Qalampir tomatdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub bo‘lib, madaniy holda Sapsicum annuum L. turi ekiladi. Qalampirning vatani Janubiy Amerikaning Meksika va Gvatemala mamlakatlari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha eng ommabop va talabgir sabzavot ekinlaridan bo‘lgan qalampir yetishtirilayotgan maydonlar 2-2,3 mln gektarni tashkil etadi. Bir necha yillardan buyon Xitoy (17,4 mln t), Meksika (2,3 mln t), Turkiya (2,2 mln t), Indoneziya (1,8 mln t) davlatlari qalampir yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekiston sharoitida ochiq yerda shirin qalampir bir yillik o‘simlik bo‘lib, u juda issiqsevar hisoblanadi. Shirin qalampir yengil, qumoq, strukturali organik va mineral moddalarga boy tuproqlarda yaxshi o‘sib, rivojlanadi. Shuningdek, issiqxonalarimizda ham shirin qalampirning sara navlari yetishtiriladi.
Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda shirin qalampirning 47 ta navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan shirin qalampir mahsuloti Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Polsha, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: