Sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi, urug‘shunosligi, ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda shu asosda ilmiy-texnik mahsulotlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish asosiy maqsadi bo‘lgan Institutning ilmiy va tashkiliy faoliyati quyidagilardan iborat:
– sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining serhosil, kasalliklarga va noqulay tabiiy iqlim sharoitiga chidamli, yuqori sifatli nav va duragaylarini yaratish;
– sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari urug‘chilik tizimini uzluksiz takomillashtirish, navdorlik, unuvchanlik, hosildorlik sifatini oshiruvchi texnologiyalarni yaratish, birlamchi urug‘chilikni rivojlantirib superelita, elita va І-reproduksiya urug‘lar yetishtirish.
– sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishda ilg‘or texnologiyalarni yaratish va takomillashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, o‘simliklarni oziqlantirish tizimini ishlab chiqish;
– maxsulot sifatini yaxshilashning uslub va vositalarini tadqiq etish, ekologik toza mahsulot yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish;
– ekinlarning kasallik, zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi kurash choralari tizimini yaratish;
– yangi mahsulot bilan yil davomida uzluksiz taʼminlash maqsadida issiqxona va usti yopilgan maydonlarda sabzavotlar yetishtirishga oid keng qamrovli tadqiqotlarni amalga oshirish, ularni turli qoplama va issiqxona inshootlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish;
– ilmiy texnikaviy hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda shu sohaning ilmiy-texnik taraqqiyotini modernizatsiya qilish;
– malakali yetuk tadqiqotchilar tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini va ilg‘orlar tajribasini keng targ‘ibot etish va uni joriy qilish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqa bog‘lash, shartnoma asosida tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish;
– isteʼmol va urug‘lik kartoshka yetishtirishning ilmiy nazariy asoslarini takomillashtirish, kartoshka urug‘liklarini tayyorlash va ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
– isteʼmol va urug‘lik kartoshkaning yangi hamda serhosil, navlari kolleksiyasini yaratish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish;
– xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar grantlari hamda xususiy tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan urug‘lik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini yetishtirish, zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etish, “in vitro” laboratoriyasi tashkil etish, urug‘liklar tayyorlash va kartoshka yetishtiruvchilarga yetkazib berish;
– sabzavot va poliz ekinlarining yuqori hosildor, qurg‘oqchilikka, sho‘rga va kasalliklarga chidamli, meva sifati yuqori bo‘lgan navlari va duragaylarini yaratish va ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, shuningdek, noanʼanaviy sabzavot ekinlarini introduksiya qilish ishlarini olib borish;
– isteʼmol va urug‘lik kartoshka yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda kartoshka plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: