Texnik kannabis eng tez o‘suvchi ekinlardan biri bo‘lib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar ko‘p sellyuloz olinadi, o‘simlikka qishloq xo‘jaligi kimyoviy preparatlari nisbatan kamroq ishlatiladi hamda suvni ancha kam talab qiladi, atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi.
Aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan kadmiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda foydali bo‘lib, 110 kun ichida o‘simlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi, jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston va xorijiy kompaniya o‘rtasida imzolangan Investitsiyalar to‘g‘risida bitimga muvofiq, Sirdaryo viloyatida tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan texnik kannabis, zig‘ir va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, xomashyoni qayta ishlash orqali raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi loyiha amalga oshirilmoqda.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish uchun ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari quyidagilardir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: