Tariq – boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik don ekini. Ildizi popuksimon,150 sm chuqurlikkacha boradi. Poyasi – poxolpoya (20-150 sm). Doni qobiqli, shakli yumaloq, oval yoki cho‘ziq, rangi oq, sariq, qizg‘ish, jigarrang, 1000 donasining vazni 4-9 g. Tariq issiqsevar, qurg‘oqchilikka, sho‘rga chidamli o‘simlik. Urug‘i harorat 8-10 °С bo‘lganda unib chiqadi, 12-15 °С da maysalari ko‘kara boshlaydi. O‘suv davri 60-100 kun. Donida 10-15% oqsil, 50% uglevod, 3,8% moy mavjud. Donidan spirt olishda, bo‘za tayyorlashda foydalaniladi. Oqlangan doni (so‘k) mazali va to‘yimli oziqa hisoblanadi. Tariq uni non yopishda ko‘pincha javdar uniga qo‘shiladi.
Kasalliklari: qora kuya, bakterioz.
Zararkunandalari: tariq chivini, poya parvonasi va boshqalar.
Ekish muddati va sxemasi: Sug‘oriladigan yerlarda ang‘izga takroriy ekin sifatida iyun oyida va iyulning boshlarida 45×15 yoki 60×15 sm sxemada ekiladi. Ekish chuqurligi 4-5 sm. 10 sotix maydonga 1,2-1,6 kg urug‘ sarflanadi.
Hozirgi kunda O‘zbeksitonda tariqning 1 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan tariq mahsuloti Ozarbayjon, Afg‘oniston, Iroq, Eron, Koreya, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: