G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari
Tomchilatib sug‘orish usulining afzalliklari:
– egat orqali sug‘orishga nisbatan 40-50% gacha sug‘orish suvi tejaladi;
– suvning filtratsiya va bug‘lanish orqali isrof bo‘lishi keskin kamayadi;
– suv oqovaga chiqmaydi, irrigatsiya eroziyasi kuzatilmaydi va tuproq egat bo‘ylab bir tekislanadi;
– g‘o‘zaning ildiz tizimi tarqalgan tuproq qatlami optimal va barqaror namlanib, mineral o‘g‘itlar suvda erigan holda berilishi hisobiga oziqlantirish samaradorligi oshadi;
– g‘o‘za qator orasiga ishlov berish (kultivatsiya) sonini qisqarishi hisobiga YoYOMlari 25-30%ga tejaladi va tuproqning zichlashishi kamayadi, strukturasi donador hamda mayin bo‘ladi;
– kam me’yorlar bilan va tez-tez sug‘orish natijasida yer osti suvlari sathi ko‘tarilishi kamayadi va ikkilamchi sho‘rlanishiga barham beriladi;
– suvchilar soni maqbullashadi va sug‘orishning FIKi 10-15% ga oshadi.
– paxtadan qo‘shimcha 7-10 s/ga gacha hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Tomchilatib sug‘orish usulining ayrim kamchiliklari va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar:
– qurilish-montaj ishlarida faqat sifatli mahsulotlardan foydalanish va eksplutatsiya (g‘o‘zani sug‘orish) jarayonida domiiy nazorat o‘rnatish;
– quvur va tomizgichlarda turli cho‘kmalar va erimagan karbonatlar bilan ifloslanishi va tiqilib qolishini oldini olish uchun qo‘shimcha filtrlarni o‘rnatish;
– begona o‘t bosgan maydonlarda tanlab ta’sir etuvchi gerbitsidlarni suv bilan birga qo‘llash;
– dalada ekin turi o‘zgarganda TSTini o‘sha ekinga mos holda qayta o‘rnatish lozim.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: