Vatan – mehr muruvvat uchun qo‘nalg‘a, undagi eng oliy ne’mat esa tinchlik, osoyishtalikdir. 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” keng nishonlanadi. Bayram shukuhi Qishloq xo‘jaligi vazirligini ham chetlab o‘tmadi.
Tongning sovug‘i ketmagan onlarda vazirlikning kiraverish qismida ko‘zni quvnatuvchi lentalar, bayramona bezatilgan foyega nafis gilam to‘shalgan. Bir tomonda bayramona banner qad rostlagan bo‘lsa, anvoyi gullar bilan qorishib ketgan sharlarning ajib bezagi kishida quvonch hissini uyg‘otadi.
Ha, bugun vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan har bir erkak, yigit uchun quvonchli ayyom. Bayramona bezatilgan foyeda vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar jarang sochar, go‘zal va betakror opa-singillarimizning qarsaklari sadolari ostida har bir mard o‘g‘lon viqor bilan ishxonaga kirib kelmoqda.
O‘z hayotini ona yurt himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan, kichik vatan sanalmish oilasiga qo‘rg‘on bo‘la olgan yuksak hurmat va ehtiromga loyiq mard va oliyjanob, bahodir va dovyurak erkaklar, o‘g‘lonlar bugun har qancha maqtov va hurmatga loyiq.
Bugungi shodiyona tabrik va qutlovlarga ulanib ketdi. Unda vazirlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, opa-singillarimiz mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi fidokorona xizmat qilgan barcha-barchaga baxt-saodat, mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik tilab qutlashdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: