To‘qsonbosti ekinlar ekish, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati Payariq tuman aholisi o‘z tomorqalaridan unumli foydalanib, oila farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Payariqliklar mavjud ekin maydonlaridan unumli foydalanish, yerdan yil davomida bir necha marotaba hosil olish, har bir ekinning biologiyasini bilish, ekish muddatlarini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bo‘yicha anchayin tajribaga ega.
Xususan, tuman mirishkorlaridan O.Xudoynazarov oilasi va farzandlari bilan o‘z hovlisidagi yeridan samarali foydalanib, sarimsoqpiyoz, karam, sabzi, kashnich, ko‘kpiyoz va turli ekinlarni parvarish qilish bilan band. Ushbu oilani asosiy daromadi shundan iborat.
Erta tongdan tomorqa tomon yo‘l oladigan tadbirkor, bu yil ham o‘z yeridan ko‘proq daromad topish umidida. Zero, yer – xazina. Uning har bir qarichidan samarali foydalanilsa, daromad shuncha oshadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: