Sabzavot loviyasi MDH davlatlari orasida asosan Ukraina, Moldova va Kavkazda yetishtiriladi. Portugaliya, Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlarda loviya katta hajmda va faqat eksport uchun yetishtiriladi. Sabzavot loviyasini yetishtirishning afzalliklariga qaramasdan, u hali ham MDH davlatlarida keng tarqalmagan. Biroq, kelajakda uning rivojlanish salohiyatiga shubha yo‘q.
Sabzavot loviyasi ozuqaviylik xususiyatlariga ko‘ra boshqa oziq-ovqat ekinlari orasida eng yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Amalda sabzavot loviyasi urug‘i (quruq don sifatida), shuningdek, pishmagan dukkaklari va urug‘lari (ko‘k sabzavot sifatida) isteʼmol qilinadi.
Mamlakatimiz hududida ko‘proq Toshkent viloyatida sabzavot loviyasining 5 ta navi ekiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: