Tilapiya baliqlari tropik baliqlar bo’lib, Afrika, Yaqin Sharqda va bir qator mamlakatlarda baliqchilikning asosiy obyekti hisoblanadi. Bunda ular sanoat miqyosida iliq suvlarda joylashgan qafas moslamalarida, havzalarda va yopiq aylanma suv ta’minoti tizimlarida yetishtiriladi.
Tilapiya asosan hovuzlar, ko‘llar, daryolar va iliq suvlarda yashaydi. Ayrim turlari hammaxo’r bo’lib, shu jumladan turli o‘simliklar, suv o‘tlari (jumladan xlorella) va umurtqasizlar, zooplanktonlar, hashorat lichinkalari bilan oziqlanadi.
Tilapiya baliqlarini ma’lum sharoitda yetishtirish bir qator afzalliklarga ega. Ular juda keng qamrovli moslashuvchanlik qobilyatiga ega bo’lib, chuchuk suvlarda ham sho’r suvlarda ham yaxshi o’sadi va tez ko’payadi. Kislorod tanqisligiga va suvdagi organik moddalarning yuqori bo’lishiga ham chidamlidir.
Tilapiyalardan tayyorlangan ovqatlar ko’p miqdorda yengil hazm bo’ladigan oqsillarga ega. Ushbu baliqni ozuqalarga qo’shish muskul to’qimalarini shakllantirish xususiyatiga hamda og’ir jismoniy zo’riqishlarda tezda jismoniy formani tiklashga yordam beradi. Tarkibida past miqdorda yog’ bo’lishi esa dieta balig’i sifatida inson organizmini umumiy holatini yaxshilaydi. Hamda vitaminlarning B guruhi , A, C, E va PP vitaminlarini saqlashi, shuningdek, tilapiyada to’yinmagan yog’ kislotasi omega -3 bo’lishi yurak qontomir va immun tizimini ishlashini oshiradi.
Tilapiyalar yil davomida ko’payish qobilyatiga ega bo’lib, ular yetishtirishning birinchi yilida tovar massaga yetadi. O’zbekiston sharoitida 2 yillik muddat ichida 2.200 gr.gacha yetadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: