Avvallari yerdan yilda bir marta hosil olingan. Keyingi yillarda dehqonlar yangi texnologiya va ilmiy yondashuvlardan foydalanib bir yilda 3 marotabagacha hosil olish usullarni egallashmoqda. Albatta, bu sa’y-harakat oilalarning farovonligi hamda dehqon bozorlarimizda to‘kin-sochinlikni ta’minlaydi. Aholining boy tajribasini ommalashtirish maqsadida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Chim” mahallasida yashovchi Risolat Mamazoitova xonadonidagi issiqxonada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yurtdoshlarimizga o‘rnak qilib tanishtirishga arziydigan jarayon.
Risolat Mamazoitova uzoq yillardan beri dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. U oilasi bilan mehnat qiladigan 10 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, hozirda limon va qulupnay yetishtirmoqda.
Dehqon tadbirkor Risolat Mamazoitova issiqxonada qulupnay yetishtirish texnologiyasini puxta o‘rganmoqda. Bu ishni o‘z xonadonida tashkil etib, yaxshi natijalarga erishmoqda.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir sotix maydonga 750 tup ko‘chat ekiladi. Bir tup ko‘chatdan mavsumda yerning unumdorligi, parvarishiga qarab, 200 grammgacha hosil olish mumkin bo‘ladi. Demak, bir sotix yerdan bir mavsumda o‘rtacha 130-150 kilogramm hosil olinadi.
Qulupnay parvarishi ham o‘ta nozik ishlardan biri hisoblanadi. Har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish talab etiladi. Issiqxonadagi issiqlik ham me’yorida bo‘lishi ham muhim talablardan biri. Bundan tashqari, nav tanlashga ham alohida e’tibor qaratish kerak. Tanlangan nav yerning tarkibi, unumdorligiga, ekilgan hudud iqlim sharoitiga mos bo‘lishi kerak. Qish kunlarining chillasida issiqxonada sara hosil olish dehqondan, albatta, katta mehnat va sohaga e’tiborni talab etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: