Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashning texnologik jarayonlari yuqori hosil olishda muhim o‘rin tutadi va yetishtiriladigan ekinlarning sifatiga ta’sir qiladi. Ekish oldidan urug‘ni sifatli tayyorlash va qayta ishlash katta ahamiyatga ega.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda ayni shu masala xususida so‘z yuritildi.
Unda, departament va boshqarma boshliqlari, tizim tashkilot rahbarlari va mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida urug‘lik chigitning sifatli tozalanishi, saralanishi va dorilanib qadoqlanishiga asosiy e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish choralarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
Vazir o‘z navbatida, urug‘chilikda eng dolzarb masala bugungi kun talabiga javob beradigan yuqori hosildor eksportbop yangi nav va duragaylarni yaratish hisoblanib, bu yo‘nalishda olib borayotgan islohotlar yetarli emasligiga bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish lozimligini qayd etdi. Xususan, urug‘chiligini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini sifatli kafolatlangan urug‘lik bilan ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi chora-tadbirlar rejasi belgilandi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda joriy yil hosili uchun yetarli urug‘ bazasini yaratish bunda barcha urug‘chilik markazlari fermerlar bilan hamkorlikda ishlash kerakligi, ularga eng sara urug‘larni yetkazib berishi, lozim bo‘lsa kooperatsiyaga birlashishi kerakligi qayd etildi.
Qolaversa, agrar soha olimlari faqatgina tajriba maydonlarida emas, balki fermerlarning yer maydonlarida, dehqonlarning dalalarida o‘z tadqiqot ishlarini olib borishi lozim, bunda nafaqat ilm ahliga, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga ham birdek manfaat mavjudligini ta’kidlar ekan, ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirish, yangi, eski, tindirilgan yoki chet el navini ekish orqali joriy yil hosilini oshirish, buning uchun har bir rahbar xodim mas’uliyatni his etgan holda ishni to‘g‘ri tashkil etishini qayd etildi.
Zero, dala maydonlarida saralangan urug‘ning ekilishi – yuqori hosil olish muvaffaqiyatining asosiy kalitidir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: