.Sh. Bozorov, A. Mansurov, A.K. Axmedjanova, M.T. Toshboltayev, D.K.Husainov.
|
Taklif etilganlar: | Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i U.Saidova, Yuridik boshqarma boshlig‘i B.Xusenov, Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i M.Talipov, Agrar tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i O. Tashpo‘latov, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i D.Mamatqulov. |
K U N T A R T I B I:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhokama etish.
Yig‘ilishni Jamoatchilik Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatov kirish so‘zi bilan ochdi. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-apreldagi
PF-5708-sonli Farmoni belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhokamasi haqidagi masalalarning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Yuridik boshqarmasi mutaxassisi D. Xusainov axboroti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-apreldagi PQ-4292-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaror loyihasi ishlab chiqilganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi, jumladan, vazifasi, tuzilmasi, xuquq va majburiyatlari bo‘yicha muvofiqlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son Qarori tasdiqlanib, yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holatini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnik tadbirlarni uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalangan holda monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish va ularni to‘lovsiz uchirishni amalga oshirish, Kadastr agentligining «O‘zdavrloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi, institutning hududiy bo‘linmalari balansida turgan bino-inshootlar 2021-yil 1-martdan boshlab, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazish, agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimini kiritish, Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasini tashkil qilish kabi bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilganligini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasini qayta tasdiqlash choralari ko‘rilganligini ta’kidlab o‘tdi.
G‘allachilik boshqarmasidan A. Mansurov axboroti tinglandi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganligini aytib o‘tdi. Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirilgani, paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko‘paytirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirilganini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilayotganligi, natijada, oxirgi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etayotganligi, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buning uchun qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek,
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini belgilashni taqozo etganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda, Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, sohaga zamonaviy axborot telekommunikatsiya texnikalarini joriy etish, bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba, fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish eng muhim vazifa sifatida qaralishi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratilayotganligi aytildi.
Shuningdek, investitsiya loyihalarini jalb qilish va amalga oshirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish jarayonida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va parvarishlash monitoringini yuritish, tuproq bonitirovkasi, yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik geobotanikaga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini belgilab o‘tdilar.
Xususan, qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini tayyorlash, mahalliy va seleksiya navlarini hamda biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish
va rivojlantirish, ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimini integratsiyalash, sohaga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, agrokimyo, o‘simliklarni himoya qilish, tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini raqobatbardoshliligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish,
shuningdek, chet el investitsiyalar oqimini ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish, import hajmini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni samarali davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohasidagi bir qancha tashkilotlar qayta tashkil etilib, vazirlik ixtiyoriga o‘tkazilganligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda o‘simliklarni himoya qilish, ularni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash, saqlash, sotish bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga tegishli tartibda topshirilganligi keltirib o‘tildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan U.Saidova, T.D. Doliev, Ch.T. Latipov, M.Talipovlar so‘zga chiqib o‘z takliflarini bildirishdi.
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Sh.Nurmatov qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizimidagi barcha tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlar doimiy o‘rganilib borishi, shuningdek, yuqorida belgilab o‘tilgan masalalarga global iqlim o‘zgarish jarayonlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, ularni kelgusida ishlab chiqariladigan Hukumat qaror loyihalarida aks ettirish lozimligi to‘g‘risida takliflarni kiritdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi ishlab chiqilganligi, uning ahamiyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Jamoatchilik Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatov axboroti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasini Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2020-yil 13-maydagi 282-son qaroriga muvofiq shu bilan birga jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy sinash usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xo‘jalik uchun foydali belgi
va xususiyatlari uchun sinash ishlarini tashkil etish hamda respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reestrini yuritishni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
“Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 158-sonli Qarori loyihasi ishlab chiqilganligi aytildi.
Bunda, respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi keltirib o‘tildi.
Mazkur Qarorning afzallik nuqtayi nazaridan ko‘rilganda bugungi kunga qadar davlat reestrini yuritish to‘liq tartibga solinmagan edi. Shu bilan birga, ko‘rsatiladigan xizmat turlari bugungi kunga qadar bepul amalga oshirilayotganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylari davlat reestriga kiritilishi bilan o‘z hukmiga tashlab qo‘yilganlik holatlari kuzatilganligi va davlat reestrini yuritishda moliyaviy manbalarning to‘liq tartibga solinmaganligi markaz tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalarni to‘laqonli bajarilishida to‘sqinlik bo‘layotganligi va mazkur qaror bilan keltirib o‘tilgan kamchiliklar huquqiy jihatdan tartibga solib olinganligi alohida aytib o‘tildi.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi uchun ajratilgan tajriba yer maydonlari maqbullashtirilmasligi, shuningdek, yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish markaz tomonidan tuzilgan taqsimotnoma bo‘yicha mustaqil joylashtirish va almashlab ekish tizimini joriy qilish bo‘yicha vazifalar aniq belgilab o‘tilganligi ta’kidlandi.
Xususan, markaz va uning tizimidagi nav sinash stansiya va uchastkalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish
va taraqqiyot” banki hamda “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son Qarori doirasida amalga oshirilishi belgilab berilib, bu bilan ulkan muvaffaqiyatga erishildi.
Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunga qadar Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazini takomillashtirishga doir hech qanday hukumat qarorlari chiqmagan bo‘lib, 2020-2021-yillar mobaynida markazning faoliyatida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish yuzasidan Hukumat tomonidan e’tibor qaratildi.
Buning natijasida markazning vazifa va funksiyalari mustahkamlanganligi, markaz faoliyatini yuritishning moliyaviy manbalari to‘liq belgilab berilganligi, korrupsiya, ta’magirlikni oldini olish, sinov jarayonlarini yanada takomillashtirish, ularning mineral o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilishga qaratilgan kimyoviy vositalarni tatbiq qilish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida pullik xizmat yo‘lga qo‘yilganligi, davlat tiliga e’tibor yil sayin kuchayayotganligini inobatga olib markazning barcha metodik uslubiy qo‘llanmalarini davlat tiliga tarjima qilinishiga imkoniyat yaratib berilganligi, o‘rmon xo‘jaligi o‘simliklari turlarini yagona qishloq xo‘jaligi davlat reestrida yuritilishi ta’minlanganligi, mavjud laboratoriyalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha davlat budjetidan pul mablag‘ ajratilishiga imkoniyat yaratilganligi, shu bilan birgalikda xorijiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy grand mablag‘larini jalb etish, sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish, markaz mutaxassislarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilganligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 2021-yilda yo‘llagan Murojaatnomasiga binoan ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar, resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish integratsiyasiga alohida e’tibor qaratganligi, seleksiya va urug‘chilik sohalarini rivojlantirishga doir bir qator yo‘nalishlar taqdim etganliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ko‘lamini oshirish, yerdan samarali foydalanishga doir yo‘nalishlarni keltirib o‘tganliklari aytib o‘tildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan A.Shamsiyev, A.Axmedjanova, M.Toshboltayev, M.Talipovlar so‘zga chiqib o‘z takliflarini bildirishdi.
Texnika fanlari doktori M.Toshboltayev Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirishga doir normativ huquqiy hujjatlar tasdiqlanmaganligi va oxirgi yillarda hukumat tomonidan keng e’tibor qaratilayotganligi shu bilan birga, kelgusida barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini davlat sinovini amalga oshirishga doir normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, ya’ni qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat Rahbari tomonidan vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosining holati, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni bajarilishini o‘z muddatlarida va sifatli tashkil etish
va ta’minlash bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhokama etish, uning ahamiyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i M. Talipov axboroti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi
PQ-5064-son karori bilan vazir o‘rinbosari Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan Anvar Damirovich Asamov vazirlik jamoasiga tanishtirilganligi, o‘zi rahbarligidagi Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari majmuasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tilganligi aytib o‘tildi. Joriy yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov raisligida “Mamlakatda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini keng tarqalib ketishining oldini olish yuzasidan karantin choralarini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar majlis ishtirokchilariga yetkazildi.
Davlat Rahbarining joriy yil 16-17-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari bo‘yicha vazirlik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etilganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2021-yil 16-apreldagi 43-son majlis bayonida ijro intizomi hamda hujjatlar bilan ishlashda vazirlik va uning tizimida shu yilning 5-aprel holatiga (I chorak yakuni bilan) “Ijro.gov.uz” idoralararo elektron tizim orqali 212 ta topshiriq tushgan bo‘lib, uning 38 tasi (18%) muddatidan kechiktirib bajarilgani hamda 18 tasining (8%) ijrosi kechiktirilgani qattiq tanqid qilinganligi aytib o‘tildi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i U.Saidova axboroti tinglandi.
Qayd etildiki, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish zarurati mavjud.
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisobotlar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan, individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar (foyda oluvchi) jismoniy shaxslari, ularning to‘lagan soliqlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlar, davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi, rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga mulk yoki ijara huquqini elektron auksion orqali sotib olgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar ochiq veb-sahifalarda joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar aks ettirilganligi keltirib o‘tildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Adliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tahlillar asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar kiritib borilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Kengash a’zolari M.Toshboltayev, Ch.Latipov, A.Mansurovlar so‘zga chiqib, o‘z takliflarini bildirishdi.
Bundan tashqari, texnika fanlari doktori M.Toshboltayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, uning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, vazirlik faoliyatini ochiqligi va shaffofligini, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni yanada oshirish maqsadida, vazirlikning 2018-yil 10-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 32-sonli buyrug‘iga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozimligini ta’kidladi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
Ushbu yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan qabul qilindi. “Qarshilar” va “Betaraflar” bo‘lmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi
TARKIBI
T/r | F.I.SH | lavozimi | Tel raqami | Pochta manzili |
1. | Xodjayev Jamshid Abduxakimovich | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi | 71 206-70-10 | www.agro.uz |
2. | Nurmatov Sherali Nurmatovich | Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi rahbari q.x.f.d., (sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri), Kengash raisi o‘rinbosari. | 71 261-43-26 | eknavsinash@agro.uz |
3. | Xusainov Dilmurod | Yuridik boshqarma bosh mutaxassisi, vazirlik faxriylar Kengashi raisi, Kengash kotibi | 71 206-00-33 | agro@yurist.uz |
4. | Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich | Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi – Bosh direktori o‘rinbosari | 71 260 51 89 | iim@agro.uz |
Kannabis o‘simligini yetishtirish va foydalanish faoliyatiga litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va xulosalar tayyorlash komissiyasi (Ekspert komissiyasi)
TARKIBI
1. | Xodjayev Jamshid Abduhakimovich | — | Qishloq xo‘jaligi vaziri, Komissiya raisi |
2. | Turayev Alisher Melsovich | — | Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, Komissiya raisi o‘rinbosari |
3. | Arapov Sherzod Dexkanbayevich | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Xalqaro bo‘lim boshlig‘i, komissiya aʼzosi |
4. | Xusenov Baxrom O‘lmasovich | — | Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i, komissiya aʼzosi |
5. | Artikov Zafar Baltabayevich | — | Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, komissiya aʼzosi |
6. | Jo‘rayev Asror Rustamovich | — | Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yer, suv resurslaridan samarali foydalanish va metrologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i, komissiya aʼzosi |
7. | G‘aniyev G‘ayrat Farxodovich | — | Investitsiyalarni jalb qilish va monitoring bosh boshqarmasi boshlig‘i, komissiya aʼzosi |
8. | Djumanov Anvar Abitovich | — | Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi, komissiya aʼzosi |
9. | Raupov Umid Rifatovich | — | Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
10. | Qodirov Akmal Kamilovich | — | Milliy Gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
11. | Alimxanov Shuhrat Oktyabrevich | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
12. | Jo‘raqulov Baxrimurod Ilhomovich | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
13. | Maxamadiyev Anvar Tursunboyevich | — | Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
14. | Fayziyev Saydulla Sotiboldiyevich | — | Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish qo‘mitasi O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘limi boshlig‘i (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
15. | Kurbanbayev Muradjan Xajibayevich | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
16. | Korablyova Nadejda Vladimirovna | — | Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
17. | Nigmatullayev Alim Magmurovich | — | Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti Dorivor va texnik o‘simliklar laboratoriyasi mudiri (kelishuv asosida), komissiya aʼzosi |
18. | Abduzuxurov Jamshid Tolibovich | — | Texnik, moyli, dorivor o‘simliklar va chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Ekspert komissiyasi kotibi |
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan xodimlar kiritiladi.
1. XMIlar va hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha.
Yil boshidan XMIlar ishtirokidagi 7 ta loyiha doirasida 181, 64 mln. doll. o‘zlashtirilib, 391 ta loyihalar moliyalashtirildi va 8339 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, hududiy investitsiya dasturiga muvofiq, 1-yarim yilda 3,3 trln. (yillik reja 24,2 trln. so‘m, 5581 ta loyiha) so‘mlik 1918 ta loyiha ishga tushirilib, 16 ming nafar doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.
Maʼlumot uchun: meva-sabzavotchilikda 2,3 trln. so‘mlik 1325 ta, oziq-ovqat sanoatida 969 mlrd. so‘mlik 298 ta, chorvachilikda 2 trln. so‘mlik 919 ta, boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida 276,6 mlrd. so‘mlik 41 ta loyihalar ishga tushgan.
Loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan 1,2 trln. so‘m, xorijiy kredit liniyalar hisobidan 122,6 mln dollar mablag‘lar ajratilgan hamda 4,5 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: