Germaniyaning Aaxen shahridagi “Fraunhofer molekulyar biologiya va amaliy ekologiya instituti” uzoq vaqtdan beri qishloq xo‘jaligi sohasida yopiq bino ichida tadqiqot olib boradi. Asosiy e’tibor o‘simliklarni vertikal yetishtirishga qaratilgan. Ushbu usulning afzalligi – minimal maydondan mo‘l hosil olinishida.
Ushbu tizim maxsus yugurish yo‘lakchasi mexanizmi asosida yaratilgan bo‘lib, shahar sharoitida ham qo‘llash mumkin. Unda yangi va sifatli o‘simlik va sabzavot yetishtirish birmuncha oson bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan quyosh nuridan foydalanilgan holda mahsulotni parvarishlash mumkin, – deydi ixtirochi Simon Fogel.
Mazkur ishlanma “Orbiloop” deb nomlanadi va unda yetishtirilayotgan o‘simliklarga bir xil yorug‘lik tushishini ta’minlaydi. “Orbiloop” doimiy tarzda aylanib turgani sababli o‘simliklar go‘yo gorizontal o‘sayotgandek ko‘rinadi.
Sug‘orish ham to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib gidroponika usulida sug‘oriladi. Bu usul o‘simlik ildizining to‘liq kislorod bilan ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: