Tutchilik sohasida navdor tut daraxtlarini vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishda ulash (payvandlash) usuli muhim. Tut daraxti ipak qurti uchun asosiy ozuqa bo‘lishi bilan birga undan meva beradigan o‘rmon materiallari olinadigan, shuningdek ixota qilinadigan daraxt sifatida ham foydalaniladi. Tutni payvandlash yo‘li bilan ko‘paytirishning ahamiyati shundaki, boshqa vegetativ usullar kabi u yoki bu navning onalik xususiyati saqlab qolinadi hamda bir ona daraxtidan yetishtiriladigan navdor ko‘chat miqdori ko‘p bo‘ladi.
Erta bahorda daraxtlarning kurtaklari ko‘kara boshlaganida shakllangan shoxlari payvandladi. Quyidagi payvandlash usullari bor:
Qalamcha payvand. Ikki yoki uch yoshli, ildiz bo‘g‘zining yo‘g‘onligi 10-12 mm dan kam bo‘lmagan ko‘chatlar payvandtag sifatida ishlatiladi. Payvandust uchun 2 kurtakli, 4-6 mmli qalamchalar tanlanadi.
Iskana payvand. Ikki va undan kattaroq yoshdagi tut ko‘chatlarida shira harakati boshlanishi bilan payvand ishlari bajariladi. Payvandust uchun yo‘g‘onligi 4-5 mm dan kam bo‘lmagan 2-3 kurtakli qalamchalar ishlatiladi. Payvandtagning o‘rtasini qiya qilib yorib, unga iskanaga o‘xshab kesilgan qalamcha joylashtiriladi.
Qishda niholchalar ildiz bo‘g‘ziga payvand solish. Payvand qilish uchun kuzda kavlab olingan, ildiz bo‘g‘zining yo‘g‘onligi 8-10 mm dan kam bo‘lmagan birinchi va ikkinchi nav niholchalar tanlab olinib, tuproqqa ko‘miladi. Qishda va erta bahorda payvandtagda shira harakatini yurgizib payvandlashga kirishiladi.
Ildizga payvandlash. Bunda payvandtag sifatida urug‘dan o‘stirilgan ko‘chatlarning kesib tashlangan ildizlari yoki o‘q ildizlaridan foydalaniladi.
Naycha payvand. Yozda (iyun-iyul) bahordan boshlab rivojlangan yangi novdalar yog‘ochlana boshlaganda payvandtag novdasining yo‘g‘onligiga to‘g‘ri keladigan naychasimon payvandust tayyorlanib, payvandtag qalamchaga asta-sekinlik bilan zichlashib joylanguncha kiygiziladi.
Payvandlashda bir tur yoki navning ildizini boshqasi bilan almashtirish mumkinligi tufayli, payvandustning o‘z ildizida mavjud bo‘lmagan xususiyatlari yaratiladi. Jumladan, tutda ildiz chirish kasalliklari ko‘p uchraydigan nam iqlimli sharoitlar (Armaniston, Ozarbayjan, Gruziya) da uning nobud bo‘lishi 5-20% va ayrim vaqtlarda 60% gacha yetadi. Bunday holatda payvandtagdan foydalanish ma’qul.
TDAU Zooinjeneriya fakulteti Ipakchilik va tutchilik yo‘nalishi 2- kurs talabasi Mashkura Shorayeva tayyorladi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: