Mazkur video-rolik soha mutaxassislarining tavsiya va maslahatlari bitilgan turkum agro-maslahatlarning bir qismi hisoblanadi.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Multimedia markazi tomonidan Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va xizmatlar AKIS markazi, Toshkent davlat agrar universiteti, tajribali fermer va dehqonlar ishtirokida tayyorlandi.
“TOKNI SOVUQDAN QANDAY ASRASH KERAK?”
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, TDAU “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi o‘qituvchisi Jamoliddin Fayziyevning tavsiya va maslahatlari:
– Toklarni sovuqdan asrash bo‘yicha ishlarni oktabr-noyabr oylarida o‘tkazish lozim;
– Tok tuplarining sovuqdan zararlanishini oldini olish uchun ular qishda ko‘miladi;
– Ildizi yaxshi rivojlanishi va tok yer ustki qismi tuzilishini yaratish maqsadida yuza ildizchalar hamda bachki novdalar olib tashlanadi;
– Xomtok vaqtida tupning rivojlanishiga qarab, unda zang hosil qilish uchun 3-4 ta novda qoldiriladi, qolganlari olib tashlanadi;
– Qoldirilgan novdalar tokzorga o‘rnatilgan simbag‘azlarning pastki qismiga qiya qilinib bog‘lanadi;
– O‘suv davrida zang uchun qoldirilgan novdalarda 3-5 ta, o‘rinbosar novdadan 1-2 ta yaxshi rivojlangan novdalar shakllantiriladi;
– Qo‘ndoqlangan novdalar qatorlar bo‘ylab bir-biriga qarama-qarshi tarzda bir tekis yotqizilib, sovuq tushgunga qadar ko‘milishi lozim;
– Ko‘mish oldidan har bir tup oldiga kesilgan novdalardan belbog‘ tashlanib, zang va madanglar shu belboqqa yotqizilib bog‘lanadi;
– Belbog‘lar uchi ikki tomondan ko‘rinarli qilib chiqarib qo‘yiladi;
– Zamburug‘ kasalliklari (oidium) bilan kasallangan tok tuplari ko‘milishidan oldin 5% li ISO suyuqligi bilan ishlanadi;
– Namlikni saqlash va ko‘mishni qulaylashtirish uchun toklar ko‘mishdan oldin sug‘oriladi;
– Janubiy va iqlimi moʻtadil hududlarda tuproq qalinligi 15-20 sm, sovuq iqlimli viloyatlarda 30-40 sm bo‘lishi lozim;
– Xiyobonlardagi toklar qamish, sholi poxoli bilan berkitilib, ustidan tuproq tortiladi;
– Lalmi yerlarda tok tuplari yerga zich yotqizilib, ustiga tok kesishdan chiqqan novdalar tashlanadi;
– Bir va ikki yoshli toklar qishga kesilmasdan ko‘miladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: