Fermer xo‘jaliklari bilan paxta-to‘qimachilik klasterlar o‘rtasida shartnoma tuzish ishlarining borishi va tashkil etilishi yuzasidan qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasi.
Bugungi kunda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari o‘rtasida tuziladigan shartnoma yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘z fikri va pozitsiyasini bildiradi.
Avvalambor, shuni yodda tutish kerakki, respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur masala bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
Jumladan:
Yuqoridagilardan kelib chiqib, paxta xomashyosini xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tomonlarning kelishuviga asosan erkin ravishda tuzish maqsadga muvofiq, bunda hech qaysi davlat organi va uning mansabdor shaxslarining jarayonga aralashishga haqqi yo‘q.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy yilning 2-mart kuni (№03/28-06/90-sonli xat) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tavsiyaviy shartnoma blankasi yuborilgan.
Ushbu shartnoma namunaviy xarakterga ega bo‘lib, paxta yetishtiruvchi xo‘jalik va klasterlarga faoliyat davomida foydalanish uchun yuborilgan, namunaviy shartnoma blankasiga tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Mazkur xat bilan ushbu namunaviy shartnoma blankaga asosan majburiy shartnoma tuzish topshirig‘i hech bir tomonga berilmagan.
Bundan tashqari, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalardan yana biri — Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklariga ajratilishini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-son “Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2022-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan paxta xomashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimini imtiyozli moliyalashtirish paxta-to‘qimachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish mexanizmi amal qilgan davrda tijorat banklarida muammoli kreditlar qiymati paydo bo‘ldi va ushbu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib ketish xavfi yuqori edi.
Shu sababli, bozor mexanizmlariga o‘tish davrida tijorat banklarining moliyaviy holatini yanada yaxshilash, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga moddiy resurslarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish hamda kredit tizimini takomillashtirish maqsadida kredit mablag‘larini paxta-to‘qimachilik klasterlari orqali moliyalashtirishilish joriy etildi.
Hurmatli paxta yetishtiruvchi fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sizlarga paxta yetishtirish, shartnoma tuzish, moliyalashtirish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar amaldagi qonunchilik asosida tashkil etilayotganini bildiradi.
Besh barmoq baravar bo‘lmagani kabi, joylarda qonun buzilishi holatlari kuzatilsa, sohani rivojlantirish yoki takomillashtirish bo‘yicha har qanday takliflarni vazirlik Sizlar bilan muhokama qilishga, berilayotgan takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiylarini joriy etish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishini tashkil etishga tayyorligini bildiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: