Sabzavot soyasi Xitoydan kelib chiqqan bo‘lib, 5000 yildan buyon yetishtiriladi va u Xitoydan Koreya, Yaponiya, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Nepal, Filippin, Tailand va Vyetnam mamlakatlariga tarqalgan. Soyani asosiy ishlab chiqaruvchi-mamlakatlar AQSH, Braziliya, Argentina, Xitoy, Hindiston, Paragvay, Kanada va Indoneziya hisoblanib, birgalikda 80% soya ishlab chiqariladi. Sabzavot soyasi jahonda 400 ming gektardan ortiq maydonlarda yetishtirilib, insonlar tomonidan sevib isteʼmol qilinuvchi sabzavot turi hisoblanadi. Sabzavot soyasi yuqori ozuqabop va shifobaxsh bo‘lib, o‘zida faol biologik moddalar, vitaminlar, mineral tuzlar, oqsil, organik kislotalar, kletchatka, pektin moddalarga boy hisoblanadi.
Mamlakatimiz hududida ko‘proq Toshkent viloyatida sabzavot soyasining 3 ta navi ekiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: