Teatr — hayot ko‘zgusiHayot teatrdan boshlanadi, deb bejizga aytishmaydi. Sababi, o‘tmish kechmishlari-yu, bugunning aks-sadosi, kelajak umid uchqunlari aynan teatr sahnasida o‘z ifodasini topadi. Zamon bilan hamnafas bo‘lgan har bir inson borki, albatta, bu uchlikdan boxabar bo‘lishi, u bilan hamohang yashashi lozim.
Mana shu maqsad yo‘lida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK jamoasi ham Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi. Maroqli hordiq samarali mehnatni kafolatlaydi. Teatrda namoyish etilgan musiqali komediya yo‘nalishidagi “Qaychi qudalar” spektaklining namoyishi ularga bir olam maʼnaviy ozuqa hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Insoniy fazilatlar, muhabbat va vafo, oilani mustahkamlash borasidagi qadriyatlar aks etgan bu kabi spektakllarning namoyishi va undan bahramand bo‘lish ilinjidagi tomoshabinlarning tashriflari davom etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: