Navoiy viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Vakant
Qabul kunlari: Haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari
Manzil: Karmana tumani, Temurmalik ko‘chasi 16-uy.
Telefon: (79) 532-34-60
E-mail: navoiy@agro.uz
Navoiy viloyati
Boshqarma boshlig‘i: Vakant
Qabul kunlari: Haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlari
Manzil: Karmana tumani, Temurmalik ko‘chasi 16-uy.
Telefon: (79) 532-34-60
E-mail: navoiy@agro.uz
Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 92 483 gektarni tashkil etadi.
Umumiy ekin maydoni – 90 091 gektar.
Navoiy viloyatida 2020-yilda jami 9 ta agroklaster faoliyat ko‘rsatdi. Ulardan ikkitasi paxta-to‘qimachilik klasteri bo‘lib, ularga umumiy maydoni 32,588 gektar bo‘lgan 790 ta fermer xo‘jaligi biriktirilgan. Paxtachilik klasterlarining ishlab chiqarish quvvati – 99 100 tonna. Shuningdek, 7 ta meva-sabzavotchilik klasterlariga umumiy maydoni 3,053 gektar bo‘lgan 105 fermer xo‘jaligi biriktirilgan. Ularning ishlab chiqarish quvvati – 17 913.
Viloyatda 6 ta meva-sabzavotchilmk kooperatsiyalari mavjud bo‘lib, umumiy maydoni 228 gektarni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvati – 240 tonna. 481,6 gektar maydon yer 276 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalarga ajratilgan.
Hozirgi kunda 1 893 gektar maydon 119 ta fermer xo‘jaligiga intensiv bog‘lar uchun ajratib berilgan.
Asosiy yerlarning maydoni 103 092 gektarni tashkil etadi. Shundan: yoshlarga vaqtincha beriladigan yerlar – 8,073 ga; texnik ekinlar (paxta) – 32,588 gektar; g‘alla ekinlari – 38 039 gektar (bug‘doy – 37 539 gektar, arpa 500 gektar); ozuqabop makkajo‘xori – 1 550; dukkaklilar – 2 396 gektar (no‘xat – 941 gektar, mosh – 1 450 gektar, loviya – 5 gektar); moyli ekinlar – 8 821 gektar (soya – 1 000 gektar, kungaboqar – 7 788 gektar, kunjut – 33 gektar); sabzavotlar – 3 941 gektar, shundan: piyoz – 150 gektar, sarimsoq – 123 gektar (avgust-sentyabrda ekish); piyoz – 122 gektar, sabzi – 9 gektar, ko‘katlar – 17 gektar, ko‘kpiyoz – 17 gektar (to‘qsonbosti usulida), pomidor – 242 gektar, bodring – 183 gektar, ko‘katlar – 59 gektar, bulg‘or qalampiri – 4 gektar (issiqxonalarda); pomidor – 809 gektar, bodring – 398 gektar, sabzi – 434 gektar, piyoz – 792 gektar, sarimsoq – 100, karam – 126 gektar (gulkaram – 35 gektar, karam – 90 gektar), ko‘katlar – 51 gektar, ukrop – 8 gektar, petrushka – 13 gektar, koriandr – 6 gektar, ko‘kpiyoz – 24 gektar, bulg‘or qalampiri – 108 gektar, baqlajon – 43 gektar, lavlagi – 158 gektar, qovoqcha – 13 gektar (bahorda asosiy ekin yerlarida); poliz ekinlari – 315 gektar (tarvuz – 177 gektar, qovun – 118 gektar, qovoq – 20 gektar); kartoshka – 874 gektar; ozuqabop ekinlar – 12 352 gektar; past ball bonitetli ko‘p yillik daraxtlar – 2 216 gektar (mevali daraxtlar – 585 gektar (danaklilar – 245 gektar, mevalar – 340 gektar); uzumzorlar – 1 631 gektar.
Takroriy ekin uchun ajratilgan yer maydoni – 30 939 gektar. Shundan: sabzavot – 1 395 gektar (sabzi – 628 gektar, sholg‘om – 488 gektar, turp – 279 gektar); kartoshka – 115 gektar; poliz ekinlari (tarvuz) – 355 gektar; moyli ekinlar – 7 200 gektar (kungaboqar – 7 200 gektar); ozuqabop makkajo‘xori – 1 591 gektar; dukkaklilar – 7 417 gektar (mosh – 7 417 gektar); guruch – 1 500 gektar; ozuqabop ekinlar – 4 931 gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni – 10 417 gektar (mevali bog‘lar – 5 833 gektar, uzumzorlar – 4 584 gektar). Ekinlar. Avgust-sentyabr: piyoz – 145 gektar; sarimsoq – 80 gektar. To‘qsonbosti usulida: piyoz – 1 670 gektar, sabzi – 4 gektar, ko‘katlar – 25 gektar. Bahorda: pomidor – 509 gektar; bodring – 249 gektar; sabzi – 203 gektar; piyoz – 634 gektar; karam – 101 gektar; ko‘katlar – 52 gektar; bulg‘or qalampiri – 5 gektar; baqlajon – 12 gektar; lavlagi – 56 gektar; poliz ekinlari – 620 gektar; dukkaklilar – 336 gektar.
– Navoiy viloyatida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
– agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
– agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
– viloyatda keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish
va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
– o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– taʼlim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: