Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi. Ushbu qaror mazmun mohiyatini tushuntirish hamda yangi joriy etilayotgan tizim bilan viloyatning masʼul mutasaddilarini tanishtirish maqsadida Qishoq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligida, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Maqsud Ro‘zmetov va Qahramon Yuldashev hamda Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkat Raximov ishtirokida Samarqand viloyatida meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklari ulushini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mazkur seminarda qaror bilan vakolatli davlat organlarining shahar va tuman filial rahbarlari ishtirok etishdi. Vazirlar Mahkamasining 709-son qaroriga muvofiq Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti, Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti hamda Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: