Markaz haqida
2020-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi bazasida tashkil etilgan.
2020-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi bazasida tashkil etilgan.
Vinochilik xom ashyo bazasini mustahkamlash va sanoatbop tokzorlar plantatsiyalarini kengaytirish, vinochilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalash, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda vinochilik sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun ko‘maklashish.
– O‘zbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
– vinochilik va uzumchilik sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahalliy alkogol, shu jumladan, vino mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullanuvchilar orasida targ‘ib qilish maqsadida, festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish;
– sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketing sohalarida “nou-xau”dan foydalanish bilan bog‘liq ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtirish;
– kolleksion vino va konyak mahsulotlarini zaxiraga qo‘yish va sara milliy brend markalarining kolleksion mahsulotlar auksion savdolarida ishtirok etishiga ko‘maklashish;
– sanoatbop uzum ekish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘chatxonalarni barpo qilishda ko‘maklashish va ularning foliyatlarini muvofiqlashtirish.
– Agentlik jamg‘armasidan jami 33,3 mlrd. so‘m, shundan suv chiqarish uchun 157 dona burg‘ulash artezian quduqlariga 9,6 mlrd. so‘m va 2,9 ming gektar maydonda joriy qilingan tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga 23,7 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
– Respublika hududlarida, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uzumchilik fermer xo‘jaliklari va tashabbuskorlarga “Yangi uzumzorlar barpo etish va vinochilikni rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi.
– Respublika hududlaridagi lalmi va foydalanishdan chiqqan 40,1 ming gektar maydonlarda yangi tokzorlar barpo etilib, 2,7 ming gektar maydondagi eski iqtisodiy samarasiz tokzorlar rekonstruksiya qilinadi.
– Ko‘chatchilikni rivojlantirish orqali sertifikatlangan, viruslardan xoli tok ko‘chatlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, “in vitro” va zamonaviy usullarda yiliga 10-15 mln. dona ko‘chat yetishtiruvchi pitomniklar tashkil qilinadi.
– Sovuqqa va qishga chidamli, jahon bozori talabiga javob beradigan urug‘siz uzum navlari va duragaylarni yaratish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
– tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari hamkorligida mamlakatimizning uzumchilik sanoatini rivojlantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan 55 ta tumani chuqur tahlil qilinib, har bir hududga mos keladigan uzumchilik yo‘nalishlari, uzum navlari to‘g‘risida tavsiyalar tayyorlanadi va amaliyotga tadbiq etiladi.
– Suv ta’minoti og‘ir va 15,7 ming gektar lalmi maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinib, 370 dona artezian quduqlari ishga tushiriladi.
– Bundan tashqari: respublikada texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish tadbirlariga 60 mlrd. so‘m miqdorida tijorat banklari orqali jamg‘armadan resurs mablag‘lari ajratiladi.
Direktor: Boboyev Raximjon Maxamadjonovich
Ish jadvali: dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha
Qabul kunlari: juma
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6-uy (4-qavat)
Telefon: (+998 71) 202-99-11
Sayt: https://uzvine.uz/
Email: garden@agro.uz
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: