O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi yig‘ilish
B AYONI
Toshkent viloyati № 1
Yig‘ilishga raislik qildi: | Sh.N. Nurmatov – Kengash raisi o‘rinbosari I. Ibragimov – Kengash kotibi |
Ishtirok etdilar: | A’zolari: T.D. Doliyev, Ch.T. Latipov, T.Sh. Bozorov, A. Mansurov, A.K. Axmedjanova, M.T. Toshboltayev, D.K.Husainov. |
Taklif etilganlar: | Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i U.Saidova, Yuridik boshqarma boshlig‘i B.Xusenov, Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i M.Talipov, Agrar tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i O. Tashpo‘latov, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i D.Mamatqulov. |
K U N T A R T I B I:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhokama etish.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ko‘rib chiqish va taklif tayyorlash.
- Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat Rahbari tomonidan vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosining holati, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni bajarilishini o‘z muddatlarida va sifatli tashkil etish va ta’minlash bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhoka etish.
Yig‘ilishni Jamoatchilik Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatov kirish so‘zi bilan ochdi. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-apreldagi
PF-5708-sonli Farmoni belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhokamasi haqidagi masalalarning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Yuridik boshqarmasi mutaxassisi D. Xusainov axboroti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-apreldagi PQ-4292-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaror loyihasi ishlab chiqilganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarning kiritilishi, jumladan, vazifasi, tuzilmasi, xuquq va majburiyatlari bo‘yicha muvofiqlashtirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son Qarori tasdiqlanib, yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning holatini, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnik tadbirlarni uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalangan holda monitoring qilish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish va ularni to‘lovsiz uchirishni amalga oshirish, Kadastr agentligining «O‘zdavrloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi, institutning hududiy bo‘linmalari balansida turgan bino-inshootlar 2021-yil 1-martdan boshlab, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazish, agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimini kiritish, Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasini tashkil qilish kabi bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilganligini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasini qayta tasdiqlash choralari ko‘rilganligini ta’kidlab o‘tdi.
G‘allachilik boshqarmasidan A. Mansurov axboroti tinglandi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganligini aytib o‘tdi. Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirilgani, paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko‘paytirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirilganini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilayotganligi, natijada, oxirgi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etayotganligi, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buning uchun qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek,
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini belgilashni taqozo etganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda, Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, sohaga zamonaviy axborot telekommunikatsiya texnikalarini joriy etish, bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba, fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish eng muhim vazifa sifatida qaralishi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratilayotganligi aytildi.
Shuningdek, investitsiya loyihalarini jalb qilish va amalga oshirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish jarayonida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va parvarishlash monitoringini yuritish, tuproq bonitirovkasi, yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik geobotanikaga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini belgilab o‘tdilar.
Xususan, qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini tayyorlash, mahalliy va seleksiya navlarini hamda biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish
va rivojlantirish, ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimini integratsiyalash, sohaga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, agrokimyo, o‘simliklarni himoya qilish, tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini raqobatbardoshliligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish,
shuningdek, chet el investitsiyalar oqimini ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish, import hajmini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni samarali davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohasidagi bir qancha tashkilotlar qayta tashkil etilib, vazirlik ixtiyoriga o‘tkazilganligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda o‘simliklarni himoya qilish, ularni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash, saqlash, sotish bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralarga tegishli tartibda topshirilganligi keltirib o‘tildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan U.Saidova, T.D. Doliev, Ch.T. Latipov, M.Talipovlar so‘zga chiqib o‘z takliflarini bildirishdi.
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Sh.Nurmatov qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizimidagi barcha tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlar doimiy o‘rganilib borishi, shuningdek, yuqorida belgilab o‘tilgan masalalarga global iqlim o‘zgarish jarayonlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, ularni kelgusida ishlab chiqariladigan Hukumat qaror loyihalarida aks ettirish lozimligi to‘g‘risida takliflarni kiritdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
- Mazkur Farmon bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan berilgan axborotlar ma’qullansin.
- Jamoat Kengashi a’zolari tomonidan taqdim etilgan takliflar kelgusida ishlab chiqariladigan Hukumat qaror loyihalarida aks ettirish vazirlik rahbariyatidan so‘ralsin.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi ishlab chiqilganligi, uning ahamiyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Jamoatchilik Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatov axboroti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasini Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2020-yil 13-maydagi 282-son qaroriga muvofiq shu bilan birga jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy sinash usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xo‘jalik uchun foydali belgi
va xususiyatlari uchun sinash ishlarini tashkil etish hamda respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reestrini yuritishni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
“Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 158-sonli Qarori loyihasi ishlab chiqilganligi aytildi.
Bunda, respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlanganligi keltirib o‘tildi.
Mazkur Qarorning afzallik nuqtayi nazaridan ko‘rilganda bugungi kunga qadar davlat reestrini yuritish to‘liq tartibga solinmagan edi. Shu bilan birga, ko‘rsatiladigan xizmat turlari bugungi kunga qadar bepul amalga oshirilayotganligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylari davlat reestriga kiritilishi bilan o‘z hukmiga tashlab qo‘yilganlik holatlari kuzatilganligi va davlat reestrini yuritishda moliyaviy manbalarning to‘liq tartibga solinmaganligi markaz tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalarni to‘laqonli bajarilishida to‘sqinlik bo‘layotganligi va mazkur qaror bilan keltirib o‘tilgan kamchiliklar huquqiy jihatdan tartibga solib olinganligi alohida aytib o‘tildi.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi uchun ajratilgan tajriba yer maydonlari maqbullashtirilmasligi, shuningdek, yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish markaz tomonidan tuzilgan taqsimotnoma bo‘yicha mustaqil joylashtirish va almashlab ekish tizimini joriy qilish bo‘yicha vazifalar aniq belgilab o‘tilganligi ta’kidlandi.
Xususan, markaz va uning tizimidagi nav sinash stansiya va uchastkalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish
va taraqqiyot” banki hamda “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son Qarori doirasida amalga oshirilishi belgilab berilib, bu bilan ulkan muvaffaqiyatga erishildi.
Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunga qadar Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazini takomillashtirishga doir hech qanday hukumat qarorlari chiqmagan bo‘lib, 2020-2021-yillar mobaynida markazning faoliyatida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish yuzasidan Hukumat tomonidan e’tibor qaratildi.
Buning natijasida markazning vazifa va funksiyalari mustahkamlanganligi, markaz faoliyatini yuritishning moliyaviy manbalari to‘liq belgilab berilganligi, korrupsiya, ta’magirlikni oldini olish, sinov jarayonlarini yanada takomillashtirish, ularning mineral o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilishga qaratilgan kimyoviy vositalarni tatbiq qilish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida pullik xizmat yo‘lga qo‘yilganligi, davlat tiliga e’tibor yil sayin kuchayayotganligini inobatga olib markazning barcha metodik uslubiy qo‘llanmalarini davlat tiliga tarjima qilinishiga imkoniyat yaratib berilganligi, o‘rmon xo‘jaligi o‘simliklari turlarini yagona qishloq xo‘jaligi davlat reestrida yuritilishi ta’minlanganligi, mavjud laboratoriyalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha davlat budjetidan pul mablag‘ ajratilishiga imkoniyat yaratilganligi, shu bilan birgalikda xorijiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy grand mablag‘larini jalb etish, sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish, markaz mutaxassislarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilganligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 2021-yilda yo‘llagan Murojaatnomasiga binoan ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar, resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish integratsiyasiga alohida e’tibor qaratganligi, seleksiya va urug‘chilik sohalarini rivojlantirishga doir bir qator yo‘nalishlar taqdim etganliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ko‘lamini oshirish, yerdan samarali foydalanishga doir yo‘nalishlarni keltirib o‘tganliklari aytib o‘tildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan A.Shamsiyev, A.Axmedjanova, M.Toshboltayev, M.Talipovlar so‘zga chiqib o‘z takliflarini bildirishdi.
Texnika fanlari doktori M.Toshboltayev Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirishga doir normativ huquqiy hujjatlar tasdiqlanmaganligi va oxirgi yillarda hukumat tomonidan keng e’tibor qaratilayotganligi shu bilan birga, kelgusida barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini davlat sinovini amalga oshirishga doir normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
- Ushbu qaror loyihasi matni qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng, ma’qullansin.
- Jamoat Kengashi a’zolari tomonidan taqdim etilgan takliflar kelgusida ishlab chiqariladigan Qonun va Qaror loyihalarida aks ettirilishi vazirlik rahbariyatidan so‘ralsin.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, ya’ni qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat Rahbari tomonidan vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosining holati, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni bajarilishini o‘z muddatlarida va sifatli tashkil etish
va ta’minlash bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni muhokama etish, uning ahamiyati yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tdi. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i M. Talipov axboroti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi
PQ-5064-son karori bilan vazir o‘rinbosari Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan Anvar Damirovich Asamov vazirlik jamoasiga tanishtirilganligi, o‘zi rahbarligidagi Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari majmuasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tilganligi aytib o‘tildi. Joriy yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov raisligida “Mamlakatda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini keng tarqalib ketishining oldini olish yuzasidan karantin choralarini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar majlis ishtirokchilariga yetkazildi.
Davlat Rahbarining joriy yil 16-17-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari bo‘yicha vazirlik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etilganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2021-yil 16-apreldagi 43-son majlis bayonida ijro intizomi hamda hujjatlar bilan ishlashda vazirlik va uning tizimida shu yilning 5-aprel holatiga (I chorak yakuni bilan) “Ijro.gov.uz” idoralararo elektron tizim orqali 212 ta topshiriq tushgan bo‘lib, uning 38 tasi (18%) muddatidan kechiktirib bajarilgani hamda 18 tasining (8%) ijrosi kechiktirilgani qattiq tanqid qilinganligi aytib o‘tildi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i U.Saidova axboroti tinglandi.
Qayd etildiki, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish zarurati mavjud.
Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisobotlar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan, individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar (foyda oluvchi) jismoniy shaxslari, ularning to‘lagan soliqlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlar, davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi, rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga mulk yoki ijara huquqini elektron auksion orqali sotib olgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar ochiq veb-sahifalarda joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar aks ettirilganligi keltirib o‘tildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Adliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tahlillar asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar kiritib borilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Kengash a’zolari M.Toshboltayev, Ch.Latipov, A.Mansurovlar so‘zga chiqib, o‘z takliflarini bildirishdi.
Bundan tashqari, texnika fanlari doktori M.Toshboltayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, uning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, vazirlik faoliyatini ochiqligi va shaffofligini, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni yanada oshirish maqsadida, vazirlikning 2018-yil 10-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 32-sonli buyrug‘iga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozimligini ta’kidladi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
- Mazkur Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat Rahbari tomonidan vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan berilgan axborotlar ma’qullansin.
- Jamoatchilik Kengashi a’zolari tomonidan ushbu masalaga kiritilgan takliflar inobatga olinishi vazirlik rahbariyatidan so‘ralsin.
Ushbu yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan qabul qilindi. “Qarshilar” va “Betaraflar” bo‘lmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi
TARKIBI
T/r | F.I.SH | lavozimi | Tel raqami | Pochta manzili |
1. | Xodjayev Jamshid Abduxakimovich | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi | 71 206-70-10 | www.agro.uz |
2. | Nurmatov Sherali Nurmatovich | Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi rahbari q.x.f.d., (sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri), Kengash raisi o‘rinbosari. | 71 261-43-26 | eknavsinash@agro.uz |
3. | Xusainov Dilmurod | Yuridik boshqarma bosh mutaxassisi, vazirlik faxriylar Kengashi raisi, Kengash kotibi | 71 206-00-33 | agro@yurist.uz |
4. | Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich | Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi – Bosh direktori o‘rinbosari | 71 260 51 89 | iim@agro.uz |
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: