Kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov va Turkiyaning “MINESSI A.S.” kompaniyasi boshqaruv raisi Yasin Kaplan o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda agrar sohada meva-sabzavot mahsulotlarini issiqxona usulida yetishtirishni yanada rivojlantirish, bunda, zamonaviy, resurs (suv va energiya) tejaydigan texnologiyalarga asoslangan issiqxonalar ko‘lamini kengaytirish, sifatli organik mahsulotlarni yetishtirish hamda eksport qilish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Turkiyaning “MINESSI A.S.” kompaniyasi vakillari Sirdaryo viloyatining Muzrobod tumanida umumiy qiymati 500 mln. AQSh dollari qiymatidagi xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani jalb qilish hisobiga 450 gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo etish taklifini bildirdi.
Ushbu taklif vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanib tez fursatlarda uni amalga oshirish borasida barcha yordamni berish borasida aytib o‘tildi.
Loyiha doirasida 750 nafar mahalliy ishchilarni jalb qilgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va hosilni eksport ko‘rinishida BAA, Saudiya Arabistoni davlatlariga realizatsiya qilinishi nazarda tutilgan.
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda “MINESSI A.S.” kompaniyasi (Turkiya) o‘rtalarida kelishuv bitimini imzolashga kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: